12.2. Tijorat banklari depozit bazasining etarliligi va uni tavsiflovchi
ko’rsatkichlar
156
Xalqaro bank amaliyotida tijorat banklari depozit bazasining etarliligini
aniqlashda ikki usuldan keng foydalanilmoqda. Birinchi usul Xalqaro tiklanish va
taraqqiyot banki (XTTB) ekspertlari tomonidan ishlab chiqilgan bo’lib, unda tijorat
banklari depozit bazasining etarliligi (DBE) quyidagi formula orqali aniqlanadi:
DBE
=
TD
x
100%
TD+JD+MD
Bu erda:
TD – transaktsion depozitlar;
JD – jamg’arma depozitlari;
MD – muddatli depozitlar.
XTTB ekspertlarining tavsiyasiga ko’ra, mazkur ko’rsatkichning eng yuqori
chegarasi 30 foizni tashkil etishi lozim. Agar uning amaldagi darajasi 30 foizdan
yuqori bo’lsa, u holda, ushbu tijorat bankining depozit bazasi etarli emas, deb
hisoblanadi.
XTTB ekspertlari tomonidan ishlab chiqilgan usulda transaktsion
depozitlarning barqaror qoldig’i tijorat banklari depozit bazasining etarliligini
aniqlashda hisobga olinmagan. Lekin ayrim iqtisodchi olimlar, jumladan, prof.
O.I.Lavrushin tijorat banklari depozit bazasining etarliligini baholashda
transaktsion depozitlarning barqaror qoldig’ini hisobga olish lozim, deb hisoblaydi.
Hozirgi davrda dunyoning ko’pchilik mamlakatlarida, shu jumladan,
O’zbekiston Respublikasida tijorat banklari faoliyatini inspektsion tekshirishda
―CAMEL‖ reyting tizimidan keng foydalanilmoqda. Ushbu tizimda tijorat banklari
depozit bazasining barqarorligi quyidagi formula orqali aniqlanadi:
DBE
=
Asosiy depozitlar
x
100%
Depozitlar - jami
157
Mazkur ko’rsatkichning amaldagi darajasi 75 foizdan past bo’lmagan
taqdirdagina tijorat bankining depozit bazasi etarli hisoblanadi. Boshqacha qilib
aytganda, tijorat banklari depozitlarining umumiy hajmida asosiy depozitlarning
salmog’i kamida 75 foizni tashkil etishi lozim.
―CAMEL‖ reyting tizimida asosiy depozitlar deganda depozitlarning bankni
tark etmaydigan qismi tushuniladi. Shu jihatdan olganda, asosiy depozitlar har uch
turdagi depozitlar – transaktsion depozitlar, muddatli depozitlar va jamg’arma
depozitlarining barqaror qoldig’ini o’z ichiga oladi.
Fikrimizcha, ―CAMEL‖ reyting tizimidagi depozit bazasining etarliligini
baholash usuli XTTBning baholash usuliga nisbatan mukammalroq hisoblanadi.
Ya’ni, birinchidan, transaktsion depozitlarning barqaror qoldig’i hisobga
olinmoqda. Bu esa, juda muhim, chunki transaktsion depozitlarning barqaror
qoldig’idan foydalanilganda tijorat banklarining likvidliligiga nisbatan jiddiy xavf
yuzaga kelmaydi; ikkinchidan, jamg’arma depozitlarining barqaror qoldig’igina
asosiy depozit sifatida e’tirof etilmoqda. Holbuki, jamg’arma depozitlarining
ma’lum qismi nobarqaror passiv hisoblanadi. Ular transaktsion depozitlardan
bankni ma’lum muddat oldindan ogohlantirish yo’li bilan olinishi jihatidan farq
qiladi.
Tijorat banklari depozit bazasining etarliligini baholashda e’tiborga olinishi
lozim bo’lgan jihatlardan biri, fikrimizcha, o’zida ham transaktsion depozit
hisobraqamini, ham muddatli depozit hisobraqamini namoyon etayotgan yangi
hisobraqamlarining paydo bo’layotganligi hisoblanadi. Masalan, AQShdagi
―NAU‖ hisobraqamlari ana shunday yangi turdagi hisobraqami hisoblanadi. Unga
bozor stavkalarida foiz to’lanadi. Shu bilan birga, mazkur hisobraqamlar o’zida
transaktsion depozit hisobraqamlariga xos bo’lgan xususiyatni ham ifoda etadi:
ularning qoldig’iga to’lov hujjatlarini yozishga ruxsat etiladi.
―NAU‖ hisobraqamlarining qoldig’i barqarorligi jihatidan transaktsion
depozitlarning barqaror qoldig’idan qolishmaydi. Shu sababli, ularning qoldig’ini
tijorat banki depozit bazasining barqarorligini aniqlashda hisobga olish lozim deb
hisoblaymiz.
158
Do'stlaringiz bilan baham: |