Tibbiyot psixologiy asi



Download 0,96 Mb.
bet136/158
Sana09.07.2022
Hajmi0,96 Mb.
#766637
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   158
Bog'liq
tibbiyot

Geksabindin neyronlarning glyukoza va kisloroddan to'la foydalanishini kuchaytiradi, ularning quvvatini oshiradi, shuningdek, bosh miya va yurak mushaklarining qon bilan ta’minlanishini kuchaytiradi.
Etofillin yurakning minutli hajmini oshirish hisobiga bosh miyaning ishemiya va gipoksiyaga uchragan sohalarining qon tomirlarida perfuzion bosimni oshiradi. Buning natijasida, ulaming qon bilan ta’minlanishi va metabolizmi yaxshilanadi. Instenon insult oqibatida rivojlanadigan nutq buzilishlarini ham tiklaydi (Z.R. Ibodullayev, 2002).
Instenonning yuqorida ko'rsatilgan xususiyatlari uni psixonevrologik buzilishlar va psixosomatik sindromlarni davolashda keng qo'llash imkonini yaratadi. Bizning amaliyotda apatiya bilan kechuvchi depressiv sindromlar, xotira va nutq buzilishlari, psixogen astmalar va kardiosenestopatik sindromlarda instenonni tavsiya qilib, sezilarli natijalarga erishildi.
Psixonevrologik buzilishlar va psixosomatik sindromlarda 2 ml instenon mushak orasiga 10 kun mobaynida yuboriladi, so'ng 1 tabletkadan kuniga 2-3 mahal buyuriladi. Davolash davomiyligi o'rtacha 20-30 kunni tashkil qiladi. Instenon kuchli rivojlangan miya ichi gipertenziyalari, tutqanoq kasalligi va gemorragik insultlarda tavsiya qilinmaydi. Homiladorlik va laktatsiya davrida zaruratga qarab buyuriladi. Instenon tabletka (30 va 50 dona) va ampula (2 ml) ko'rinishida ishlab chiqariladi.
Nootropil - nootrop dorilar orasida nafaqat nevrologik kasalliklarni, balki ruhiy buzilishlarni davolashda ham eng ko'p qo'llanilishi bilan ajralib turadi. Bu dorini barcha yoshdagi (1 yoshdan boshlab) bemorlarga tavsiya qilish mumkin, chunki nootropilning zaharli ta’siri o'ta pastdir.


365




Nootropil diqqat, xotira, nutq va fikrlash qobiliyatini yaxshilaydi. Nootropilni nevrozning barcha turlarini, ya’ni depressiya, astenik holatlar, ipoxondrik buzilishlar, fobik sindromlarni davolashda samarali vosita sifatida keng tavsiya qilish mumkin. Nootropil sedativ dorilar va antidepressantlar ta’sirini kuchaytiradi, shuning uchun ham u og'ir holatdagi depressiyalarda qo'shimcha dori sifatida buyuriladi. Nootropil shizofreniya va boshqa ruhiy kasalliklarni davolashda ham tavsiya qilinadi.
Surunkali alkogolizm va giyohvandlikda deliriy va abstinent holatlami pasaytirishda nootropil samarali vositadir. Morfin, barbituratlar va spirtli ichimliklar bilan zaharlanishlami bartaraf qilishda ham nootropil beriladi.
Bosh miyadagi integrativ va kognitiv jarayonlarga ijobiy ta’siri Bolalarda serebrasteniya, ensefalopatiyalar, aqliy rivojlanishdan orqada qolishlar, xulq-atvor buzilishlarini davolashda ham nootropil tavsiya qilinadi. Nootropilni boshqa psixotrop dorilar bilan birga tavsiya qilish ham mumkin. Yosh bolalarga nootropilni granulalardan tayyorlangan sharbat ko'rinishida berish mumkin. Sharbatni tayyorlash uchun granulalar qaynatilgan yoki distillangan suvda eritiladi. Tayyorlangan eritma 100 ml dan oshmasligi kerak. 1 yoshdan 5 yoshgacha bo'lgan bolalarga o'lchovli qoshiqcha (10 ml) bilan kuniga 3 mahal beriladi. Bu yoshdagi bolalar uchun kundalik doza 30-40 ml 5-16 yoshgacha nootropil sharbati 20 ml dan kuniga 3 mahal buyuriladi. Davolash 3 haftadan 2-6 oygacha davom ettiriladi. Zaruratga qarab, 2-3 oydan so'ng davolash takrorlanadi. O'qishi past va xulq-atvori yomon bolalarga (8-13 yosh) nootropil tabletkasi 3,3 g yoki 8 ml 20 foizli, 5 ml 33 foizli eritmasi kuniga 2 mahal ovqatdan so'ng buyuriladi. Davolash 6 oydan 1 yilgacha davom ettiriladi.
Og'ir kechuvchi depressiv sindromlar, deliriy va abstinensiya holatlarida nootropil kuniga 2-4 g dan (10-20 ml) boshlab, 4-6 g gacha (20-30 ml) tavsiya qilinadi. Agar 20 ml gacha buyurilgan bo'lsa, shprits orqali tomirdan sekin yuboriladi, undan katta dozalarni esa fiziologik eritmada tomchilatib yuborgan ma’qul, aks holda, psixomotor qo'zg'alish kuzatilishi mumkin. Nootropil bilan davolash davomiyligi klinik belgilaming kamayishiga qarab, vrach tomonidan belgilanadi va odatda, 20-30 kunni tashkil qiladi. Klinik simptomlar kamaygandan yoki yo'qolgandan so'ng nootropil yana 1-3 oy mobaynida (ba’zan 6 oy) 2,4 g dan 8 g gacha ichib turish buyuriladi. Keyin sekin-asta kamaytirilib, to'xtatiladi. Ko'zlangan maqsadga erishish uchun nootropilni ko'rsatilgan dozadan kam miqdorda ichmaslik kerak.
Nootropil, odatda, bemorlar tomonidan yaxshi qabul qilinadi, chunki uning nojo'ya ta’sirlari juda kam. Ba’zan psixomotor qo'zg'alishlar,


366




jahldorlik, uyqu buzilishi, yoshi katta bemorlarda koronar yetishmovchilikning kuchayishi va dispepsiya belgilari kuzatiladi. Ular nootropilning dozasi pasaytirilsa yoki qabul qilish to‘xtatilsa, o‘tib ketadi.
Nootropil tavsiya qilishga monelik qiluvchi holatlar: o'tkir buyrak yetishmovchiligi, allergik holatlar, bolalarda diareya.
Nootropil ichish uchun 400 mg, 800 mg, 1200 mg kapsula va tabletkalarda, 20 foizli 125 ml eritma holida hamda parenteral yuborish uchun 1 g (5 ml), 3 g (15 ml) miqdordagi ampulalar va 12 g (60 ml) flakonlarda ishlab chiqariladi.
Aktovegin. Bu dori to'qimalarda moddalar almashinuvi va ulardagi regenerativ jarayonlarni faollashtirib, trofikasini yaxshilaydi. Aktovegin glyukoza va kislorodning transportini kuchaytiradi, buning natijasida ular hujayralarda yetarli darajada to'planib, oqilona sarflanadi. Bu jarayonlar ATF metabolizmining kuchayishi bilan kechadi, ATF esa hujayraning asosiy energetik manbai hisoblanadi. Aktovegin to'qimalar- ning qon bilan ta’minlanishini ham yaxshilaydi. Shuning uchun ham aktovegin asab, yurak, ichki a’zolar, teri kasalliklari va shuningdek, turli psixosomatik sindromlarda to'qimalardagi regenerativ jarayonlarni faollashtirish uchun qo'llaniladi.
Aktovegin ichish uchun 1-2 drajedan kuniga 3 mahal ovqatdan oldin buyuriladi. Shuningdek, 2 va 5 ml dan mushak orasi yoki tomir ichiga, natriy xlor va glyukozaning fiziologik eritmalarida 10, 20 yoki 50 ml miqdorda tomir ichiga tomchilatib ham yuboriladi. Ba’zi holatlarda, ya’ni bosh miyaning qon tomir hamda kuchli trofik buzilishlar bilan kechuvchi kasalliklarda (c.>abet, kuyish, trofik yaralar) 250 ml (lg) aktovegin eritmasi har kuni yoki kunora tomir ichiga tomchilatib yuboriladi. Aktovegin surtmasi teridagi trofik yaralaru davolash uchun ishlatiladi. Davolashning davomiyligi va dorining dozasi kasallik turi va uning og'ir-yengilligiga qarab belgilanadi. Odatda, aktoveginni 10-30 kun mobaynida qabul qilish buyuriladi. Aktoveginni barcha yoshdagi bemorlarga tavsiya qilish mumkin. Uni qo'Ilashga monelik qiluvchi holatlar yo'q, shunday bo'lsa- da homiladorlik va bolani emizish davrida tavsiya etish cheklangan.
Aktovegin quyidagi ko'rinishlarda ishlab chiqariladi: draje 50 dona, inyeksiya uchun 2, 5 va 10 ml li ampulalar.

Download 0,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish