Banklarning joriy likvidliligini baholash.
AQSh amaliyoti:
37
JLK= BZ: D
Bu erda:
JLK –joriy likvidlilik koeffitsienti
BZ - birlamchi zaxiralar
D - depozitlar
min: 0,10 yoki 10%
Yaponiya amaliyoti:
JLK = (BZ + IZ): D
Bu erda:
JLK – joriy likvidlilik koeffitsienti
BZ - birlamchi zaxiralar
IZ - ikkilamchi zaxiralar
D - depozitlar
min: 0,30 yoki 30%
Frantsiya amaliyoti:
JLK = (LA + Ya30kQA): (JD + Ya30kTM)
Bu erda:
LA –likvidli aktivlar
Ya30kQA- yaqin 30 kun ichida qaytariladigan aktivlar
JD – joriy depozitlar
Ya30kTM – yaqin 30 kun ichida to’lanadigan majburiyatlar
min:1,0yoki100%.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 26 noyabrdagi PQ-1438-sonli ―2011-2015 yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting ko’rsatkichlariga erishishning ustuvor yo’nalishlari to’g’risida‖gi va 2015 yil 6 maydagi PQ-2344-sonlli ―Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish va ularning resurs bazasini rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida‖gi Qarorlarida Bazel qo’mitasining bank nazorati bo’yicha yangi talablarini mamlakat bank amaliyotiga joriy etish bo’yicha aniq vazifalar qo’yildi.
38
Ushbu vazifalarni bajarish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2015 yil 22 iyuldagi 19/14-sonli (O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015 yil 13 avgustda 2709-sonli raqam bilan ro’yxatga olingan) ―Tijorat banklarining likvidliligini boshqarishga qo’yiladigan talablar to’g’risidagi Nizomni tasdiqlash haqida‖gi hamda Markaziy bankning 2015 yil 13 iyundagi 14/3-sonli (O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015 yil 6 iyuldagi 2693-sonli raqam bilan ro’yxatga olingan) ―Tijorat banklari kapitalining monandligiga qo’yiladigan talablar to’g’risidagi Nizomni tasdiqlash haqida‖gi yo’riqnomalari qabul qilindi.
Hozirgi davrda respublika tijorat banklarining likvidligini baholash va boshqarish O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2015 yil 22 iyuldagi 19/14-sonli qarori bilan tasdiqlangan ―Tijorat banklarining likvidliligini boshqarishga qo’yiladigan talablar to’g’risida‖gi nizom talablari asosida amalga oshiriladi.
Mazkur Yo’riqnomaga ko’ra, Markaziy bank tomonidan tijorat banklarining joriy likvidligiga nisbatan iqtisodiy me’yor o’rnatilgan. Ushbu iqtisodiy me’yorning eng past darajasi 30% bo’lib, u joriy aktivlarning summasini (to’lov muddati 30 kungacha bo’lgan bankning likvidli aktivlari va quyilmalari, bundan muddati uzaytirilgan yoki qaytarish muddati o’tgan kreditlar mustasno) joriy majburiyatlar (talab qilib olinguncha va ijro etish muddati 30 kungacha bo’lgan majburiyatlar) summasiga nisbati orqali aniqlanadi.
Mazkur me’yoriy talabning bajarilishi Markazyi bank tomonidan doimiy ravishda nazorat qilinadi va tijorat banklarining likvidligini ta’minlashda muhim o’rin tutadi. Uning kamida 30% bo’lishini ta’minlash uchun tijorat banklari joriy likvidli aktivlar va joriy majburiyatlar o’rtasidagi mutanosiblikni ta’minlashlari zarur. Buning uchun esa, ular aktivlar va passivlarning optimal tarkibini shakllantirishlari zarur.
O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2015 yil 22 iyuldagi 19/14-sonli ―Tijorat banklarining likvidligini boshqarishga qo’yiladigan talablar to’g’risidagi nizomni tasdiqlash haqida‖gi yo’rqnomasiga asosan respublikamiz
39
tijorat banklarining faoliyatiga sof barqaror moliyalashtirish me’yori va likvidlikni qoplash me’yori ko’rsatkichlarining kiritilishi, fikrimizcha, birinchidan, tijorat banklarining likvidligini barqaror tarzda saqlab turish imkonini beradi; ikkinchidan, banklar faoliyatida mavjud bo’lgan transformatsiya riskiga barham beradi; uchinchidan, resurssiz kreditlash holatining yuzaga kelishiga imkon bermaydi.
O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki Bazel-3 standarti talablaridan kelib chiqqan holda, sof barqaror moliyalashtirish me’yori koeffitsienti va likvidlikni qoplash me’yori ko’rsatkichlarini aniqlash metodikalarini tasdiqladi. Unga ko’ra, sof barqaror moliyalashtirish me’yori koeffitsienti barqaror moliyalashtirishning mavjud summasini barqaror moliyalashtirishning zaruriy summasiga bo’lish yo’li bilan aniqlanadi. Likvidlikni qoplash me’yorii ko’rsatkichi yuqori likvidli aktivlarni keyingi 30 kun ichidagi jami sof chiqimga nisbati sifatida aniqlanadi.
Mazkur koeffitsientni joriy etilishi tijorat banklari passivlarining barqarorligini ta’minlash bilan birga, ularning likvidlik darajasini oshirishga ham xizmat qiladi.
Likvidlilikni qoplash me’yori koeffitsienti quyidagi formula orqali hisoblanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |