Tibbiyot psixologiy asi



Download 0,96 Mb.
bet134/158
Sana09.07.2022
Hajmi0,96 Mb.
#766637
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   158
Bog'liq
tibbiyot

Antidepressantlar
Antidepressantlar tasodifan kashf qilingan. 1957-yili sil kasalligiga qarshi ishlab chiqarilgan dorilardan birini qabul qilgan bemorlarda eyforiya holati kuzatilgan. Bu dorini ruhiy kasallarga berib sinab ko'rishganda, uning depressiyani kamaytirish xususiyati aniqlangan.
Bu dorining kimyoviy nomi 2-Izopropil-l- izoniko-tinoilgidrazin. Uni qisqartirib, «iproniazid» deb atashadi. Keyinchalik, boshqa bir dorining antidepressiv xususiyati aniqlanadi va bu dori «imipramin» deb nomlanadi. Shundan so'ng olimlar yangi antidepressantlar ustida ish olib borishadi va ularning yangi turlarini yaratishadi. Antidepressantlar bosh miyadagi psixik jarayonlarga murakkab ta’sir ko'rsatadi. Ular bosh miyadagi noradrenergik va serotoninergik sistemalarga ta’sir qilib neyronlardagi qo'zg'alish va tormozlanish jarayonlarini muvofiqlashtiradi. Ularning aksariyati MAO ingibitori va tritsiklik antidepressantlardir. Antidepres­santlar markaziy asab tizimining barcha strukturalari orasidagi funksional bog'lanishlarni tiklaydi.
Barcha antidepressantlar uchun xos bo'lgan xususiyat ularning timoleptik ta’siridir, ya’ni ular bemor kayfiyatini ko'tarib, affektiv


359




buzilishlarni kamaytiradi. Ba’zi antidepressantlar (zoloft, ksanaks va h.k) anksiolitik ta’sirga ham ega.
Dastlab antidepressantlar faqat psixiatriya amaliyotida tavsiya qilingan bo‘lsa, hozirda ulardan psixosomatik sindromlarni davolashda keng foydalaniladi va bu dorilarni maxsus retseptlar orqali terapevtlar ham tavsiya qiladi. Ayniqsa, kardionevrozlar, kardiofobik sindromlar, psixogen abdominalgiyalar va boshqa somatogen depressiyalarni davolashda antidepressantlardan foydalinmoqda. Ularni tavsiya qilishning o‘ziga xos qoidalari mavjud. Surunkali psixogen buzilishlarni davolashda barcha antidepressantlar dastlab past dozalarda buyuriladi va har ikki-uch kunda ularning dozasi oshirib boriladi. Antidepressantlarning terapevtik ta’siri 5-7 kundan so'ng ko'zga tashlana boshlaydi. Ularning kech ta’sir qila boshlashini neyromediatorlaming sinapslarda asta-sekin to'planishi va retseptorlar sezuvchanlik darajasining o'zgarishi bilan bog'lashadi.
Ba’zi antidepressantlar (amitriptilin) kattaroq dozalarda kardio-toksik ta’sir ko'rsatadi. Amitriptilin glaukoma, og'ir yurak-qon tomir kasallik­lari, prostata adenomasi va siydik pufagi atoniyasida tavsiya qilinmaydi. Homiladorlik va bola emizish davrlarida ba’zi antidepressantlar buyurilmaydi yoki zaruratga qarab, kam miqdorda tavsiya qilinadi.
Neyroleptiklar
«Neyroleptiklar» atamasi 1967-yili taklif qilingan. Dastlab og'ir psixozlarni davolashda ishlatiladigan bu dori vositalari neyroleptiklar deb atala boshlandi. Ko'pchilik davlatlarda «neyroleptiklar» o'rniga «antipsixotik vositalar» atamasi qo'llaniladi. Chunki neyroleptik sindrom dorining terapevtik ta’sirini emas, balki uning asoratini aks ettiradi. Bugungi kunda ko'pchilik farmasevtik kompaniyalar nojo'ya ta’siri kam bo'lgan antipsixotik vositalar ustida ish olib bormoqdalar.
Neyroleptiklarga aminazin, galoperidol, droperidol, frenolon, triftazin kabi dorilar kiradi. Ularning turi juda ko'p bo'lib, asosan psixiatriyada qo'llaniladi. Bu dorilarning eng ko'p tarqalgan nojo'ya ta’siri turli darajadagi ekstrapiramiilalbuzilishlardir.
Shuning uchun ham neyroleptiklar tavsiya qilingan bemorlarga ekstrapiramidal buzilishlaming oldini oluvchi dorilar (siklodol, parkopan) buyuriladi. Psixosomatik sindromlarni davolashda neyroleptiklar deyarli tavsiya qilinmaydi. Lekin shu guruhga kiruvchi eglonil ekstrapiramidal buzilishlarni kam keltirib chiqarganligi uchun psixosomatik buzilishlarni davolashda keng tavsiya qilinadi. Neyroleptiklami qabul qilgan bemorlarda psixomotor va affektiv reaksiyalar pasayadi. karaxtlik paydo


360




bo'ladi, ular uyqusiray boshlaydi. Bu dorilar uxlatuvchi va sedativ dorilarning ta’sirini oshiradi.
Trank vilizatorlar
«Trankvilizatorlar» atamasi lotincha so'z bo'lib, transvilio, ya’ni tinchlantiraman, degan ma’noni anglatadi. 1957-yili, asosan, nevrozlami davolashda ishlatiladigan tinchlantiruvchi xususiyatga ega bo'lgan dorilar trankvilizatorlar
deb atala boshlandi. Bu dorilar nevrozlarda ko'p uchraydigan xavotir, qo'rquv va asabiylashishlarni yo'qotadi. Neyro­leptiklardan farqli o'laroq, trankvilizatorlar kuchli antipsixotik ta’sirga ega emas va ekstrapiramidal buzilishlarga olib kelmaydi.
Trankvilizatorlar «anksiolitiklar», ya’ni qo'rquv va xavotirni oluvchi dorilar deb ham ataladi. Haqiqatan ham trankvilizatorlar dastlab qo'rquv va xavotirlanishni pasaytiradi. Lekin ular nafaqat anksiolitik ta’sirga, balki uxlatuvchi, tutqanoq xurujlari va mushaklar tonusini pasaytiruvchi xususiyatlarga ham ega. Trankvilizatorlar bemorlarga neyroleptiklar yoki analgetiklar bilan birga berilsa, psixonevrologik sindromlarda kuzatiladigan turg'un og'riqlarga kuchli ta’sir ko'rsatadi. Ulardan gipnotik seanslarni o'tkazayotganda ham foydalanish mumkin.
Bugungi kungacha trankvilizatorlarning ta’sir qilish mexanizmi to'laligicha o'rganilmagan. Bu dorilar limbik sistemaning qo‘zg‘aluvchanligini pasaytiradi, bosh miya katta yarim sharlari po'stlog'ida tormozlanish jarayoniga ta’sir ko'rsatadi. Ular bosh miyaning noradrenergik, serotoninergik va dofaminergik sistemalariga ham ta’sir qiladi. Trankvilizatorlar polisinaptik spinal reflekslarga tormozlovchi ta’sir ko'rsatishi hisobiga mushaklar tonusini pasaytiradi.
Trankvilizatorlar ruhiy kasalliklarda kuzatiladigan gallyutsinatsiya, alahsirash, affektiv, fobik va ipoxondrik buzilishlami yo'qota olmaydi, lekin vaqtincha pasaytiradi. Trankvilizatorlarni tavsiya qilishda psixopatologik simptomlaming turi va ular kunning qaysi yarmida paydo bo'lishiga ham e’tibor qaratish lozim. Lekin ba’zi dorilar (masalan, seduksen) nevrozning turli klinik ko'rinishlarini bir xil pasaytirishi mumkin yoki biroz kattaroq miqdorda tavsiya qilingan boshqa trankvilizatorlarning ham ta’sir doirasi kengdir.
Trankvilizatorlarga elenium, seduksen, fenazepam, tazepam, rudotel, meprobamat, mebikar, trioksazin, grandaksin kabi dorilar kiradi. Bu dorilarning sinonimlari juda ko'p bo'lib (ba’zan 20 taga yetadi), ularning nomlanishi qaysi firma tomonidan ishlab chiqarilganiga bog'liq.


361



Download 0,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish