Tijorat banklari aktivlari va passivlarini boshqarish bu pul mablag’larini jalb qilish va ularni joylashtirishni tartibga solish yo’llari va usullaridir



Download 7,91 Mb.
bet9/98
Sana27.03.2022
Hajmi7,91 Mb.
#513489
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   98
Bog'liq
fayl 2018 20211007 (1)

Nazorat uchun savollar



  1. Tijorat banklari aktivlarni boshqarishning qanday printsiplari mavjud?




  1. Tijorat banklari passivlarini boshqarishning qanday printsiplari mavjud?




  1. Tijorat banklari aktivlari va passivlarini boshqarishning fond usuli to’g’risida nimalarni bilasiz?




  1. Tijorat banklari aktivlari va passivlarini boshqarishning muddatlar bo’yicha taqsimlash usuli to’g’risida nimalarni bilasiz?




  1. Tijorat banklari aktivlari va passivlarini boshqarishning gep tahlili usuli to’g’risida nimalarni bilasiz?




  1. Tijorat banklari aktivlari va passivlarini boshqarishning xedjrlash usuli to’g’risida nimalarni bilasiz?




  1. Tijorat banklari aktivlari va passivlarini boshqarishning sekyuritizatsiyalash usuli to’g’risida nimalarni bilasiz?

28
3-BOB. TIJORAT BANKLARI AKTIV VA PASSIVLARINI BOSHQARISHNING ASOSIY YO’NALISHLARI




3.1. Tijorat banklari aktivlarini boshqarishning asosiy yo’nalishlari

Tijorat banklari aktivlarini boshqarishning asosiy yo’nalishlari bo’lib quyidagilar hisoblanadi:





  1. aktivlarning optimal tarkibini shakllantirish;




  1. aktivlarning daromadliligi va risk darajalari o’rtasidagi mutanosiblikni

ta’minlash;





  1. pul oqimlariga bo’lgan barcha ehtiyojlarni qondirish imkonini beradigan darajada likvidlilikni saqlash;




  1. aktivlarning foiz stavkalari va valyuta kurslarining tebranishlariga nisbatan moslashuvchanligini ta’minlash.

Tijorat banklari aktivlarini boshqarishda aktivlarni boshqarishga ma’sul bo’lgan bank bo’linmalarining vakolatlari, huquq va majburiyatlarini aniq belgilash muhim ahamiyat kasb etadi.


Bank Kuzatuv kengashning vakolatlari:





  1. aktsiyadorlarning manfaatlarini himoya qilish maqsadida resurslarni aktiv operatsiyalarga yo’naltirishning to’g’riligi va samaradorligini nazorat qilish;




  1. bank rahbarlarini ishga tayinlash va ishdan bo’shatish;




  1. bank siyosatlarini ishlab chiqish;




  1. qonun hujjatlariga rioya qilinishini tekshirish;




  1. bankning yillik hisobotini tasdiqlash;




  1. aktsiyadorlarning umumiy yig’ilishini tashkil qilish.




  1. bankning moliyaviy barqarorligini ta’minlash




  1. bank faoliyatining shaffofligini ta’minlash




  1. risklarni baholash va boshqarish sifatini oshirishni ta’minlash.

O’zbekiston tijorat banklaridp Kuzatuv kengashlari e’tibor qaratishlari zarur bo’lgan muammolar:


1. Balanslashmagan likvidlilik muammosi:


29


  1. muddati o’tgan kreditlar miqdorining katta ekanligi;




  1. transformatsiya riskining chuqurlashib ketganligi;




  1. transaktsion depozitlardan to’g’ridan-to’g’ri resurs sifatida foydalanishning mavjudligi.

2. Risklarni baholash va boshqarish tizimining takomillashmaganligi.





  1. tijorat banklari kredit portfelining diversifikatsiya darajasining past ekanligi;




  1. kreditlardan ko’riladigan zararlarni qoplashga mo’ljallangan zaxira ajratmalarining me’yoriy darajadan yuqori ekanligi;




  1. valyuta riski darajasining yuqori ekanligi;




  1. likvidlilik riski darajasining yuqori ekanligi;




  1. kredit riskini baholash bo’yicha standarlashgan yondashuvnii amaliyotga joriy etilmaganligi.

3. Tijorat banklari tomonidan e’lon qilinayotgan moliyaviy hisobotlarning shaffoflik darajasining past ekanligi.


Moliyaviy hisobotlarda aktivlar va passivlar moddalari yiriklashtirib berilgan. Bundan tashqari, tijorat banklari regulyativ kapitalining tarkibi to’liq berilmagan.


O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli farmoni bilan tasdiqlangan ―O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi‖da ilg’or xalqaro tajribada qo’llaniladigan instrumentlardan foydalangan holda pul-kredit siyosatini takomillashtirish, shuningdek valyutani tartibga solishda zamonaviy bozor mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish va milliy valyutaning barqarorligini ta’minlash,


bank tizimini isloh qilishni chuqurlashtirish va barqarorligini ta’minlash,banklarning kapitallashuv darajasi va depozit bazasini oshirish, ularning moliyaviy barqarorligi va ishonchliligini mustahkamlash makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o’sish sur’atlarini saqlab qolishning zaruriy shartlaridan biri sifatida belgilab berilganligi tijorat banklari


30
aktivlari va passivlarini boshqarishni sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqish zaruriyatini yuzaga keltiradi7.


Harakatlar strategiyasida bank tizimi oldiga qo’yilgan vazifalarning ijrosini ta’minlash maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 12 sentyabrdagi PQ-3270-sonli ―Respublika bank tizimini yanada rivojlantirish va barqarorligini oshirishga doir chora-tadbirlar to’g’risida‖gi va 2017 yil 13 sentyabrdagi PQ-3272-sonli ―Pul-kredit siyosatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida‖gi qarorlari qabul qilindi.


Ayni vaqtda, respublikamiz tijorat banklari aktivlarini boshqarishni takomillashtirish bilan bog’liq bo’lgan muammolarning mavjudligi kuzatilmoqda. Xususan:





  1. Tijorat banklari aktivlarining umumiy hajmida daromad keltirmaydigan aktivlarning (kassadagi naqd pullar, tijorat banklarining milliy valyutadagi va xorijiy valyutadagi ―Nostro‖ vakillik hisobraqamidagi pul mablag’lari) salmog’ini

nisbatan yuqori ekanligi.


Taraqqiy etgan mamlakatlar tijorat banklarining aktivlari tarkibida salmog’iga ko’ra ikkinchi o’rinni (birinchi o’rinni kreditlar egallaydi) bankning qimmatli qog’ozlariga qilingan investitsiyalari egallaydi. O’zbekiston Respublikasi tijorat banklari aktivlarining tarkibida esa, salmog’iga ko’ra ikkinchi o’rinni kassali aktivlar egallaydi. Bu esa, aktivlarning daromadlilik darajasini past ekanligidan dalolat beradi.


2. Muddati o’tgan kreditlar miqdorining katta ekanligi.


Ayniqsa, davlat dasturlari doirasida berilgan kreditlar bo’yicha muddati o’tgan qarzdorlik miqdori katta.


3. Milliy valyutaning qadrsizlanish sur’atining yuqori ekanligi.




7Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 7 февралдаги ПФ-4947-сонли фармони. Ўзбекистон Республикасини янада ривожлантириш бўйича Ҳаракатлар стратегияси тўғрисида//Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами. – Тошкент, 2017. – № 6 (766). – 32-б.
31



Download 7,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish