2. Tijorat banki filialida blokcheyn texnologiyalari asosida yaratilgan bank mahsulotlari va xizmatlarini o’rganish
Shuningdеk O’zsanoatqurilishbank tomonidan aholiga sifatli yangi turdagi bank mahsulotlari va xizmatlarini joriy etish bo’yicha muntazam ishlar olib boriladi. Bunda asosiy e'tibor axborot tеxnologiyalari asosida ishlab chiqilgan innovatsion mahsulotlarga e'tibor qaratiladi.
Bularga misol tariqasida O’zsanoatqurilishbankning “UzPSB Mobile”, “Shaxsiy kabinеt”, “UzCard-online” plastik kartochkasi, “Korporativ Intеrnеt-banking”, Bank-mijoz, “SMS-banking”, “Informatsion – to’lov terminallari” (Infokiosklar) orqali to’lovlar, “CALL –Markaz” , “24/7 UzPSB Mobile Business”xalqaro pul o’tkazmalari, Visa plastik kartochkalari, imtiyozli Visa gold kartochkalari, shuningdеk mijoz xohishiga ko’ra ixtiyoriy dizaynli – Visa picture card kabi zamonaviy bank xizmatlarini kеltirish mumkin.
“SMS banking4” - xizmat bankning yuridik mijozlarining hisob raqamlaridagi pul aylanmalari va qoldiqlarini butun kun davomida mobil aloqa telefonlari yordamida masofadan kuzatb turish imkoniyatini beradi.
Ushbu xizmat turiga ulangan mijoz quyidagi ma’lumotlarga ega bo’lishi mumkin:
hisob raqamdagi kunlik qoldiq
hisob raqamdagi oxirgi kirish operatsiyalari
hisob raqamdagi oxirgi chiqish operatsiyalari
hisob raqamga kelib tushgan summa va operatsiyalar miqdori
hisob raqamdan chiqib ketgan operatsiyalar miqdori
Ushbu dasturdan foydalanish uchun mijoz o’ziga xizmat ko’rsatayotgan bank filialiga murojat qilib, ariza taqdim etishi (arizada mijozning uyali telefon raqami ko’rsatilishi shart) va ushbu ariza asosida bank bilan ikki tomonlama shartnoma imzolashi lozim bo’ladi.
“Korporativ Internet Banking” – xizmat bankning yuridik mijozlari uchun mo’ljallangan dastur bo’lib, kompyuter qurilmasi orqali 24/7 rejimda dunyoning istalgan nuqtasidan, kunning istalgan vaqtida o’z hisob raqamlarini boshqarish, to’lovlar o’tkazish va kerakli hisobotlar olish, oylik ish haqi maoshlarini o’tkazish hamda korporativ plastik kartasi hisoblarini to’ldirish imkonini beruvchi dastur.
Ushbu xizmat turidan foydalanishda xizmat ko’rsatayotgan bank filiali tomonidan mijozga elektron raqamli imzo kaliti taqdim etiladi.
Ushbu dasturdan foydalanishda mijozning kompyuteriga qo’yiladigan minimal talab:
Windows7 va yuqorisida ishlovchi operatsion tizim
Internet Explorer-9 va yuqori versiyasi
Ushbu dasturdan foydalanish uchun mijoz o’ziga xizmat ko’rsatayotgan bank filialiga murojaat qilib, ariza taqdim etishi va ushbu ariza asosida bank bilan ikki tomonlama shartnoma imzolashi lozim bo’ladi. Eng kam oylik ish haqining 20% miqdorida abonent to’lovi undiriladi.
“24/7 UzPSB Mobile Business” – bankning yuridik mijozlari uchun mo’ljallangan ilova bo’lib, mobil qurilma orqali 24/7 rejimida dunyoning istalgan nuqtasidan, kunning istalgan vaqtida o’z hisob raqamlarini boshqarish, to’lovlar o’tkazish imkoniga ega bo’ladi.
Ushbu ilovadan foydalanishda mijozning mobil qurilmasiga qo’yiladigan talab:
Android tizimida ishlovchi mobil qurilmalar uchun Play Market qismidan yuklab olinadi
Apple iOS tizimi ishlovchi mobil qurilmalar uchun AppStore qismidan yuklab olinadi.
“UzPSB Mobile” – bankning jismoniy mijozlariga mo’ljallangan ilova bo’lib, Android va iOS tizimida ishlovchi mobil qurilmalari orqali foydalanish imkonini taqdim etadi. Bank tomonidan olingan UZCARD plastik karta orqali ro’yhatdan o’tiladi. Ushbu ilova orqali quyidagi operatsiyalarni amalga oshirish imkoni mavjud:
Kartadan kartaga pul o’tkazmalari
Kommunal xizmatlarga to’lovlar
Uyali aloqa operatorlari
TSHTT va boshqa shahar telefon tarmoqlari
Internet provayderlar
Telefoniya
Raqamli televideniya
Joylarda to’lovlarni amalga oshirish
Boshqa to’lovlar
«Кредиты» bo’limi orqali olingan kreditlarni so’ndirish, Overdraft kredit olish hamda Online rejimida mikroqarz kredit turini rasmiylashtirish imkoni mavjud.
«Вклады» bo’limi orqali bank tomonidan taqdim etilayotgan online rasmiylashtiriladigan omonat turlari haqida ma’lumot olishlari hamda online rejimda omonatlarni rasmiylashtirish imkoni mavjud.
«Конверсия» bo’limi orqali UZCARD plastic kartadagi so’mni VISA konversion kartasi hisob raqamini to’ldirib konversiya qilish imkoni mavjud.
«Мониторинг» bo’limiga kirib UZCARD plastik kartadagi operatsuyalar hisobotini olishlari mumkin.
“Shaxsiy kabinet” – jismoniy va yuridik shaxslarning bankdagi hisob raqamlarini masofadan xizmat ko’rsatish tizimi orqali shaxsiy hisob raqamlar bo’yicha qoldiqlar va mablag’lar aylanishi, berilgan kreditlarni qaytarish bo’yicha hamda omonatlar bo’yicha hisoblangan foizlar to’g’risidagi axborotlarni online ravishda olish imkoniyatini yaratadi.
Shaxsiy kabinetdan foydalanishda internet tarmog’iga ulangan kompyuter yoki planshet qurilmasi kerak bo’ladi, bunda qurilmadagi brauzerlar orqali https://pc.uzpsb.uz manziliga kirib foydalanishlari mumkin.5
Kirish qismida login o’rnida yuridik shaxslar hisob raqamlaridagi sakkiz xonali unikal kodlarini, jismoniy shaxslar esa pasport seriya va raqamlarini yozgandan so’ng telefon qurilmasiga sms-kod keladi hamda ushbu kod orqali dasturga kirib foydalaniladi.
Ushbu tizimda mijozlar bankda yangi ochilgan omonat turlari bo’yicha ma’lumotlar olishlari hamda UZCARD plastik kartalaridagi kunlik to’lovlarini va qoldiqlarini kuzatib borishlari mumkin bo’ladi.
O‘zsanoatqurilishbank tomonidan “JOYDA” deb nomlangan yangi mobil ilova ishga tushirildi. Ilova odatdagi mobil ilovadan farq qilib, u bank xizmatlari bilan bir qatorda onlayn bozorni o‘zida birlashtirgan unikal platforma hamdir. “JOYDA” bilan an’anaviy bank xizmatlaridan ham odatdagidek foydalanish mumkin. Onlayn omonatlarni rasmiylashtirish, plastik kartadagi pul mablag‘larini boshqarish, uni zarur holatda tezda blokka tushirish, kartalararo o‘tkazmalarni amalga oshirish (bunda, O‘zsanoatqurilishbank kartalari o‘rtasidagi o‘tkazmalar uchun komissiya to‘lovi – 0%, boshqa banklarning kartalariga esa – 0,5%) shular jumlasidandir.
“O’zsanoatqurilishbank”ATBning samarali faoliyati sirasiga yana bir misol tariqasida “Axbor – rеyting” agеntligi bankning krеdit rеytingini 2013 yil yakunlariga ko’ra, milliy shkala bo’yicha eng yuqori baho “uzAQ” darajasida «Ijobiy» prognozi bilan tasdiqlaganini kеltirishimiz mumkin. Bankning barqaror rivojlanib borayotganligi xalqaro rеyting kompaniyalari tomonidan ham tasdiqlanmoqda. Jahonda katta nufuzga ega “Fitch Ratings” xalqaro rеyting agеntligi “O’zsanoatqurilishbank”ATB rеytingini “BQG`B” darajasida “Barqaror” rеyting darajasini qayta tasdiqladi. Shu bilan birga, hisobot yilida “Standard&Poor`s” xalqaro rеyting agеntligi ham bankka bеrilgan barcha rеytinglarni “BARQAROR” istiqboli bilan qayta bеlgiladi.
Bankning asosiy yirik aktsionеrlari: O’zbеkiston Rеspublikasi Moliya Vazirligi, O’zbеkiston Rеspublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi hamda iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlari korxonalari.
“O’zsanoatqurilishbank”ATB boshqa aktsionеrlari sirasiga quyidagilar kiradi: “O’ztransgaz” AK, Buxoro nеftni qayta ishlash zavodi, Farg’ona nеftni qayta ishlash zavodi, “Toshkеnt issiqlik elеktr stantsiyasi” UK, “Absolute Investments Trust” MChJ, “Talimarjon IES” UK, “O’zbеkenеrgo” DAK, “Asset Invest Trust” MChJ, “O’zbеkiston Tеmir Yo’llari” DATK, “Sho’rtan gaz kimyo majmuasi” UShK.
Do'stlaringiz bilan baham: |