Reja
Kirish
Tijorat banki tashkiliy tuzilishi va faoliyatini tashkil etishda korporativ boshqaruv asoslarini tahlil qilish
Tijorat banki filialida blokcheyn texnologiyalari asosida yaratilgan bank mahsulotlari va xizmatlarini o ’rganish
Tijorat banki faoliyatining asosiy ko’rsatkichlari va moliyaviy natijalari bilan tanishish
Tijorat bankining zamonaviy chakana xizmatlarini tahlil qilish
Tijorat bankining innovatsion xizmatlarini tahlil qilish
Xulosa
Ilovalar
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
KIRISH
O’zbekiston Respublikasining mustaqil davlat sifatida shakllanishi va rivojlangan davlatlar hamjamiyatiga qo’shilishida bank tizimining o’rni beqiyosdir. Bank tizimining rivojlanishi yuqori malakali soha mutaxassislariga bog’liq. Talabalar ongini hozirgi zamon nazariy bilimlari bilan boyitish va bu nazariy bilimlarni respublika hududidagi tijorat banklarida amaliyot o’tash yo’li bilan mustahkamlash yuqori malakali bank mutaxassislarini tayyorlashning asosini tashkil etadi.
O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida” gi qonuni va Kadrlar tayyorlash Milliuy dasturi hamda Oliy va o’rta maxsus ta’limi vazirligining 1998 yil 30 oktyabrdagi 305-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan “O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari talabalarining malakaviy amliyoti haqida Nizom” talablariga mos ravishda ishlab chiqilgan dastur asosida men ham barcha talabalar qatorida nazariy jihatdan olgan bilimlarini amaliyot bilan bog’lash, kasb faoliyati ko’nikmalarini egallash maqsadida 2021-yil 24-maydan 2021-yil 3-iyulgacha ‘O’zsanoatqurilishbank’ ATB Buxoro filialida ishlab chiqarish amaliyoti o’tadim
Ishlab chiqarish amaliyoti davomida quyidagi maqsad va vazifalar bo’yicha amaliyot o’tadim:
amaliyot o’tayotgan tijorat bankining tashkiliy tuzilmasining me’yoriy huquqiy asosini o’rganish;
jumladan, bank tizimi, tijorat banklari faoliyatini tartibga soluvchi me’yoriy huquqiy hujjatlarni o’rganish;
bank faoliyatining asosiy ko’rsatkichlari tarkibi hamda miqdori bilan tanishish;
bankning chakana xizmatlar bo’limi faoliyati va ularning ishlash mexanizmini o’rganish;
tijorat banklari ish faoliyatida qo’llanilayotgan dasturiy ta’minotlar bilan tanishish, ularning funksiyalari va afzalliklarini o’rganish;
amaliyot o’tayotgan tijorat banki, uning faoliyati, faoliyatining ijobiy va salbiy jihatlari, mavqei bo’yicha o’z xulosa va takliflarini shakllantirish;
amaliyot natijalari asosida hisobotni sifatli tayyorlash va unda aks etgan materiallarning mazmun-mohiyatini tushunib etish.
Tanishuv amaliyot davomida yuqoridagi mavzular bilan bir qatorda bankning korporativ mijozlar bilan, jismoniy shaxslar bilan ishlash, kredit bo’limi, buxgalteriya hisobi va hisoboti bo’limi shuningdek plastik kartochkalar bilan ishlash bo’limi xizmatlari va ishlari bilan tanishdim. Tanishuv amaliyot kunlari davomida nazariy ma’lumotlar asosida amaliy harakatlarni kuzatish imkoniyati yaratib berildi va bu amaliyotimni to’laqonli o’tashimni ta’minladi. Bank xodimlari tarkibi ko’plab malakali mutaxasislardan iborat bo’lib, bank joriy amaliyotlarini ulardan o’rganish menda malakaviy bilimlar va bank ishi sohasiga qiziqishimni yanada ortishiga o’z hissasini qo’shdi.
O’zbеkistоn Rеspublikasi iqtisоdiyotida bоzоr munоsabatlarini qarоr tоptirish dоlzarb tadbirlardan bo’lgan pul, krеdit va bank tizimida ham chuqur o’zgarishlarni amalga оshirishni taqоzо qildi. Bоzоr munоsabatlariga o’tish iqtisоdiy katеgоriya sifatida pulning, krеditning, fоiz, sоliq va bоshqa katеgоriyalarning mоhiyati va ahamiyatiga yangicha yondashish zarurligini taqоzо qiladi. Bоzоr munоsabatlarini talab darajasida tashkil qilish, ishlab chiqarishni rivоjlantirish, kеngaytirish va shu asоsda iqtisоdiy taraqqiyotga erishish krеditdan fоydalanishni, banklar faоliyatining samaradоrligini оshirishni, krеditdan fоydalanishda salbiy hоlatlarni оldini оlishni taqоzо qiladi.
Banklar faoliyatini huquqiy jihatdan O’zbekiston Respublikasining 25.04.1996-yilda qabul qilingan “Banklar va bank faoliyati to’g‘risida”gi qonuni (2019-yil 5-noyabrdagi O’RQ-580-sonli Qonuniga muvofiq yangi tahrirda qabul qilingan) orqali tartibga solinadi1.
Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev ta'kidlaganlaridek: "Kreditlar ishlab chiqarish va infratuzilmani rivojlantirish, tadbirkorlik faoliyatini qo’llab-quvvatlashda zarur manba hisoblanadi."2
Do'stlaringiz bilan baham: |