11.2. Tijorat banklari tomonidan qimmatli qog’ozlarni muomalaga chiqarish tartibi
Banklarning qimmatli qog’ozlarni muomalaga chiqarish orqali resurslarni shakllantirish bilan bog’liq operatsiyalarini ikkita guruhga ajratish maqsadga muvofiq.
Birinchi guruhga, tijorat banklari ustav va qo’shimcha kapitalini shakllantirish maqsadida aktsiya va subordinar qimmatli qog’ozlarni muomalaga chiqarish bo’yicha operatsiyalari, ikkinchi guruhga esa qisqa va uzoq muddatli resurslarga bo’lgan ehtiyojini qoplash uchun obligatsiya va ipoteka qimmatli qog’ozlari, depozit va jamg’arma sertifikatlari bilan bog’liq operatsiyalari kiradi.
Aktsiya va sertifikatlarning bozor bahosi banklarning ushbu bozordagi faoliyatini baholovchi iqtisodiy ko’rsatkich hisoblanadi.
Tijorat banklari aktsiyalari va sertifikatlarning bozor bahosi ortib borishi ularning oldi–sotdisiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Ko’pchilik hollarda tijorat banklari o’z aktsiyalari va sertifikatlarining ikkilamchi qimmatli qog’ozlar bozoridagi bahosini oshirish maqsadida investitsion kompaniyalar orqali investor sifatida ham maydonga chiqishi mumkin.
Tijorat banklari aktsiyalari va sertifikatlarning bozor bahosi moliya bozoridagi mavjud talab va taklif asosida o’rnatiladi. Aktsiya va sertifikatlarning nominal va bozor bahosi o’rtasidagi farq ijobiy yoki salbiy bo’lishi mumkin. Agar ushbu farq ijobiy bo’lsa, tijorat banklari moliyaviy jihatdan barqaror va raqobatbardosh ekanligidan dalolat beradi. Mazkur holat banklarning qimmatli qog’ozlar orqali resurslarini oshirishga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
Tijorat banklari emitent sifatida quyidagi qimmatli qog’ozlarni muomalaga chiqaradi:
1. Emission qimmatli qog’ozlar (aktsiyalar, obligatsiyalar, optsionlar)
147
2. Noemission qimmatli qog’ozlar (depozit sertifikatlari, jamg’arma sertifikatlari)
Qimmatli qog’ozlarni emissiya qilish 5 bosqichdan iborat:
Qimmatli qog’ozlarni joylashtirish to’g’risidagi qarorni qabul qilish
Qimmatli qog’ozlarni chiqarish to’g’risidagi qarorni tasdiqlash
Chiqarilgan qimmatli qog’ozlarni davlat ro’yxatidan o’tkazish
Qimmatli qog’ozlarni joylashtirish
Qimmatli qog’ozlarni chiqarish yakunlari to’g’risidagi hisobotni davlat
ro’yxatidan o’tkazish.
Tijorat banklariga qimmatli qog’ozlarni chiqarishga ruxsat beradigan organlar:
O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki.
O’zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo’mitasi huzuridagi Qimmatli
qog’ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi.
Tijorat banklari ustav kapitalini shakllantirish uchun oddiy va imtiyozli aktsiyalarni muomalaga chiqaradi.
Bankning barcha aktsiyalari tartib raqami va chiqarilgan vaqtidan qat’iy nazar bir xil nominal qiymatga ega bo’lishi shart.
Muomalaga chiqarilgan aktsiyalar to’liq sotib bo’linmagunga qadar yangi aktsiyalarni muomalaga chiqarishga ruxsat etilmaydi.
Qimmatli qog’ozlar prospekti bank Boshqaruvi tomonidan tayyorlanadi va Boshqaruv raisi va Bosh buxgalter tomonidan imzolanadi.
Qimmatli qog’ozlar prospektida quyidagi ma’lumotlarning bo’lishi shart:
Emitent to’g’risidagi ma’lumotlar.
Emitentning moliyaviy holati to’g’risidagi ma’lumotlar.
Qimmatli qog’ozlarni oldingi emissiyasi to’g’risidagi ma’lumotlar. Tsessiya – sertifikat bo’yicha talab qilib olish huquqidan boshqa shaxs
foydasiga voz kechish.
Tsedent – sertifikat bo’yicha talab qilib olish huquqidan boshqa shaxs foydasiga voz kechayotgan tomon.
148
Tsessionariy – sertifikat bo’yicha talab qilib olish huquqini oluvchi tomon.
Do'stlaringiz bilan baham: |