6.3. Tijorat banklari kredit siyosatida kreditlarning daromadliligini oshirish, ularning risk darajasini boshqarishga qo’yiladigan talablar
Tijorat banklarining kredit siyosatida kreditlarning daromadliligini oshirish va ularning risk darajasini boshqarishni takomillashtirishga alohida e’tibor qaratiladi.
Kreditlarning daromadliligini tavsiflovchi ko’rsatkichlar va ularning prognoz darajalari kredit siyosatida aniq ko’rsatilishi kerak.
73
Tijorat banklari kreditlarining daromadliligini baholashda quyidagi ko’rsatkichlardan keng foydalaniladi:
1. Bir so’mlik kredit quyilmasiga to’g’ri keladigan daromad darajasi.
Ushbu ko’rsatkichni hisoblash uchun kreditlardan olingan foizli daromadlar summasi kredit quyilmalari summasiga bo’linadi va olingan natija 100 foizga ko’paytiriladi.
Shunisi xarakterliki, ushbu ko’rsatkichning me’yoriy darajasi mavjud emas. Shu sababli, uni baholash uchun moliyaviy tahlilning qiyosiy tahlil usulidan foydalaniladi. Ushbu usuldan foydalangan holda, birinchidan, 1 so’mlik kredit quyilmasiga to’g’ri keladigan daromad darajasi boshqa banklarning shu ko’rsatkichi bilan taqqoslanadi; ikkinchidan, ushbu ko’rsatkichning joriy davrdagi darajasi oldingi davrlardagi darajalari bilan taqqoslanadi.
Tijorat banklari kredit quyilmalarining o’sish sur’ati bilan kreditlardan olingan foizli daromadlarning o’sish sur’ati o’rtasidagi mutanosiblik ko’rsatkichi.
Mazkur ko’rsatkichdan foydalangan holda, tijorat banklari kredit quyilmalarining
o’sish sur’ati bilan kreditlardan olingan foizli daromadlarning o’sish sur’ati o’rtasidagi mutanosiblikning mavjudligi yoki mavjud emasligini aniqlash uchun kredit quyilmalarining o’sish sur’ati bilan kreditlardan olingan foizli daromadlarning o’sish sur’ati har bir tahlil davri uchun taqqoslanadi. Agar kredit quyilmalarining o’sish sur’ati kreditlardan olingan foizli daromadlarning o’sish sur’atidan baland bo’lsa, mazkur ikkala ko’rsatkich o’rtasidagi mutanosiblik ta’minlanmagan hisoblanadi.
Kreditlardan olingan foizli daromadlarning tijorat banki yalpi daromadi hajmidagi salmog’ining o’zgarishi.
Kreditlar tijorat banklari aktivlarining umumiy hajmida eng yuqori salmoqni egallaydi. Shu sababli, kreditlardan olingan foizli daromadlarning tijorat banki yalpi daromadi hajmidagi salmog’i ham yuqori bo’lishi lozim.
Odatda, kreditlardan olingan foizli daromadlarning tijorat banki yalpi daromadi hajmidagi salmog’i kreditlarning brutto aktivlar hajmidagi salmog’iga mutanosib
bo’lishi kerak.
74
Kreditlardan olingan foizli daromadlar miqdorining qisqa muddatli davriy oraliqlarda sakragansimon tarzda o’sishi ijobiy holat sifatida baholanmaydi. Chunki, mazkur daromadlarning sakragansimon o’sishi kreditlarning foiz stavkalarini yoki kredit quyilmalarini yuqori sur’atlarda o’sishi natijasida yuz beradi.
Tijorat banklarining Kredit siyosatida kreditlarning daromadlilik darajasini ta’minlash masalasi kreditlarning risk darajasini boshqarish masalasi bilan birga ko’rib chiqiladi.
Kreditlarning risk darajasi va daromadliligi o’rtasida to’g’ri mutanosiblik mavjud. Ya’ni, kreditning foiz stavkasi qanchalik yuqori bo’lsa, uning risk darajasi shunchalik yuqori bo’ladi.
Kredit siyosatida kredit riskini baholash mezonlari va boshqarish usullari o’zining aniq ifodasini topgan bo’lishi kerak.
Xalqaro bank amaliyotida kredit riski darajasiga baho berish uchun quyidagi uch ko’rsatkichdan keng foydalanilmoqda:
Muddati o’tgan kreditlarning brutto kreditlar hajmidagi salmog’i.
Ushbu ko’rsatkichning yuqori me’yoriy darajasi 3% qilib belgilangan.
Agar muddati o’tgan kreditlarning brutto kreditlar hajmidagi salmog’i 3 foizdan
oshmasa, u holda, berilgan kreditlar bo’yicha muddati o’tgan qarzdorlik normal hisoblanadi.
Muddati o’tgan kreditlarning yo’l qo’yish mumkin bo’lgan chegaraviy
darajasi.
Ushbu ko’rsatkichning yuqori me’yoriy darajasi 5% qilib belgilangan.
Kreditlardan ko’rilgan zararlarni qoplashga mo’ljallangan zaxira ajratmalari darajasi.
Ushbu ko’rsatkichni hisoblash uchun kreditlardan ko’rilgan zararlarni qoplashga
mo’ljallangan zaxira ajratmalari summasi tijorat banki aktivlarining o’rtacha summasiga bo’linadi.
Mazkur ko’rsatkichning yuqoir me’yoriy darajasi qilib 0,5% belgilangan. Respublikamiz tijorat banklarining kreditlash amaliyotidagi ayrim
muammolarning mavjudligi ko’zga tashlanmoqda. Xususan, mamlakatimiz bank
75
tizimida kreditlash shakllaridan to’laqonli tarzda foydalanilmayotganligi, mijozlarning kreditga layoqatliligi baholash tizimida sezilarli kamchiliklarning mavjudligi tijorat banklari kredit siyosatini tadqiq qilishni, kredit siyosati asosida kreditlash jarayonini olib borish asoslarini o’rganish, kredit riski va uni boshqarish, kreditlash jarayonidagi boshqa mavjud kamchiliklarni aniqlash xamda ularni bartaraf qilish yo’llarini amalda qo’llagan xolda banklar tomonidan beriladigan kreditlarning samaradorligini oshirishni ko’zda tutadi.
Ikkinchi guruhga, kreditlash jarayonida mijozning kreditga layoqatliligini aniqlashdagi tashkiliy va iqtisodiy muammolarni kiritish mumkin. Tashkiliy muammolarga kredit oluvchining kreditga layoqatliligini aniqlashda kredit ta’minotining ob’ekti va uning likvidligini aniqlashdagi muammolarni kiritish mumkin. Aksariyat holatlarda bank mutaxassislari mijozning to’lovga qodirligini kredit ta’minotining mavjudligini inobatga oladi. Biroq, kredit ta’minotining kreditni qaytishining asosiy omili ekanligini inobatga olmaydilar va uning likvidligini kredit muddatiga nisbatan aniqlamaydilar. Natijada mijoz kreditni qaytara olmasa bank tomonidan kredit ta’minotining musodara qilinishi tijorat banki uchun o’ziga xos unumsiz sarflarni keltirib chiqaradi.
Shuningdek, iqtisodiy muammolarga narxlarning o’zgarishini inobatga olgan holda xususiy diskontlar hisoblanish darajasining amaldagi ko’lamining kamligini kiritish mumkin.
Ushbu muammolar natijasida tijorat banklarining kreditlar xisobidan olingan daromadlarni tushishiga, daromadni pasayishi natijasida bank likvidliligiga salbiy ta’sir qilishi, muammoli kreditlarni ko’payishi natijasida tijorat bankning nosog’lom bank maqomini olishiga xam olib keladi. Ma’lumki ssuda foizi bank daromadini shakllantirishda muhim rol o’ynaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |