5. Amaliyot obyektining faoliyatining asosiy moliyaviy ko’rsatkichlar tahlili
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) "Ipak Yo‘li" bankini 20 million AQSh dollari miqdorida moliyalashtirishni ma'qulladi, shundan 15 million AQSh dollari kredit liniyasi shaklida va 5 million AQSh dollari savdoni moliyalashtirish uchun ajratiladi. Kredit liniyasi AQSh dollarida ham, o'zbek so'mida ham mablag' olish imkoniyatini beradi.
YeTTBning amaldagi xususiy sektorni qo'llab-quvvatlash dasturi doirasidagi moliyalashtirishi bankning o’z faoliyatini kengaytirishga va mahalliy tadbirkorlarga moliyaviy ommaboblikni kengaytirish imkonini beradi. Ajratilgan mablag'lar bank mijozlarini mikro, kichik va o'rta biznes subyektlarini moliyalashtirishga, kichik korxonalarni moliyaviy rag'batlantirishga, shuningdek, ularning kelgusidagi faoliyatini yanada rivojlantirishga ko'maklashishga qaratilgan.
YeTTB bilan hamkorlik 2018 yildan boshlangan bo'lib, uning doirasida mikro, kichik va o'rta biznes korxonalarini qo'llab-quvvatlash, GEFF (Yashil iqtisodiyotni moliyalashtirish dasturi) doirasida «yashil» loyihalarni rivojlantirish, shuningdek, savdoni moliyalashtirish dasturi uchun kredit liniyalari ajratilgan.
1990 yilda tashkil etilgan "Ipak Yo'li" AITB, O'zbekistondagi universal tijorat banki bo'lib, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik hamda chakana mijozlarga keng turdagi xizmatlarni taqdim etadi. 2020 yil 1 sentabr holatiga ko'ra Bankning umumiy aktivlari 6,7 trln. so'mni tashkil etmoqda.
Bugungi kunda kartadan kartaga pulni onlayn tarzda o‘tkazish juda qulay va tezkor, pul mablag‘larni qisqa vaqt ichida uzoq masofaga jo‘natishga imkon beruvchi xizmatdir.
Ammo agarda yaqinlaringizda UzCard va Humo milliy to‘lov tizimlarida ishlaydagin kartalar bo‘lmasa-chi? Bankka borish va pul o‘tkazishga na vaqtingiz, na imkoningiz bo‘lsa-chi? Unda eng oson va samarali yechim — pul mablag‘larni xalqaro to‘lov tizim orqali o‘tkazish.
O‘z mijozlariga qulaylik yaratish va ularning vaqtlarini tejash maqsadida “Ipak Yo‘li” banki yangi xizmatni joriy qildi — Ipak Yo'li Mobile mobil ilovasi yordamida VISA va UnionPay xalqaro to‘lov tizimlari orqali pul mablag‘larni o‘tkazish. Endi bankning mijozlari uning yordamida pullarni o‘z yaqinlariga tez, qulay va oson o‘tkazishlari mumkin.
Mazkur xizmatdan foydalanishni istaganlar uchun muhim ma'lumot: bu xizmat faqat "Ipak Yo‘li" banki tomonidan chiqarilgan kartalari orqali amalga oshiriladi, va undan faqat bankning tasdiqlangan mijozlari foydalanishlari mumkin. Xizmat uchun komissiya miqdori — o‘tkazma qiymatidan atigi 0,5%.
Batafsil ma'lumot olish uchun bankning qo‘llab-quvvatlash xizmatiga telegram orqali murojaat qilishingiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |