Tovar xaridorga kelishilgan joyda topshirilgan vaqt SOTUVCHI XARIDOR Tavakkal / Xarajatning muhim nuqtasi Manzilga yetkazib berish (... manzil nomi) Sotuvchi, xaridorga eksport bojxona rejimida chiqarilgan va belgilangan manzilga yetib kelgan transport vositasidan tushirishga tayyor bo'lgan holda topshirganda tovarlarni etkazib berish majburiyatlarini bajargan hisoblanadi.
«DDP» – Delivered Duty Paid (... named place of destination) / «DDP» – Bojlarni to'lab yetkazib berish (... tanlangan joy nomi)
SOTUVCHI XARIDOR Tavakkal / Xarajatning muhim nuqtasi Tovar xaridor xohishiga ko’ra kelishilgan joyda topshirilgan vaqt
Bojlarni to'lab yetkazib berish (... tanlangan joy nomi) Sotuvchi eksport va import bojxona rasmiylashtiruvi to’lovlarini to’lab, belgilangan joyga xaridorning ixtiyorida transport vositasiga yuklash uchun tayyor holda topshiradi.
2019-yil 10-sentyabr kuni Incoterms 2020 qoidalarining eng so’ngi nashri chop etildi. (nashr ICC № 723).
Yangi Incoterms 2020 o’zida Incoterms 2010 ning yangilangan, Xalqaro savdo palatasi (XSP) ekspertlar qo’mitasi – tahrirchi guruhi tomonidan ishlab chiqilgan shaklini taqdim etadi.
Incoterms 2020 xalqaro qoidalar majmui 2020-yil 1-yanvardan ishga tushsada, Incoterms 2010 yoki Incoterms 2000 va undan oldingi namunalar ham ishlatilishda davom ettirilishi mumkin.
Shu sababli xalqaro oldi-sotdi shartnomalarining yetkazib berish shartlarini ko’rsatgan vaqtda Incoterms nashrni aniq ko’rsatish talab qilinadi.
Incoterms2020 va Incoterms 2010 ning asosiy farqlari
yetkazib berishning DAT (Delivered at Terminal / terminalga yetkazish) asoslari yetkazib berishning DPU Incoterms 2020 (Delivered Named Place Unloaded / tushirish joyiga yetkazish) ga o’zgartirildi.
Bu o’zgarish 2 sababga ko’ra amalga oshirildi.
Birinchidan, DAT Incoterms 2010 (terminalga yetkazish) va DAP Incoterms 2010 (kelishilgan joyga yetkazish) atamalarini farqlashda chalkashliklar yuzaga keldi. Bu shartlar orasidagi asosiy farqla shundaki, DAT qoidasiga muvofiq, yetkazib berish tovar transport vositasiga yuklangan va ko’rsatilgan terminalda xaridorga taqdim qilingan vaqtda amalga oshadi. Shunda, DAP qoidasi shartlari kabi, yetkazib berish tovarlar tushirilgunga qadar – ya’ni ular xaridorga tushirishga tayyor transport vositasida taqdim qilinganda amalga oshadi.
Bu o’zgarishning ikkinchi sababi tovarni yetkazib berishda har tomonlama qulaylikni(moslikni) ta’minlash. Endilikda sotuvchi va xaridor nafaqat aniq bir terminalni, balki xohlangan joyni tanlab kelishishlari mumkin. DPU Incoterms 2020 vaDAT Incoterms 2010 yetkazib berishning shartlari boshqa tarkibiy jihatlarda bir xildir. DPU Incoterms2020shartlari tovar tushirilishini sotuvchi zimmasiga yuklovchi yagona Incoterms atamasi hisoblanadi.