Nazorat uchun savollar
Tijorat banklarining foizli daromadlari tarkibiga qaysi daromadlar kiradi?
Tijorat banklarinng foizsiz daromadlari tarkibiga qaysi daromadlar kiradi?
Tijorat banklarining foizli xarajatlari tarkibiga qaysi xarajatlar kiradi?
О.И. Лаврушин. Банковское менеджмент . - Москва: ЮРИСТЬ, 2003. – С. 225-226.
219
Tijorat banklarining foizsiz xarajatlari tarkibiga qaysi xarajatlar kiradi?
Tijorat banklarining daromadlarini tavsiflovchi qanday ko’rsatkichlar
mavjud?
6. Tijorat banklarining xarajatlarini tavsiflovchi qanday ko’rsatkichlar mavjud?
Tijorat banklari daromadlari va xarajatlarini boshqarishda qaysi usullardan foydalaniladi?
220
18-BOB. TIJORAT BANKLARI FOYDASI VA UNI TAQSIMLASH
18.1. Tijorat banklari foydasining mohiyati
Tijorat banklarining foydasi ular faoliyatining moliyaviy barqarorligini ta’minlashning birlamchi manbai hisoblanadi. Shu sababli, tijorat banklari faoliyatini boshqarishda foydaning barqaror darajasini ta’minlashga alohida e’tibor qaratiladi.
Tijorat banklarida foydaning ikki turi mavjud:
Joriy yilning sof foydasi.
O’tgan yilning taqsimlanmagan foydasi.
Moliyaviy yilning so’nggi kuni, ya’ni 31 dekabr kuni tijorat banklarida barcha daromad va xarajat schetlari yopiladi. Shunda daromadlarning xarajatlardan ortib qolgan qismi joriy yilning sof foydasi deyiladi.
Joryi yilning sof foydasidan faqat bitta xarajat moliyalashtiriladi, ya’ni oddiy aktsiyalar egalariga dividend to’lanadi.
Joriy yilning sof foydasini dividendlar to’langandan keyin qolgan qismi o’tgan yilning taqsimlanmagan foydasi deyiladi.
Xalqaro bank amaliyotidan ma’lumki, dividend siyosatini yuritishning asosiy omillardan biri, etarli darajada axborotlarga ega bo’lish, uni qiymatini baholay olish va dividend to’lovlarining amaliyotdagi samarasini tahlil qilishi hisoblanadi. Bank, foydasining tushib ketishiga qaramasdan, moliya bozorida dividend to’lovlarini kamaytirmasligi uning aktsiyalariga nisbatan fond bozorlari ishonch bilan qarashiga asos bo’ladi. Demak, bankning barqaror dividend siyosatini yuritishi, bank foydasining tushib ketgan bo’lishiga qaramasdan, aktsiyadorlar uning kelajagiga ishonch bilan qarashiga sabab bo’ladi. Shunday qilib bank boshqaruvchilari, moliya bozorida barqaror dividend siyosatini yuritish natijasida moliyaviy qiyinchiliklarni vaqtinchalik engib o’tishi mumkin. Albatta, bank ushbu holatni moliyaviy bozorda uzoq vaqt ushlab turolmaydi, natijada bankning moliyaviy muammolari uning dividend siyosatidagi nobarqarorliklarni yuzaga keltiradi.
221
Xalqaro bank amaliyotida shu narsa namoyon bo’ladiki, tijorat banklarining dividend siyosatini muvaffaqiyatli tarzda amalga oshirishni ta’minlaydigan muhim omillardan biri milliy valyutaning almashuv kursini va inflyatsiya darajasini barqarorligi hisoblanadi. Har bir aktsiyador bankning ustav kapitaliga qo’ygan mablag’ining real qiymati saqlanishidan manfaatdordir. Ushbu mablag’ning real qiymati esa inflyatsiya va almashuv kursining tebranishiga bog’liq bo’ladi. Inflyatsiya darajasining oshishi va milliy valyuta almashuv kursining pasayishi milliy valyutada yozilgan aktsiyalarning real qiymatini pasayishiga olib keladi. Agar, tijorat banki tomonidan to’lanayotgan dividendlar darajasi inflyatsiya va milliy valyutaning almashuv kursini o’zgarishi natijasida pasayadigan qiymatni o’rnini qoplashga etmasa, u holda bu bank aktsiyalariga bo’lgan talab keskin pasayadi. Bu o’z o’rnida, bankning muomaladagi aktsiyalari bozor bahosining pasayishiga va yangi aktsiyalar chiqarish hisobidan ustav kapitali hajmini oshirish imkoniyatini cheklanishiga olib keladi. Buning ustiga, aktsiyadorlarning ma’lum qismi ixtiyoridagi oddiy aktsiyalarni sotish payiga tushib qoladilar, buning natijasida bank ustav kapitalining miqdori kamayadi. Shuning uchun ham, rivojlangan xorijiy davlatlar bank amaliyotida aktsiyalarga dividend to’lashda inflyatsiya darajasi albatta hisobga olinadi. Lekin milliy valyutaning almashuv kursini dividend to’lashda hisobga olish xalqaro bank amaliyotida qo’llanilmaydi.
G’arbiy Evropa mamlakatlarida, AQSh va Yaponiyada inflyatsiyaning mu’tadil darajasi saqlab turiladi. Agar, inflyatsining yillik darajasi 3 foizdan oshmasa, uning darajasi mu’tadil hisoblanadi. Shuning uchun ham, mazkur mamlakatlarning tijorat banklari faoliyatida inflyatsiya muammosi deyarli uchramaydi.
Tijorat banklarining foydasining miqdoriga bevosita ta’sir ko’rsatuvchi omillardan biri bo’lib, tasniflangan kreditlar tarkibining o’zgarishi hisoblanadi.
222
18.1-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |