Tibbiyot psixologiy asi



Download 0,96 Mb.
bet113/158
Sana09.07.2022
Hajmi0,96 Mb.
#766637
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   158
Bog'liq
tibbiyot

Dorivor vosita

Ishlab chiqarishdagi dozasi, mg

Boshlang'ich kundalik dozasi

0‘rtacha kundalik dozasi

Valproatlar

200,300, 500

5-10 mg/kg

15-60 mg/kg

Fenobarbital

50, 100

0,5-1 mg/kg

1 3 mg/kg

Fenitoin

100

4-5 mg/kg

4-7 mg/kg

Etosuksimid

250

4-10 mg/kg

10-30 mg/kg

Felbamat

400-600

1200 mg

1200-3600 mg

Lamotridjin

25, 100, 150, 200

25-50 mg

300-500 mg

Tiagabin

5, 10, 15

4 mg

32-56 mg

Topiramat

25, 100,200

50 mg

200-600 mg

Vigabatrin

500

500-1000 mg

2000-4000 mg

Zonisamid

100, 200

100-200 mg

400-600 mg

Okskarbazepin

150, 300

300-600 mg

900-3000 mg

Levetiratsetam

500

1000 mg

1000-3000 mg


Izoh: Bu yerda ко 'rsatilgan dorilar dozasi ishlab cliiqaruvchi firmaning tavsivasidan farq qiUshi mumkin. Chunki jadvaldagiта ’lumotlar klinik tekshiruvlar asosida tayyorlangan.


Bemorlarga beriladigan tavsiyalar
Tibbiy psixolog yoki vrach epilepsiya bilan og'rigan bemorlarni nazoratiga olib, chuqur o'rganib, sog'lom turmush tarziga o'rgatishi lozim. Masalan, hozirgi kunda aholining aksariyat qismi televizor va kompyuter monitori oldida kunini o'tkazadi. Epilepsiya bilan kasallangan bemorlar bunday elektron uzatgich vositalaridan foydalanishni chegaralashlari 7.irur. Televizorni qorong'i xonada emas, yorug' xonada ko'rish kerak


295




va televizorgacha bo'lgan masofa 2 m. dan ortiq bo'lishi, teleko'rsa- tuvlarni tomosha qilish davomiyligi 2 soatdan oshmasligi kerak. Fotosensitiv epilepsiyada televizor ko'rish yoki kompyuter monitori oldida o'tirish man etiladi.
Epilepsiya bilan kasallangan bolalarning deyarli barchasi boshqa bolalar singari, maktab va bog'chalarga borishlari mumkin. Biroq oligofreniya, bolalar serebral falajligi kabi bosh miyaning organik kasalliklarida kuzatiladigan tutqanoq xurujlarida bolalar, albatta, maxsus maktablarda ta’lim olishlari kerak. Bemor bolalarni faqat tutqanoq xuruji borligi sababli jamiyatdan ajratib tarbiyalash noto'g'ri, bunday qonunlar ham yo'q. Aksincha, ularga to'laqonli hayot kechirishga imkoniyat yaratib berish lozim. Ular til o'rganmoqchi bo'lsa, jismoniy tarbiya mashqlari va sportga vrach ruxsat bersa, qatnashishi mumkin, biroq bu haqda trenerni ogohlantirib qo'yish kerak. Chunki, xuruj tez-tez kuzatiladigan holatlarda bemor davolanishi lozim, xuruj kam bo'ladigan holatlarda u sportning yengil turlariga qatnashishi mumkin. Sportning ba’zi turlari, ya’ni boks, shtanga ko'tarish, kurash, suzish, tez yugurish mumkin emas. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, rejali tarzda sportning yengil turlari bilan shug'ullanish foydalidir, chunki so'nggi paytlarda mutaxassislar o'smirlarda kuzatiladigan tutqanoq xurujlarining kompyuter monitori oldida uzoq o'tirishdan kuchayib ketayotganligini ta’kidlashmoqda.
Yirik amerikalik epileptolog V. Lennoks «Faol hayot xurujlar antagonistidir», degan edi. Mutaxassislar epilepsiya kasalligida xurujlarning passiv hayot kechiruvchi bemorlarda ko'p kuzatilishi, faol aqliy va jismoniy mehnat bilan shug'ullanuvchi bemorlarda esa kam kuzatilishini nytishadi. Shuning uchun ham bemuilaini. ayniqsa, bolalar va о‘smirlarni jismoniy xatti-harakatlardan, o'qishdan chegaralab qo'yish va ularning ko‘z o'ngida oilaviy bo'lib, kasalini muhokama qilaverish og'ir ruhiy asoratlar qoldiradi. Bunday bolalarda melanxoliklarga xos bo'lgan xulq-atvor shakllanadi, ular ruhiy nogiron bo'lib o'sadi. Biroq ortiqcha ruhiy va jismoniy zo'riqishlar xurujlar sonini ko'paytirishini ham unutmaslik kerak.
Bemorlarga hayot uchun xavfli bo'lgan haydovchilik qilish, o't o'chirish, militsiya, soqchilik va qutqaruvchilik kasblarini egallash, shuningdek kimyoviy vositalar bilan, baland binolarda hamda jarohatlanish xavfi yuqori bo'lgan zavod va fabrikalarda ishlash mumkin emas. Tungi smenalarda ishlash umuman man etiladi, chunki uyquga to'ymaslik xurujlarning takrorlanishi yoki ko'payib ketishiga sabab bo'ladi.
Epilepsiyaning ba’zi turlarida tez yordam talab qilinmaydi, masalan, absanslarda. Aksariyat tutqanoq xurujlarining davomiyligi


296


  1. 5 daqiqa bo‘lib, bemorga yordam ko‘rsatguncha o‘tib ketadi. Ko'pincha, tonik-klonik xurujlar bilan kechuvchi epilepsiyalarda bemorlarga tez yordam ko'rsatishga to‘g‘ri keladi. Chunki epilepsiyaning bu turida jarohatlanishlar ko‘p kuzatiladi. Tez yordam ko'rsatish bemorga jarohat yetkazishi mumkin bo'lgan xavfli narsalarni zudlik bilan chekkaga olishdan boshlanishi kerak. Bemorni xavfsiz va yumshoq joyga o'tkazish va uning yoqasini ochish lozim. Agar xuruj yopiq joyda kuzatilsa, derazalarni ochib, bemorga toza havo kelishini ta’minlash kerak. Bemorning boshini kuch ishlatmasdan, yon tomonga burgan holatda ushlash lozim, ana shunda bemorning tili tomog'iga tiqilib qolmaydi. Buning uchun bemorning yoniga yon tomondan emas, balki bosh uchidan borish kerak. Chunki xuruj paytida bemor qo'li bilan qattiq urib yuborishi mumkin. Agar tutqanoq xurujlari bemorning boshi va tanasi chap tomonga qayrilib kuzatilayotgan bo'lsa, uni chapga, o'ngga qayrilib kuzatilayotgan bo'lsa, o'ngga buragan holda ushlash zarur. Bemor tilini tishlab olmasligi uchun shpatel yoki qoshiqni dokaga o'rab, yon tomondan tishlari orasiga qo'yish lozim, biroq bemorning jag'ini zo'rlab ochish mumkin emas. Xuruj bo'layotgan paytda, bemorning oyoq-qo'llarini zo'rlab ushlamaslik, yuziga suv sepmaslik, nashatir va piyoz hidlatmaslik kerak.

Epilepsiya bilan kasallangan bemorlarning uyida tez yordam ko'rsatish uchun dori vositalari bo'lishi kerak. Masalan, relanium (valium, sibazon), magniy sulfat va h.k. Xuruj paytida 2 ml relaniumni mushak orasiga ehtiyotkorlik bilan yuborish mumkin.
Bemor dush yoki vanna qabul qilganida, eshikni ichkaridan bekitmasligi, issiq yoki o'ta sovuq dush qabul qilmasligi kerak, saunalarga bormasligi, uzoq vaqt vannada qolib ketmasligi zarur. Fizioterapevtik muolajalar o'tkazish ham mumkin emas.Tandirda non yopish, olov yonida katta qozonlarda ovqat tayyorlash, doimo o'tkir narsalar bilan ishlashdan ehtiyot bo'lish, ishxonasida doimiy ishlovchilardan bir-ikkitasi kasallikdan xabardor bo'lishi lozim, uzoq xizmat safarlariga yolg'iz bormagani va mehmonxonalarda yolg'iz yotmagani ma’qul.
Nazorat uchun savollar

  1. Miya insultlarida qanday neyropsixologik buzilishlar kuzatiladi?


  2. Download 0,96 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish