Nazorat uchun savollar
Tijorat banklarining emission operatsiyalari deganda nimani tushunasiz?
Tijorat banklari tomonidan qaysi turdagi qimmatli qog’ozlar muomala chiqariladi?
Tijorat banklari tomonidan qimmatli qog’ozlar qay tartibda muomaga chiqariladi?
Tijorat banklari qimmatli qog’ozlarining investitsion jozibadorligi deganda nimani tushunasiz?
Tijorat banklarining emission operatsiyalarini boshqarishning qanday usullari mavjud?
Tijorat banklarining depozit va jamg’arma sertifikatlari o’rtasida qanday
farqlar mavjud?
150
12-BOB. TIJORAT BANKLARI DEPOZITLARINI BOSHQARISH
12.1. Tijorat banklari depozitlarining zarurligi va banklar faoliyatida tutgan o’rni
Tijorat banklari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning pul mablag’larini bankga jalb qilish bilan bog’liq operatsiyalar depozit operatsiyalari deyiladi. Depozit operatsiyalari yordamida tijorat boyliklarining 60-65 foiz passivlari tashkil qilinishi mumkin. Depozit operatsiyalarini tijorat banklari o’zlarining depozit siyosatlari asosida olib boradilar. Tijorat bankining depozit siyosati uning kredit siyosati, foiz siyosati va boshqa faoliyat turlari bilan chambarchars bog’liq bo’lib, banklarning resurs bazasini mustahkamlash va uning barqarorligini ta’minlashga qaratilgandir. Depozit operatsiyalarini amalga oshirishda bu operatsiya turining ob’ekt va sub’ektini aniqlash lozim.
Depozit operatsiyalarning subektlari bo’lib bir tomondan tijorat banklari qatnashsa, ikkinchi tomondan:
davlat korxona va tashkilotlari;
moliya, sug’urta, investitsion va trast kompaniyalar;
xususiy korxona va tashkilotlar;
aksioner kompaniyalar;
banklar va boshqa kredit muassasalari;
qo’shma korxonalar, kooperativlar;
jamoa tashkilotlari va fondlar;
alohida jismoniy shaxslar yoki ularning birlashmalari qatnashadilar. Depozit operatsiyalarining obekti bo’lib ehtiyojdan ortiqcha pul mablag’lari
(qo’yilmalar) hisoblanadi. Depozit operatsiyalarini tashkil qilishning asosi bo’lib, balans likvidliligi, mijozlarning moliyaviy ahvolining barqarorligi hisoblanadi. Depozit operatsiyalari tijorat banklarining depozit siyosatini amalga oshirish orqali ta’minlanadi, ya’ni:
depozit operatsiyalari bank daromadining oshishga yoki kelajakda daromad olishga sharoit yaratishi kerak;
151
bank balansining likvidliligini saqlash maqsadida depozit siyosatini amalga oshirish kerak;
depozit operatsiyalarini amalga oshirishda muddatli qo’yilmalarga e’tibor
qaratish lozim;
depozitlarni jalb qilish va ularni vaqtida qaytarib berish bilan bog’liq bank xizmatlarini rivojlantirish choralarini ko’rish zarur va boshqalar.
Pul qo’yuvchilar toifasidan kelib chiqqan holda depozitlar quyidagilarga
bo’linadi:
yuridik shaxslar (korxonalar, tashkilotlar) qo’yilmalari;
jismoniy shaxslar qo’yilmalari.
Mablag’larni olish shakliga ko’ra depozitlar quyidagilarga bo’linadi:
muddatli depozit mablag’lar;
talab qilib olingunga qadar depozit mablag’lar;
aholining jamg’arma qo’yilmalari.
O’z navbatida bu guruhlarning har biri turli belgilariga qarab tasniflanadi.
Muddatli depozit mablag’lar ularning muddatidan kelib chiqib:
3 oy muddatgacha depozitlar;
3 oydan 6 oygacha depozitlar;
6 oydan 9 oygacha depozitlar;
9 oydan 12 oygacha depozitlar;
12 oydan yuqori bo’lgan depozit mablag’lariga tasniflanadi.
152
250
200
150
100
50
0
214,4
166,6
84,1
|
|
|
|
|
70,0
|
|
|
|
59,6
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
36,3
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
2016й.
|
2017й.
|
|
2018й.
|
|
Пассивлар
|
|
|
Депозитлар
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |