115
joriy depozitlar va jamg’arma depozitlariga nisbatan belgilash maqsadga
muvofiqdir. Chunki aynan shu depozitlarning nobarqarorlik darajasi yuqori bo’lib,
tijorat banklarida likvidlilik riskini doimiy tarzda yuzaga keltiradi.
Fikrimizcha,
depozitlarning barqaror qismining jami depozitlarning 75 foizi miqdorida
shakllanishi rivojlangan xorijiy davlatlarning amaliyotiga xos bo’lgan holat
hisoblanadi. Mazkur mamlakatlarda moliya bozorlarining rivojlanganligi,
moliyaviy holati barqaror bo’lgan mijozlarning ko’pligi, Markaziy bank monetar
siyosatining maqsadi va vazifalarini
aniq hamda shaffofligi, korxonalarning soliq
yukini mo’tadil darajaga keltirilganligi va boshqa omillar xo’jalik yurituvchi
sub’ektlarning pul oqimini barqaror darajasini ta’minlashga zamin yaratadi.
Rivojlanyotgan davlatlarda esa, moliya bozorlari rivojlanmaganligi,
Markaziy
bankning monetar siyosatida noaniqliklarning mavjudligi, soliq siyosatini
takomillashmaganligi va boshqa omillar xo’jalik sub’ektlarining moliyaviy
holatiga nisbatan salbiy ta’sirni yuzaga keltiradi. Bu holatlar,
pirovard natijada,
xo’jalik sub’ektlarining pul oqimining barqarorligiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.
Buning natijasida tijorat banklaridagi talab qilib olinadigan depozitlar va
jamg’arma depozitlari qoldiqlarining nobarqarorligi kuchayadi.
Tijorat banklarining passivlarini tezkor va strategik rejalashtirishda asosiy
e’tibor bankning depozit bazasining barqarorligini ta’minlashga qaratilishi kerak
va bunda tijorat banklari resurslarining eng barqaror qismi bo’lib muddatli
depozitlar va jamg’arma omonatlari hisoblanadi
va ular quyidagi muhim
xususiyatlarga egadir:
–
hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun foydalanilmaydi va ularga to’lov
hujjatlari yozilmaydi;
–
muddatli va jamg’arma depozit hisobraqamlaridagi mablag’larning aylanish
tezligi past;
–
qat’iy belgilangan foiz to’lanadi, Markaziy bank zarur hollarda foiz
stavkalarining yuqori chegarasini tartibga solishi mumkin;
–
tijorat bankini depozitni olish to’g’risida oldindan ogohlantirish tartibi
mavjud;
116
–
nisbatan past majburiy zahira stavkalari qo’llaniladi.
Transaktsion depozitlardan resurs sifatida foydalanish tijorat banklarining
likvidliligiga jiddiy ziyon etkazadi. Shu sababli, Glass-Stigoll
qonuniga asosan
1933 yilda transaktsion depozitlarga foiz to’lashning ta’qiqlanishi oqilona tadbir
hisoblanadi. Lekin muddatli va jamg’arma depozit hisobraqamlariga tijorat
banklari tomonidan to’lanadigan foiz stavkalarining yuqori chegarasining
belgilanishi tijorat banklarining depozit bazasiga salbiy ta’sir qiladi.
Bank resurslarini boshqarishda strategik rejalashtirish kamida 2–10 yilga
mo’ljallanib
ishlab chiqiladi, bunda asosiy e’tibor resurslarni jalb etish va
joylashtirishni muddatlar bo’yicha muvozanatlashtirish, mijozlarning tarkibini
shakllantirish, resurslarni jalb etishni omonatchilar va mijozlar bo’yicha
diversifikatsiyalash kabilarga e’tibor qaratiladi.
Iqtisodiyotning o’tish sharoitida tijorat banklari resurslarini boshqarishning
strategik rejalashtirish usuli iqtisodiy va siyosiy
risklarni minimallashtirishda,
bankning o’zgaruvchan bozor sharoitiga moslashuvchanligida muhim rol o’ynaydi.
Sberbankning 2014-2018 yillarga mo’ljallangan rivojlantirish strategiyasida
moliyaviy natijalar bo’yicha quyidagi 6 ta ko’rsatkich bo’yicha strategik
rejalashtirish amalga oshirilgan:
1. Kapitalning rentabelligi.
2. Birinchi darajali kapitalning etarliligi.
3. Xarajatlarning daromadlarga nisbati.
4. Xarajatlarning aktivlarga nisbati.
5. Sof foydaning o’sishi.
6. Aktivlarning o’sishi.
Do'stlaringiz bilan baham: