Vazifalar:
– ilg’or xalqaro tajribada qo’llaniladigan instrumentlardan foydalangan holda pul-kredit siyosatini yanada takomillashtirish;
– valyutani tartibga solishda zamonaviy bozor mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish;
–bank tizimini isloh qilishni chuqurlashtirish va barqarorligini ta’minlash;
–banklarning kapitallashuv darajasi va depozit bazasini oshirish;
–banklarning moliyaviy barqarorligi va ishonchliligini mustahkamlash;
–istiqbolli investitsiya loyihalari hamda kichik biznes va xususiy tadbikorlik sub’ektlarini kreditlashni yanada kengaytirish.
Chora-tadbirlar:
– bank faoliyatini tartibga soluvchi zamonaviy tamoyil va mexanizmlarni joriy qilish, ularning samarali faoliyat ko’rsatishiga yo’l qo’ymayotgan to’siqlarni
bartaraf etish;
–naqdsiz hisob-kitoblar hajmi va qamrovini oshirish, shu jumladan, iqtisodiyot sohalarida to’lovlarning zamonaviy elektron shakllarini joriy qilish va tadbirkorlik sub’ektlarini rag’batlantirish, shuningdek, bankdan tashqari aylanmani qisqartirish;
– bank kassalariga naqd pul tushumlarini rag’batlantirish mexanizmlarini takomillashtirish.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 12 sentyabrdagi PQ-3270-sonli ―Respublika bank tizimini yanada rivojlantirish va barqarorligini oshirishga doir chora-tadbirlar to’g’risida‖gi qarorida belgilangan vazifalar:
17
– tijorat banklarini ularga xos bo’lmagan funktsiyalardan ozod qilish maqsadida, tijorat banklarining:
* xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning muddati o’tgan debitor va kreditor qarzdorligi shakllanishi ustidan nazorat qilish;
* xo’jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan olingan naqd pullarni maqsadli ishlatilishi ustidan nazorat qilish vazifalarini bekor qilish;
– tijorat banklari faoliyatiga umume’tirof etilgan zamonaviy mu’yorlar, standartlar va baholash ko’rsatkichlarini joriy qilish, bank-moliya tizimini xalqaro reyting tashkilotlari baholashi asosida baholash ko’rsatkichlarini yanada takomillashtirish;
–bank nazoratining xalqaro printsiplari asosida tijorat banklari kapitalining etarliligi, likvidliligi va barqarorligi bo’yicha talablarni bajarilishini ta’minlash;
– Bazel qo’mitasining talablarini hisobga olgan holda bank risklarini baholash va boshqarish tizimini takomillashtirish;
– banklarning raqobatbardoshlik darajasini oshirish va banklarni ilg’or bank amaliyoti asosida faoliyat yuritadigan tizimga aylantirish;
– aholining bank-moliya xizmatlari sohasida moliyaviy savodxonligini va huquqlarini himoya qilish darajasini oshirish;
– aholining mamlakat bank tizimiga bo’lgan ishonchini oshirish, mijozlarning bank xizmatlariga bo’lgan ehtiyojlarining doimiy monitoringi amalga oshirish, bank xizmati ko’rsatish madaniyatini oshirish.
-
Do'stlaringiz bilan baham: |