Aktiv
|
Summa
|
|
Passiv
|
Summa
|
|
|
|
|
|
|
Kassa
|
40 000 000,0
|
|
Muddatsiz depozit
|
40 000 000,0
|
|
|
|
|
|
|
|
Bank vakillik hisob
|
50 000 000,0
|
|
Muddatli depozit
|
50 000 000,0
|
|
varag’i
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Balans
|
90 000000,0
|
|
|
90 000000,0
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
23
|
|
|
Bank balansining passividagi 50 mln so’mni yillik 16 foiz to’lov asosida 6 oy muddatga riskli aktivga joylashtirishganda TBAPBning fond usuli qo’llaniladi. Bunday holatda TBAPBning fond usuli o’zining ijobiy samarasini beradi, chunki 6 oy muddatga riskli aktivga joylashtirilgan 50 mln so’m bo’yicha majburiyatni bajarish 6 oydan so’ng sodir bo’ladi.
Shu davr ichida bank 4 foiz (4=16-14) bank marjasini olish imkoniyatiga ega bo’ladi. Bu erda bank uchun risk darajasi unchalik yuqori emas, chunki bank kreditga bergan 50 mln so’mning manbasi muddatli depozit bo’lib, bank depozitning sohibiga ushbu summani 6 oydan keyin qaytarish majburiyatini olgan.
-
|
|
|
2.2-jadval
|
Jalb qilingan depozitlarni muddati bo’yicha joylashtirish
|
|
|
|
|
|
Aktiv
|
Summa
|
Passiv
|
Summa
|
|
|
|
|
|
Kassa
|
40 000 000,0
|
Muddatsiz depozit
|
40 000 000,0
|
|
|
|
|
|
|
Kredit
|
50 000 000,0
|
Bank vakillik hisob
|
50 000 000,0
|
|
varag’i
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Balans
|
90 000000,0
|
|
90 000000,0
|
|
|
|
|
|
|
TBAPBning fond usuli uzoq muddat davomida o’zining ijobiy samarasini berdi, biroq:
moliya bozorlarida raqobatning kuchayishi va foiz stavkalarining beqarorligi;
banklarning tizimli to’lov qobiliyatini yo’qotishi;
bank omonatchilarining kelishilgan muddatidan ilgari depozitlarni talab
qilishi;
boshqa fors-major holatlar TBAPBning fond usuli ahamiyatini yo’qotishga olib keldi.
2.3-jadval
Kredit va bankning “Nostro” vakillik hisobraqami qoldig’ining
o’zgarishi
-
Aktiv
|
Summa
|
Passiv
|
Summa
|
|
|
|
|
Kredit
|
40 000 000,0
|
Kassa
|
40 000 000,0
|
|
|
|
|
|
|
24
|
| -
Kredit
|
50 000 000,0
|
Bank vakillik hisob varag’i
|
50 000 000,0
|
|
|
|
|
Balans
|
90 000000,0
|
|
90 000000,0
|
|
|
|
|
TBAPBning dastlabki rivojlanish bosqichida ushbu usul keng qo’llanilgan, keyinchalik esa aktivlar va passivlar o’rtasidagi nomutanosiblik bilan bog’liq muammolar yuzaga kelganda boshqarish usulining gep-tahlil (gap analysis) usuli keng qo’llanilgan.
Banklarning aktivlari va passivlarini boshqarishda gep-tahlilini qo’llanilishi uning muddatli depozit mablag’lari va riskka tortilgan aktivlari o’rtasidagi farq darajasiga e’tibor qaratiladi. Masalan, bankning 12 oyga jalb qilingan muddatli mablag’lari 100,0 mln so’m, 12 oyga bergan kreditlari, ya’ni riskka tortilgan aktivlari esa 120,0 mln so’mni tashkil etiladi. Bu holatda bankning aktivlari va passivlarini gep-tahlili asosida boshqarganda, bu holatda bankning 20,0 mln so’mlik majburiyatni bajarmaslik ehtimoli mavjudligi ko’rinib turibdi. Chunki, 20,0 mln so’m riskka tortilgan aktivlarning summasi muddatli mablag’lar hisobidan emas, balki talab qilingan mablag’lar hisobidan amalga oshirilgan.
Buni quyidagi misolda batafsil ko’rib chiqamiz. Masalan, balansdagi muddatsiz depozit hisobidan 40 mln so’m kreditni yillik 14 foiz to’lov asosida kreditga berdi, bankning marjasi (foydasi) 14 foizni tashkil etmoqda, chunki muddatsiz depozitni qabul qilish shartida foiz to’lovi ko’zda tutilmagan.
Albatta, ushbu operatsiya natijasida bank foydasi yuqori bo’lsada, muddatsiz depozit hisobidan berilgan kreditning risk darajasi ham yuqori bo’ladi, chunki muddatsiz depozit sohibi kutilmagan paytda mablag’ni qaytarish talabi bilan bankka murojaat qilishi mumkin. Biroq, riskli aktiv va muddatsiz depozit o’rtasida muddatlari bo’yicha vujudga kelgan nomuvozanatlik gep-tahlili yordamida boshqariladi. Bu holat (gep-tahlili) da TBAPBning fondli usulida mavjud bo’lgan muammolardan tashqari quyidagi muammolar vujudga kelishi mumkin:
kredit oluvchi o’z vaqtida kredit summasini qaytara olmasligi;
depozit sohibi muddatidan ilgari depozitni talab qilishi;
va boshqa ko’zda tutilmagan ziddyatli holatlar yuzaga kelishi mumkin.
25
TBAPBning gep-tahlili usulini qo’llaganda moliya bozorida foiz stavkalari 5-10 yillik davrga tahlil etilib, foiz stavklarining eng past, eng yuqori, barqaror yoki tez o’sib boradigan yoki pasayadigan stavkalarida bir necha (odatda 10 tagacha) stsenariylar ishlab chiqiladi.
TBAPBning gep-tahlili bo’yicha ishlab chiqilgan har bir stsenariy bank balansi barqarorligi va likvidligiga ta’sir darajasi aniqlanadi. TBAPB bo’yicha ishlab chiqilgan stsenariylarning ichida bank foyda darajasi past, risk darajasi va zarar ko’rish xavfi yuqori bo’lganlari bo’yicha bank balansi korrektirovka qilinadi, shundan so’ng eng ma’qul stsenariy tanlanib riskli operatsiyalarni amalga oshirish yuzasidan qaror qabul qilinadi.
TBAPBning fond va gep-tahlili usullaridan likvidlilik riskini baholashning ayrim instrumenti sifatida foydalanish mumkin. Biroq, ushbu usullar likvidlik riskini samarali boshqarish imkoniyatini bermaydi. Bundan ko’rinib turibdiki, TBAPBning usullari va yo’llari hozirgi kunga kelib jiddiy o’zgarishlarga yuz tutdi. Ayniqsa, 1980 yillarda bank muassasalari TBAPBda asosan aktivlar va passivlarning bozor qiymatiga e’tibor qaratadigan bo’lsa, 1990 yillardan keyin aktiv va passivlarni bozor riski boshqarishning asosiy ob’ektiga aylandi.
Zamonaviy sharoitda TBAPBning an’anaviy (umumiy fond usuli, aktivlarni taqsimlash usuli) usullari asosida banklarning quyidagi operatsiyalari boshqariladi (2.1-rasm):
2.1-rasm. Tijorat banklari aktivlari va passivlarini boqsharishning
an’anaviy usuli orqali boshqariladigan operatsiya turlari
26
TBAPBning noan’anviy usullari sifatida xedjerlash va sekyuritizatsiyalashni ta’kidlash lozim. Bozor iqtisodiyoti sharoitida TBAPBning ushbu usullari juda keng va samarali qo’llanilmoqda.
Xedjirlash – bu kelgusida bozor riski va foizlarining o’zgarish ehtimolini aniqlash va undan himoyalanish maqsadida muddatli sug’urta kontraktlarni tuzish tizimidir. Bir so’z bilan aytganda, TBAPBda vujudga kelish ehtimoli bo’lgan risklarni kamaytirish va bartaraf etish hamda moliyaviy yo’qotishlarni oldini olish maqsadida xedjerlash qo’llaniladi.
Kurslar (baho)ning o’zgarishi natijasida vujudga keladigan risklarni sug’urtalash maqsadida tuzilgan shartnoma ―xedjv‖ bo’lib, xedjerlashni amalga oshirayotgan xo’jalik sub’ekt ―xedjer‖ hisoblanadi. Ushbu usul muta’dil bahoni belgilash va daromad olish yoki mo’ljaldagi xarajatni qilish imkoniyatini beradi. Albatta, riskli operatsiyalarni xedjerlash ular bilan bog’liq risklarni batomam yo’qotib yuborish imkoniyatini bermaydi, balki ushbu xedjerlashda risk transformatsiyasi yuz berib, vujudga kelishi mumkin bo’lgan riskni vositachi o’z zimmasiga oladi. Xedjerlashda operatsiyalarning ikkita holati inobatga olinadi: 1) kurs (baho)larning oshishini xedjerlash; 2) kurs (baho)larning pasayishini xedjerlash.
Aktivlarni boshqarishda qo’llaniladigan sekyuritizatsiyalash mexanizmi 1990 yillarda AQShda vujudga keldi, sekyuritizatsiyalash juda tez muddatda bank aktivlarini boshqarishda va moliya bozorlarida risklarni pasaytirishda olamshumul ahamiyatga ega bo’ldi. Mohiyatiga ko’ra sekyuritizatsiyalash, bankka daromad keltiruvchi aktivlarni zudlik bilan sotish imkoniyatini beruvchi obligatsiya yoki boshqa qimmatli qog’ozlarning emissiyasi orqali likvid mablag’larga aylantirish tartibidir.
Biroq, sekyuritizatsiyalash aktivlarni boshqarishning bevosita risk bilan bog’liq usullaridan biri bo’lib, risk darajasining yuqori yoki past bo’lishi emitentning mahalliy va xalqaro moliya bozorlardagi moliyaviy holati va nufuziga bog’liqdir.
27
Do'stlaringiz bilan baham: |