4. Amaliyot obyektining moliyaviy natijalari to’g’risidagi hisobotlari bilan tanishish
Tijorat banklarida naqd va naqdsiz pul muomalasi hamda hisob-kitoblarni unifikatsiyalangan shaklda tashkil etish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni rag'batlantiruvchi kredit tizimini yo'lga qo'yish, istiqbolli loyihalarni moliyalashni kengaytirish borasidagi sa'y-harakatlar ayniqsa global iqtisodiy inqiroz sharoitida o'zini to'la oqladi.
Bankni moliyaviy hisobotlarini tahlil qiladigan bo’lsa, birinchi navbatda bankning 3 yillik yil yakunlarini ko’rishimiz mumkin, ya’ni 2019yil, 2020yil, 2021 yillarni.
Tijorat banklarining kapitallashuvini oshirish bo'yicha ko'rilgan chora-tadbirlar natijasida 2019 yil yakunlari bo'yicha bank tizimining umumiy kapitali oldingi yildagiga nisbatan 20,2 foizga oshib, qariyb 9,4 trln. so'mni va kapitalning etarlilik darajasi ko'rsatkichi umumiy qabul qilingan xalqaro standartlardan deyarli 3 barobardan ziyodni tashkil qildi. Bank tizimi barqarorligining yana bir muhim ko'rsatkichi hisoblangan likvidlik darajasi 2019 yil yakunlari bo'yicha 64,4 foizni tashkil etdi va bu talab etiladigan minimal darajadan 2 barobar ortiqdir.
Pirovardida 2020 yilning birinchi choragida bank aktivlari 3,5 trln. soʻmni tashkil etib, ushbu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 1,3 trln. soʻmga yoki 161 foiz koʻpayishiga erishildi. Aktivlarning koʻpayishi, asosan, kredit qoʻyilmalarining 1,5 trln. soʻm va jami bank kapitali 50,2 mlrd. soʻmga ortganligi hissasiga toʻgʻri keladi. Bankning likvidlilik, ishonchlilik, toʻlovga qobiliyatlilik kabi asosiy koʻrsatkichlari barqarorligi taʼminlanib, jami kapitali 106 foiz oʻsib, 924 mlrd. soʻmni tashkil etdi.
Jumladan, joriy yilning oʻtgan davrida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash uchun 314,4 mlrd.soʻm, mikrokreditlarga 21 mlrd. soʻm, ayollar tadbirkorligini moliyaviy qoʻllab-quvvatlashga 34,7 mlrd. soʻm, oilaviy tadbirkorlik va xunarmandchilikni rivojlantirishga 24 mlrd. soʻm, xizmat koʻrsatish va servis sohasini rivojlantirishga 110 mlrd. soʻm miqdorida kredit mablagʻlari ajratilgani bu boradagi ishlarning amaliy samarasidir.
Investitsiya loyihalarini moliyalashtirish maqsadida 841,2 mlrd. soʻm miqdoridagi investitsion kreditlar yoʻnaltirildi. Xususan, qishloq xoʻjaligi uchun 185,6 mlrd. soʻm, yangi obyektlarni qurish va modernizatsiyalash yoʻnalishiga 248,3 mlrd. soʻm, sanoatga 195,7 mlrd. soʻm, xoʻjalik yurituvchi subyektlarning moddiy-texnik bazasini taʼminlash va maishiy xizmat koʻrsatishga 64,5 mlrd. soʻm, transport va kommunikatsiya tarmogʻiga 42,4 mlrd. soʻm va boshqa maqsadlarga 104,7 mlrd. soʻm miqdorida investitsion kreditlar ajratildi. Davlatimiz rahbarining hududlarga tashriflari davomidagi topshiriqlarini bajarish uchun 175 ta loyihani moliyalashtirishga 313,8 mlrd. soʻm kredit mablagʻi berilib, loyihalarning toʻliq ishga tushirilishi natijasida 1 000 tadan ortiq yangi ish oʻrni yaratildi. Bundan tashqari, Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokida meva-sabzavotchilikni rivojlantirish boʻyicha 25 mln. AQSH dollari va Xalqaro taraqqiyot uyushmasi ishtirokida chorvachilikni rivojlantirishga 10 mln. AQSH dollari hamda Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida meva-sabzavotchilik tarmogʻi uchun 40 mln. AQSH dollari miqdorida mablagʻlar jalb etilgan.
Joriy yil “Faol tadbirkorlik, innovatsion gʻoyalar va texnologiyalarni qoʻllab-quvvatlash yili” davlat dasturi hamda 2017-2021 yillarga moʻljallangan Harakatlar strategiyasidagi belgilangan ustuvor vazifalardan kelib chiqib, bank tomonidan koʻplab chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Qayd etish joizki, bankniig likvidlilik, ishonchlilik, toʻlovga qobiliyatlilik kabi asosiy koʻrsatkichlari barqarorligi taʼminlangan boʻlib, uning jami kapitali joriy yil 1 iyul xolatiga 852,8 mlrd. soʻmni tashkil etdi. Oʻz navbatida, bank kredit qoʻyilmalari birinchi iyul holatiga koʻra 1427,9 mlrd. soʻmga yetdi.
Yana Xalq banki bilan solishtiradigan bo’lsak, quyidagi grafikda esa bank aktivlari miqdori yillar kesimida ko’rsatib o’tilgan. Dastlabki ma’lumotlar 01.01.2015 dan olinib, aktivlar miqdori yildan-yilga o’sib borgan. Aktivlar miqdori dastlab 2986934,3 ni tashkil etib 01.01.2017 da 4380941,6 ga teng bo’lgan. Ko’rsatkichlar 01.01.2018 holatida 5534424,1 ni tashkil etib, bu miqdor 01.12.2019 ga kelib 8758201,2 gacha ko’tarilgan.
2-chizma
Shuningdek, bank tomonidan Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan “Bank xizmatlari ommabopligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorida yuzasidan ham qator ishlar qilingan. Jumladan, xizmat isteʼmolchilariga qulayliklar yaratish maqsadida bank tomonidan respublikaning har bir hududiy filiallarida terminallar oʻrnatilib, ular orqali xorijiy valyutani naqd shaklda yechib olish mexanizmi joriy etildi. Shuningdek, bank tomonidan savdo va xizmat koʻrsatish shaxobchalariga oʻrnatilgan 10000dan ortiq terminallar orqali milliy hamda chet el valyutasidagi plastik kartalariga xizmat koʻrsatish imkoniyatlari yaratildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |