8-rasm. Bank aktivlari miqdori 2013-2018 y (mlrd.so’m)
Bank tomonidan, shuningdek, iktisodiyotning real sektoriga ajratilgan kreditlar miqdori 381,9 milliard so’m hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga kursatilgan imtiyozli mikromoliyaviy xizmatlar esa 204,7 milliard so’mga etkazilib, belgilangan prognoz-kursatkich ijrosi 101 %ga bajarildi. Mazkur kreditlar hisobiga 105 mingdan ziyod ish o’rinlari yaratildi.
Bundan tashqari, mikromoliyaviy xizmatlarni kengaytirish, joylarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari hamda aholining bank xizmatlaridan xabardor va bahramand bo’lishini ta’minlash maqsadida mavjud filiallarda “Tadbirkorlar xonasi” tashkil etildi. Ayni chog’da ularda yuqori malaka va tajribaga ega bulgan mas’ul xodimlar tomonidan mijozlarga maslahat va zaruriy ma’lumotlar berib borilmoqda. Fuqarolarning fikr-mulohaza va e’tirozlari esa “Bank va mijoz: jonli muloqot” kunlarida muntazam ravishda muhokama qilinmoqda.
Yana bir e’tiborli jihat, tadbirkorlik sub’ektlariga yaratilgan imtiyozlar xususida vazirliklar, jumladan, O’zbekiston Xotin-qizlar qo’mitasi bilan hamkorlikda seminarlar uyushtirilib, ularda shu soha bilan shug’ullanish niyatida bulgan yoshlarga, xotin-qizlarga mikrokreditlar olish huquqini beruvchi bank sertifikatlari topshirilmoqda. Qolaversa, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasi bilan hamkorlikda imzolangan Qo’shma qaror asosida “Mulkdor oila”, “Kamolot” YOIH Markaziy kengashi bilan hamkorlikda “YOsh tadbirkor - yurtga madadkor”, “Mening biznes g’oyam” hamda Markaziy bank, Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda “Diplom bilan biznesga”, “Bir tadbirkor - uchta hamkor” loyihalari hayotga tatbiq qilinmoqda.
“Mustahkam oila yili” Davlat dasturi ijrosi yuzasidan “Eng yaxshi oilaviy biznes loyihasi” tanlovi o’tkazildi. SHuningdek, “Oila farovonligi uchun” xizmatlar majmuasi taqdim etildi. Bu, asosan, kollej bitiruvchilariga boshlang’ich mablag’, tomorqa obodonchiligi uchun mikrokredit, oilaviy hunarmandchilik uchun sarmoyalardan iborat edi. SHu maqsadda shaxsiy yordamchi va dehqon xo’jaliklariga qoramol sotib olish uchun 7,1 milliard so’m, qishloq xo’jaligi mahsulotlari etishtirish, parrandachilik, asalarichilik va bog’dorchilikni yo’lga
qo’yishlari uchun 2,6 milliard so’m miqdorida mikrokredit hamda oilaviy
tadbirkorlik sub’ektlariga 24,4 milliard so’m miqdorida imtiyozli kreditlar ajratildi.
Yosh oilalarni moddiy va ma’naviy qo’llab-quvvatlash uchun 18,8 milliard
so’m miqdorida kreditlar berilishi tufayli 7 mingdan ziyod ish o’rinlari yaratildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |