12.1-rasm. O’zbekiston Respublikasi tijorat banklarining passivlari va depozitlari miqdorlari26, trln so’m
12.1-rasm ma’lumotlaridan ko’rinadiki, O’zbekiston Respublikasi tijorat banklarining passivlari va depoztlari miqdorlari 2016-2018 yillarda o’sish tendentsiyasiga ega bo’lgan. Buning ustiga, tahlil qilingan davr mobaynida depozitlar jami passivlar hajmida yuqori salmoqqa ega bo’lgan.
Yuridik va jismoniy shaxslar o’zlariga hisob-kitob va kassa xizmatlarini ko’rsatish uchun banklarni mustaqil ravishda tanlaydilar hamda bir yoki bir necha banklarda milliy va xorijiy valyutadagi talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlar hamda depozit hisobvaraqlarning boshqa turlarini ochish huquqiga egalar.
Mijoz tomonidan har qanday hisobvaraq ochilayotganda bank hisobvarag’iga xizmat ko’rsatish shartnomasi tuziladi.
Bank hisobvarag’i shartnomasi bo’yicha yuzaga keladigan munosabatlar Fuqarolik kodeksi va boshqa qonunchilik hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Xo’jalik yurituvchi sub’ektning birinchi marta milliy valyutada ochgan talab qilib olinguncha depozit hisobvarag’i uning asosiy hisobvarag’i hisoblanadi.
Расм муаллифлар томонидан www.cbu.uz сайти маълумотлари асосида тузилган.
153
Mijozlar qonunchilik asosida bir yoki bir necha banklarda ikkilamchi talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlari ochishlari mumkin.
Byudjet muassasalariga hisobvaraqlar respublika yoki mahalliy byudjetlar hisobidan ajratiladigan mablag’larni kirim qilish va Shu mablag’lardan foydalanish uchun ochiladi. Bundan tashqari, byudjetdan tashqari mablag’lar uchun talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlar ochilishi mumkin. Byudjet tashkilotlariga jamg’arma va muddatli hisobvaraqlar faqat byudjetdan tashqari mablag’larni saqlash uchun ochiladi. Respublika va mahalliy byudjetlar hisobidan mablag’lar ajratiladigan korxonalar, tashkilotlar va muassasalarga har bir byudjet bo’yicha alohida hisobvaraqlar ochiladi. Mijozlar tomonidan hisobvaraqlar ochish uchun bankka ushbu Yo’riqnomada ko’zda tutilgan zaruriy hujjatlar taqdim qilingan kundan boshlab, banklar ikki bank ish kuni mobaynida ularga hisobvaraqlar ochishlari shart. Hisobvaraqlarning egalari hisobvaraq ochish uchun taqdim qilingan hujjatlarning haqiqiyligi bo’yicha javobgardirlar.Tadbirkorlik sub’ektlari uchun, banklarda ochiladigan hisobvaraqlar uchun to’lov miqdori eng kam oylik ish haqining bir karrasidan oshmasligi lozim. Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarga hisobvaraqlar ochilgandan keyin, banklar keyingi ish kunidan kechiktirmay, hisobvaraqlar ochilganligi to’g’risida tegishli soliq organiga yozma ravishda xabar berishlari shart.
Mijozlarning (tadbirkorlik faoliyati bilan Shug’ullanmaydigan jismoniy shaxslardan tashqari) hisobvaraq ochish uchun asos bo’lgan hujjatlari, bank hisobvarag’iga xizmat ko’rsatish shartnomasi, Shuningdek unga qilingan o’zgartirishlar, mijozning manzili o’zgarganligi to’g’risidagi bankka bergan xati va nomi o’zgarganligini tasdiqlovchi hujjatning nusxasi mijozning alohida jildi (yuridik yig’majildi)da saqlanadi.
Tadbirkorlik sub’ektlari (yuridik shaxsni tashkil etgan holda va tashkil etmagan holda faoliyat ko’rsatadigan) tomonidan milliy valyutada talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlar ochish uchun bankka quyidagi hujjatlar taqdim qilinadi:
a) hisobvaraq ochish to’g’risida ariza;
154
davlat ro’yxatidan o’tganligi to’g’risidagi guvohnomaning nusxasi; v imzolar namunalari va muhr izi qo’yilgan varaqcha.
Tadbirkorlik sub’ekti bo’lmagan rezident yuridik shaxslar, jumladan byudjet
tashkilotlari tomonidan milliy valyutada talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlar ochish uchun bankka quyidagi hujjatlar taqdim qilinadi:
hisobvaraq ochish to’g’risida ariza
soliq organlari tomonidan soliq to’lovchining identifikatsiya raqami berilganligi to’g’risidagi guvohnomaning nusxasi;
imzolar namunalari va muhr izi qo’yilgan varaqcha.
Yuridik shaxsning tarkibiy bo’linmalari (vakolatxonalari, filiallari)ga talab
qilib olinguncha depozit hisobvaraqlar ushbu yuridik shaxsning iltimosnomasi bo’yicha (iltimosnomada yuridik shaxsning soliq to’lovchining identifikatsiya raqami ko’rsatiladi) hisobvaraq ochish to’g’risida ariza hamda imzolar namunalari va muhr izi qo’yilgan varaqcha taqdim etilganda ochiladi.
O’z faoliyatini yuridik shaxs tashkil etgan holda amalga oshirmoqchi bo’lgan xo’jalik yurituvchi sub’ektlarga ustav kapitalini shakllantirish uchun davlat ro’yxatidan o’tgunlariga qadar ta’sischilar (ishtirokchilar)ning dastlabki badallarini kiritish uchun milliy va/yoki xorijiy valyutada vaqtinchalik (mablag’ yig’ish uchun) talab qilib olinguncha hisobvaraq ochilishi mumkin.
Vaqtinchalik hisobvaraq ochish uchun vakolatli shaxs bank-ka ta’sischi (ishtirokchi)lar nomidan ixtiyoriy shaklda hisobvaraq ochish to’g’risida ariza taqdim qiladi.
Rezident va norezident jismoniy shaxslar tomonidan milliy valyutada talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlar ochish uchun bankka hisobvaraq ochish to’g’risida ariza hamda shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki unga tenglashtirilgan hujjatlar) taqdim qilinadi. Hujjatdagi ma’lumotlar hisobvaraq ochish to’g’risidagi arizaga yoziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |