Tibbiyot psixologiy asi


Mening g'ani-g'ussalarimni harchaga taqsimlashganda edi, yer yuzining birorta joyida baxtiyor odamni uchratmagan



Download 0,96 Mb.
bet41/158
Sana09.07.2022
Hajmi0,96 Mb.
#766637
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   158
Bog'liq
tibbiyot

Mening g'ani-g'ussalarimni harchaga taqsimlashganda edi, yer yuzining birorta joyida baxtiyor odamni uchratmagan
ЬоЧиг edingiz.
Avraam Linkoln

  1. Umumiy ta’rif

Hissiyot deb bizni o‘rab turgan borliqdagi barcha mavjudotlar, narsa va hodisalarga nisbatan munosabatlar natijasida paydo bo‘ladigan tuyg‘ularga aytiladi. His-tuyg‘ularsiz birorta ruhiy jarayon kechmaydi. Har qanday his-tuyg‘u nafaqat odamning, balki hayvonlar (ayniqsa, maymunlar) ning ham yuzida aks etib turadi (20-rasm). Insonning tashqi qiyofasidagi o‘zgarishlardan uning hissiy kechinmalarini bilib olish mumkin. Hissiy qo‘zg‘alishlar yurakda ham aks etadi. Shuning uchun ham qadimgi faylasuflar miyaning ba’zi funksiyalarini, ayniqsa, hissiyot bilan bog'Iiqlarini yurak bilan bog‘lashgan (21-rasm).
Sezgi va idrokdan tortib, to tafakkurgacha bo'lgan barcha operat- siyalar hissiy o‘zgarishlar bilan kechadi. Tibbiyotda his-tuyg‘ular muammosiga, ayniqsa, katta e’tibor beriladi. Bemor bilan vrach, vrach bilan hamshira, hamshira bilan bemor orasidagi munosabatlarga





20-rasm. Hissiyot (yig‘i, kuigi, rohatlanish)ning odam va maymun yuzida
ifodalanishi


114


21-rasm. Xursandchilik (A) va g‘am-g‘ussa (В) yuzda va yurakda aks etadi




bag'ishlab juda ko‘p asarlar yozilgan. Bu asarlarda his-tuyg‘ular muammosiga katta e’tibor qaratilgan.
XX asrda psixologiya va tibbiyotda hissiyotni o'rganish ham keng ko'lamda olib borildi. Bunda 3 ta asosiy yo‘nalish tanlab olindi:

  1. psixogen kasalliklar mexanizmlarini о ‘rganish;

  2. distress haqidagi ta 'limot;

  3. odamga psixoterapevtik ta ’sir etish usullarini keng ко ‘lamda tatbiq etish.

Bularning hammasi u yoki bu darajada odamning hissiyot sohasini
o'rganishga katta hissa qo‘shdi. Aql-idrokka moslab tuzilgan psixoterapevtik usullar (kognitiv psixoterapiya) bemorning tuyg‘ular ini e’tiborga olib davom ettirilmasa, muvaffaqiyatsiz bo‘lib chiqishi mumkin.
Jeyms-Lange nazariyasi psixoterapiyada keng qo‘llaniladi. XX asr boshlarida bu nazariyaga juda ko‘p e’tirozlar bo'lgan, lekin so'nggi paytlarda unga qiziqish ortib, bu ta’limotga yaqin turadigan hissiyot haqida yangi nazariyalar paydo bo‘ldi va bu ko‘p jihatdan individual psixologiyaning rivojlanishi bilan ham bog'Iiq.
His-tuyg‘u bizning tevarak-atrofga nisbatan bo'lgan munosabatimizni aks ettiradi, dedik. Albatta, biz sodir bo'layotgan voqealarni faqat idrok etmasdan, balki unga muayyan tarzda o'z munosabatimizni ham bildiramiz. Odamning turli xil va ko‘p qirrali his-tuyg‘ulari ma’lum


115




darajada ijobiy va salbiy xillarga ajratiladi. Masalan, ishq-muhabbatdagi ijobiy hissiyotga rashkning salbiy his-tuyg‘usi qo'shilib qolishi mumkin.
His-tuyg‘u kishining fe’l-atvorida qudratli kuch hisoblanadi. His- tuyg‘11 odam faoliyatining turli jihatlari bo‘lmish -- mehnat, ilm-fan va san’atga rag‘batlantiruvchi kuch ham hisoblanadi. Lekin shuni nazarda tutish kerakki, hissiyot odam faoliyatini faqatgina uyg‘unlashtirmasdan, balki uni izdan chiqarib qo'yishi ham mumkin. Masalan, muhabbat odamni qahramonlik. va qat’iylikka undaydi, qunt bilan ishlashga da’vat etadi. Lekin muhabbat uning hayot tarzini barbod etishi, ko‘zda tutgan ishlarini izdan chiqarishi ham mumkin. Psixopatologiyada kuchli his- tuyg'ular hisoblangan qo'rquv, hayajon, tushkunlik, rashk odatiy ruhiy faoliyatni izdan chiqaradi (masalan, patologik affektlar).
Patologik affekt kuchli ifodalangan bo'lib, bunda odam nima qilayotganini bilmay qoladi va o‘z ustidan ongli nazoratni yo‘qotadi. Bunga misol qilib, mashhur psixiatr N.V. Kantorovich quyidagi voqeani yozib qoldirgan:
N. ismli bemor ayol, 22 yoshda, qishloq maktabida o‘qituvchi bo'lib ishlagan. Turmushga chiqqan. Turmush o'rtog'ini yaxshi ko‘rsa-da, u bilan yomon yashagan, uni doimo rashk qilgan va buning oqibatida uyda doimo janjal bo'lib turgan. Turmush o'rtog'i yengil tabiatli va qo'rs odam bo'lib, boshqa ayollar bilan ishqiy munosabatda bo'lgan. Oxirgi eng katta janjal paytida N. turmush o'rtog'iga homilador ekanini aytadi. Turmush o'rtog'i bunga javoban, o'z qilmishlariga pushaymon bo'lganini aytib, endi hech qachon janjal ko'tariladigan ish qilmaslikka so‘z beradi. N. unga ishonadi, ammo ertasigayoq, N. bo'sh yotgan bir uy yonidan o'ta turib (voqea qishloqda yuz bergan), tanish ovozlarni eshitib qoladi. Uyga kirsa, ne ko'z bilan ko'rsinki, o'zining eng yaqin dugonasi turmush o'rtog'ining quchog'ida yotibdi. Oraga birzum sukunat cho'kadi. «Oshiq-ma’shuqlar» N.ga uning ayollik sha’niga tegadigan haqorat so'zlarni ayta boshlashadi. N. jahli chiqib ketib, o'zini yo'qotib qo'yadi va shu yerda yotgan o'roqni olib, dugonasining boshiga 2-3 marta qattiq tushiradi. Olingan qattiq jarohatdan dugonasining joni uziladi, tuiniush o'rtog'i qochib ketadi. N. esa qo'lida o'roqni ushlagan holda ayollar kir yuvib o'tirgan katta ariq yoqasiga boradi va qon tekkan kiyimini chaya boshlaydi. Undan: «Senga nima bo'ldi, tinchlikmi?» deb so'ragan ayollarga javob bermay, nuqul salom beravergan va kulavergan. Ishini bitirib, uyiga qaytgach, yotib qattiq uxlab qolgan.
Tez orada qamalgan. Qotillik qilganini rad etmagan, lekin nimalar qilganini unutib yuborganini qayta-qayta gapiravergan. Sud-psixiatriya ekspertizasi N. voqea ro'y bergan paytda kuchli patologik affekt holatida


116




bo'lgani va buning oqibatida o'zini boshqara olmay qolganini e’tiborga olib, xulosa chiqargan.
His-tuyg‘ular hayvonlarda ham bo‘ladi, lekin yuqori darajadagisi faqat insonlar uchun xosdir. Odamzod his-tuyg‘ulari turli-tuman bo‘lib, ularga quyidagilar kiradi: quvonch, g‘azab, g‘am-g‘ussa, vahima va shuningdek, organizmda kuchli vegetativ o‘zgarishlar bilan kechadigan - ochlik, chanqash, og‘riq va jinsiy his-tuyg‘ular. Ular ayni paytda organizmdagi biologik jarayonlar bilan chambarchas bog‘langan bo'ladi.
Har bir jamiyatning ham o'ziga xos his-tuyg‘ulari bo'ladi. Muayyan jamiyatda va muayyan davrda go'zal deb hisoblangan his-tuyg‘u boshqa bir jamiyat va boshqa zamonda xunuk deb qabul qilinishi mumkin. Lekin, go'zallikning qandaydir doimiy mezonlari ham mavjud bo'ladi. Masalan, quyosh (oftob) ning chiqishi yoki tog'dagi qishki tabiat manzarasi yoshi, jinsi, millatiga qaramay, barchaga barobar estetik zavq-shavq bag'ishlayveradi.
His-tuyg'ular orasida ham katta tafovutlar mavjud. Odamlarda hissiy qo'zg'aluvchanlik darajasi va ularning chuqurligi, jadalligi har xil bo'ladi. Ba’zilarning yurish-turishida his-tuyg'ular ustun kelsa, boshqalarnikida esa aql-idrok ko'proq namoyon bo'ladi. Gohida esa ular barobar ifodalanadi.
His-tuyg'ular ichida kayfiyat deb ataluvchi umumiy his-tuyg'u ham mavjud. Tan sog'ligi yoki xastaligi haqida darak beruvchi ko'p sonli interoretseptiv impulslar yig'indisi kayfiyatga ta’sir ko'rsatadi. Odam kayfiyatiga qarab tetik, dadil, jizzaki, ma’yus bo'ladi. Jizzakilik va ma’yuslik biror xastalik boshlanganining ilk alomati bo'lishi ham mumkin.

  1. Hissiyotning fiziologik mexanizmlari

So'nggi yillarda fanda hissiyotning fiziologik mexanizmlari xususida talaygina ma’lumotlar to'plangan. Hissiy faoliyatda bosh miya po'stlog'i, miya osti tuzilmalari, vegetativ asab tizimi, shuningdek, gormonlar va mediatorlar ishtirok etadi. Hissiy faoliyatda faol ishtirok etuvchi tuzilmalar 22-rasmda keltirilgan. Odamning aksariyat his- tuyg'ulari so'z ta’siri bilan bog'langan. Ma’lumki, odam qo'rqib ketganida yoki g'azablanganida qonda adrenalin miqdori oshib ketadi. Yuzaga kelgan giperadrenalinemiya natijasida jigar va mushaklarda glikogen jadallik bilan parchalanadi. Bunda qonda qand miqdori ham oshadi va organizmni yonilg'i materiali bilan ta’minlaydi. Hissiy qo'zg'alishlarda gipofiz va qalqonsimon bezning inkretor faoliyati ham oshadi.


117


22-rasm. Hissiy faoliyatni ta’minlab beruvchi asosiy tuzilmalar




His-tuyg‘ular, ayniqsa, yurak-qon tomir sistemasi va arterial qon bosimiga keskin ta’sir ko‘rsatadi. Bu holat turli darajadagi vegetativ o‘zgarishlar bilan namoyon bo'ladi. Hissiy o‘zgarishlar teri galvanik reaksiyasi (TGR) ni o‘zgartiradi. Bu bag‘oyat sezgir reaksiya shundan iboratki, hatto yengil hissiy ta’sirlar sezgir galvanometr bilan o‘lchana- digan terming elekii potensiali o‘zgarishlariga sabab bo‘ladi,
TGRda hissiy qo‘zg‘alishdan galvanometr strelkasining o‘zgari- shigacha bo‘lgan masofa ter bezlari faoliyatining o‘zgarishi orqali o‘tadi, bezlarni esa simpatik asab tizimi faollashtiradi.
Vegetativ asab tizimi faoliyati funksional jihatdan ma’lum darajada bir-biriga qarama-qarshi bo'lgan ikkita sistema - simpatik va parasimpatik sistemalardan iborat. Simpatik sistemaning faoliyati kuchayganda qonda adrenalin va noradrenalin miqdori oshsa, parasimpatik sistema faoliyatining kuchayishi qonga ko'proq xolinergik moddalar ajralib chiqishini faollashtiradi. 23-rasmda bu ikkala sistemaning organizmdagi barcha a’zolarga ta’sir qilish mexanizmlari ko‘rsatilgan.
Shuningdek, hissiy qo‘zg‘alishlarda bosh miyaning bioelektrik faolligi ham o'zgaradi. Elektroensefalografiyada alfa to‘lqinlar faolligi pasayib, beta va boshqa o‘tkir to‘lqinlar faolligi oshadi, bilateral-sinxron tebranishlar paydo bo'ladi. Ma’lumki, alfa to‘lqinlar miyaning tinch





Download 0,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish