3.2-rasm. “Benk of Amerika” banki (AQSh) passivlarinng tarkibi (jamiga nisbatan foizda), 2018 yilning 31 dekabr holatiga8
3.2-rasm ma’lumotlaridan ko’rinadiki, ―Benk of Amerika‖ banki passivlarining tarkibida depozitlar eng yuqori salmoqni egallaydi, undan keyingi o’rinni esa, bank tomonidan chiqarilgan qimmatli qog’ozlarni sotishdan olingan mablag’lar egallaydi.
3.2-rasm ma’lumotlaridan ko’rinadiki, regulyativ kapital ―Benk of Amerika‖ banki passivlarining tarkibida salmog’iga ko’ra uchinchi o’rinni egallaydi (11,3%).
Taraqqiy etgan mamlakatlarda tijorat banklari passivlarining umumiy hajmida salmog’iga ko’ra ikkinchi o’rinni (birinchi o’rinda depozitlar) bankning
8 Расм муаллифлар томонидан ―Бэнк оф Америка‖нинг 2018 йил якуни бўйича эълон қилинган йиллик ҳисоботи (www.bankofamerica.com) маълумотлари асосида тузилган.
33
qimmatli qog’ozlarini sotishdan olingan pul mablag’lari egallaydi. O’zbekiston Respublikasida esa, tijorat banklari passivlarining umumiy hajmida salmog’iga ko’ra ikkinchi o’rinni regulyativ kapital egallaydi. Bu esa, banklarning qimmatli qog’ozlar bilan amalga oshiriladigan emission operatsiyalarining rivojlanmaganligi bilan izohlanadi.
Depozitlar tijorat banklarining passiavlari tarkibida eng yuqori salmoqqa ega bo’lganligi sababli, uning etarliligini ta’minlash tijorat banklarining kreditlash salohiyati oshirish va investitsion operatsiyalarini rivojlantirishda muhim o’rin tutadi.
Tijorat banklari kapitalining etarliligini ta’minlash ularning to’lovga qobilligini ta’minlashning birlamchi zaruriy sharti hisoblanadi.
Tijorat banklari Markaziy bank bilan to’g’ri REPO va teskari REPO operatsiyalarini amalga oshiradilar.
To’g’ri REPO – bu Markaziy bank tomonidan qimmatli qog’ozlarni tijorat banklariga qaytarib sotib olish sharti bilan sotishdir.
Teskari REPO – bu Markaziy bank tomonidan qimmatli qog’ozlarni tijorat banklaridan qaytarib sotish sharti bilan sotib olishdir.
Teskari REPO bitimlari tijorat banklarining likvidliligini ta’minlashda muhim o’rin tutadi.
Qimmatli qog’ozlar prospekti bank Boshqaruvi tomonidan tayyorlanadi va Boshqaruv raisi va Bosh buxgalter tomonidan imzolanadi.
Qimmatli qog’ozlar prospektida quyidagi ma’lumotlarning bo’lishi shart:
Emitent to’g’risidagi ma’lumotlar
Emitentning moliyaviy holati to’g’risidagi ma’lumotlar
Qimmatli qog’ozlarni oldingi emissiyasi to’g’risidagi ma’lumotlar
Shuningdek, tijorat banklari mijozlarning topshirig’iga ko’ra anderrayting operatsiyalarini amalga oshiradilar.
Tijorat banki tomonidan muomalaga chiqarilgan qimmatli qog’ozlarning investitsion jozibadorligini ta’minlash ularni bozor baholarida sotish imkonini
34
beradi. Bu esa, bankning resurs bazasini mustahkamlash nuqtai-nazaridan muhim ahamiyat kasb etadi.
Respublikamiz tijorat banklarining passivlarini boshqarishni takomillashtirish bilan bog’liq bo’lgan muammolar:
1. Tijorat banklarining resurs bazasining etarli emasligi.
2018 yilning 1 yanvar holatiga ko’ra, O’zbekiston Respublikasi tijorat banklarining jami depozitlari hajmida talab qilib olinadigan depozitlarning salmog’i 59,5 foizni tashkil etdi. Bu esa, banklarning depozit bazasini etarli emasligini ko’rsatadi. Chunki, tijorat bankining depozit bazasi etarli bo’lishi uchun talab qilib olinadigan depozitlarning jami depozitlardagi salmog’i 30 foizdan oshmasligi kerak.
Tijorat banklariningqimmatli qog’ozlar bilan amalga oshiriladigan emission operatsiyalarining rivojlanmaganligi.
2018 yilning 1 yanvar holatiga ko’ra, O’zbekiston Respublikasi tijorat banklarining passivlari miqdori 84 075 trln. so’mni tashkil etdi. Shuning atigi 1,3 foizini tijorat banklarining qimmatli qog’ozlarini sotishdan olingan pul mablag’lari
tashkil etdi9.
Tijorat banklari kapitalining tarkibida devalvatsiya zaxirasi va imtiyozli kreditlash fondining mablag’lari kabi nobarqaror moliyalashtirish manbalarining mavjudligi.
Bazel standartining talablariga ko’ra, devalvatsiya zaxirasini tijorat banklarining kapitali tarkibiga kiritish mumkin emas. Respublikamiz tijorat banklarida esa, devalvatsiya zaxirasi birinchi darajali kapital tarkibiga kiritilgan. Holbuki, birinchi darajali kapital faqat barqaror moliyalashtirish manbalaridan tashkil topgan bo’lishi kerak. Tijorat banki og’ir moliyaviy ahvolga tushib qolganida, birinchi darajali kapitaldan foydalanish yo’li bilan ana shu og’ir
ahqoldan chiqib ketishi lozim.
4. Tijorat banklarida uzoq muddatli resurslarning etishmasligi.
Tijorat banklari resurslarining asosiy qismini (70 foizdan ortiq qismini) qisqa
9www.cbu.uz сайти маълумотлари асосида муаллиф томонидан ҳисобланган.
35
muddatli resurslar tashkil etadi. Bu esa, tijorat banklarining uzoq muddatli aktiv operatsiyalari hajmini oshirishga to’sqinlik qiladi. Holbuki, 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasida tijorat banklarining istiqbolli investitsiya loyihalarini moliyalashtirishdagi ishtirokini kengaytirish vazifasi qo’yilgan. Ushbu vazifani bajarish uchun esa, tijorat banklari etarli darajada uzoq muddatli resurslarga ega bo’lishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |