Tijorat banklari faoliyati tahlili indd



Download 4,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/82
Sana13.04.2023
Hajmi4,18 Mb.
#927822
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   82
Bog'liq
115dd3364c44318e301918c89cca9db0 Tijorat banklar faolyati tahlila

Beshinchidan
, bank aktivlari tarkibini va sifatini to‘liq 
nazorat qilib borish.
Bank aktivlari holati, dinamikasi, samaradorligi kabi 
masalalar doimiy ravishda tahlil etilmog‘i lozim. Shu bilan 
birga aktivlarning likvidliligi, daromadliligi va risklilik da-
rajasi tahlili faoliyat muvaffaqiyatining garovi hisoblana-
di. Bank aktivlarining uning passivlari bilan mutanosibli-
gini ta’minlash ham muhim ahamiyat kasb etadi. Shuning 
uchun ham bank aktivlari uning xodimlari, auditorlar va 
markaziy bank tomonidan o‘rganilib, tahlil qilib borish-
ning davr talabi bo‘lib qoladi.
Bank faoliyati tahlili bank aksionerlari uchun ham mu-
him ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, bankning Kuzatuv ken-
gashi tomonidan ham Boshqaruv faoliyatini muvofiqlashti-
rishda tahlil natijalaridan keng foydalaniladi.
Oltinchidan
, bank likvidliligi va to‘lov qobiliyatini doi-
miy ravishda ta’minlanishiga erishish.
Bankning likvidligi, deganda uning majburiyatlarini o‘z 
vaqtida va to‘laqonli ravishda bajara olish imkoniyatlari tu-
shuniladi. Bank omonatchilari va kreditorlari oldidagi maj-
buriyatlarini o‘z vaqtida hamda to‘la-to‘kis bajarilishi u chun 
doimiy ravishda, ma’lum darajada likvid mablag‘larga ega 
bo‘lishlari talab etiladi. Bu o‘z navbatida mijozlar tomoni-
dan bankka nisbatan ishonchni mustahkamlaydi.


13
Bankning to‘lov qobiliyati, deganda uning mijozlar to-
monidan berilgan topshiriqlarni tezkor ravishda ta’minlash 
imkoniyatlari tushuniladi. Shunday ekan, bank aktivlari-
ning likvidlilik va to‘lov qobiliyati nuqtayi nazaridan tahlil 
etilishi faoliyat samaradorligini ta’minlash asoslaridan biri 
bo‘lib hisoblanadi.
Yettinchidan 
bank daromadlari va xarajatlarining op-
timal miqdorini aniqlash. Har qanday tijorat tashkilotla-
ri kabi banklar faoliyatidan asosiy maqsad ham maksimal 
miqdorda foyda olishdan iborat. Shuning uchun ham bank 
daromadlari va xarajatlarini tarkibiy jihatdan va uning sof 
rentabellik darajasini tahlil qilish asosiy maqsadlardan bi-
ri bo‘lib qoladi. Yuqori daromad olish uchun olinadigan 
daromad manbalari, har bir daromad keltiruvchi aktivlar 
hamda bank xizmatlari turlarini o‘rganish va yuqori daro-
mad keltiruvchi sohalarni aniqlab borish zarur. Shu bilan 
birga bank xarajatlari tarkibini o‘rganish natijasida ma’lum 
xarajatlarni tejash imkoniyatlarini aniqlash ham faoliyat sa-
maradorligini oshirish imokniyatlarini aniqlash, bank fao-
liyati tahlilining maqsadlaridan hisoblanadi. Ma’lumki, da-
romadlilik va bankning likvidliligi bir-birlari bilan qarama-
qarshi ko‘rsatkichlar hisoblanadi. Shunday ekan, daromad-
lilik va likvidlilik o‘rtasidagi mutanosiblikni ta’minlash ham 
faoliyat tahliliga asoslanadi.
Sakkizinchidan,
bank qimmatli qog‘ozlarining joziba-
dorligini ta’minlashga erishish. Bankning o‘z mablag‘lari 
ko‘payib borishi, asosan, uning aksiyalarini sotishdan tush-
gan mablag‘lar hisobiga amalga oshiriladi. Aksiyalarning 
sotilishi esa uning jozibadorligiga bog‘liq. Qaysi bankning 
ak siyalari uning sohiblariga ko‘p daromad keltirsa, un-
ga bo‘lgan talab ortib boradi. Bu hol, o‘z navbatida, ush-
bu aksiyalarning jozibadorligini ta’minlaydi. Ayniqsa, ja-
hon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi davrida bank barqarorligi-
ni ta’minlashda, uning kapitallarining oshib borishi muhim 


14
ahamiyat kasb etadi. Bank aksiyalarining qanchalik ko‘p 
miqdorda sotilishini ta’minlash ham uning faoliyatini uz-
luksiz ravishda har tomonlama tahlil etilishini talab etadi.

Download 4,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish