Tibbiyot psixologiy asi


Bosh miyaning chap yarim shari insultlarida bemorlar psixologiyasi



Download 0,96 Mb.
bet107/158
Sana09.07.2022
Hajmi0,96 Mb.
#766637
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   158
Bog'liq
tibbiyot

Bosh miyaning chap yarim shari insultlarida bemorlar psixologiyasi
Oyoq-qo'llardagi falajliklarning nutq buzilishlari (motor va sensor afaziyalar) bilan birgalikda namoyon bo‘lishi bemor uchun og‘ir psixologik jarohatdir. Insonni boshqa jonzotlardan farq qilib turuvchi nutqning to'satdan buzilishi bemorning psixologiyasini o'zgartirib yuboradi, u atrofdagilarni faqat tovush holatida eshitadi, ma’nosini tushunmaydi, o'zi ham fikrini tushuntirib beraolmaydi, buning natijasida bemor jizzaki bo'lib qoladi, yaqinlarini urishadi, hadeb gapirishga urinaveradi, biroq fikrini to'g'ri bayon qilib bera olmaydi. Bu holat sensor afaziya uchun xosdir (darslikning ikkinchi bobida afaziyalarning klinik ko'rinishi va diagnostikasi haqida batafsil ma’lumot berilgan). Ba’zan bemor indamay yotadi, faqat atrofdagilaming savoliga javob berishga urinadi, oddiyroq savollarga javob beradi ham, biroq o'zi gapirmay yotadi. Bu holat motor afaziya uchun xosdir. Nutq odatda falajliklarga qaraganda oldinroq tiklanadi, masalan insultning o'tkir davridayoq (21 kun ichida) nutq tiklanib boshlaydi. Nutqning tez tiklanish darajasi insultning turiga, zararlangan joyning hajmiga va albatta davolash jarayoning qanday olib borilayotganiga ko'p jihatdan bog'liq.
Agar insult uzoq paytdan buyon xafaqon kasalligi, ateroskleroz, qandli diabet va yurak kasalliklari bilan og'riyotgan bemorlarda rivojlansa nutq tiklanishi falajliklar kabi qiyin kechadi. Surunkali alkogolizmdan aziyat chekayotgan bemorlarda insult rivojlansa nutq buzilishlari xulq-atvorning keskin buzilishlari bilan namoyon bo'ladi va nutq ham kech tiklanadi. Bunday bemorlar bilan muloqot qilish juda qiyin bo'lib, ular vrach va yaqinlarining aytganlarni bajarmaydi, tez urishib ketadi, yoki yig'layveradi, ovqat yeyishdan bosh tortadi, tagiga siyib yuboradi. Uni parvarish qilish (soch-soqolini olish, cho'miltirish va h.k) ga yo'l qo'ymaydi, davolash muolajalaridan voz kechadi. Tabiiyki, bunday bemorlarni davolash shifokorlar uchun qiyinchiliklar tug'diradi. Odatda, nutqi buzilgan odamning xulq-atvori ham buzilgan bo'ladi. Bunga nutqi rivojlanmay qolgan bolalarni misol qilib ko'rsatish mumkin, ularning aksariyatida xulq-atvor o'ta buzilgan bo'ladi. Inson xulq-atvorining boshqaruvchanligi ham unda nutq funksiyasining mavjudligiga ko'p bog'liq. Insult o'tkazgan bemorlarda nutq tiklangandan so'ng davolash jarayonidagi ba’zi qiyinchiliklar bartaraf topadi, bemor endi o'z tanasida kechayotgan kasallik alomatlarini yaqinlariga va shifokorlarga bemalol aytib bera oladi, ularning tavsiyasini bajara boshlaydi va natijada davolash jarayonida ijobiy natijalar yuz bera boshlaydi.


263




Bosh miyaning chap yarim sharida ro‘y bergan insultlarda xavotir bilan kechuvchi nevrotik holatlar ko‘p kuzatiladi. Aynan mana shu xavotirli nevrozning mavjudligi chap yarim shar insultini o'ng yarim shar insultida kuzatiladigan xulq-atvor buzilishlaridan farqlovchi simptomlardan biridir. Xavotir qanday ko'rinishda namoyon bo'ladi? Bemor insult oqibatida tanasida paydo bo'lgan kasallik alomatlaridan aziyat chekaveradi, vrachning har bir tashrifida nutqi va harakat faoliyatning tiklanib ketish-ketmasligi haqida so'rayveradi, vrachning har bir so'ziga xavotir bilan quloq tutadi, uning har-bir tavsiyalarini so'zsiz bajarishga intiladi, davolash natijasida ro'y berayotgan har bir ijobiy o'zgarishdan xursand bo'ladi. Albatta, miyaning chap yarim shari insultlari uchun xos bo'lgan xavotir bilan kechuvchi bunday simptomlar uning tezroq sog'ayib ketishiga yordam beradi. Shuning uchun ham miyaning chap yarim shari insultlarida nevrologik funksiyalarning tiklanish jarayoni o'ng yarim shari insultlariga qaraganda tezroq kechadi. Chunki xavotirli nevroz o'ng yarim shar insultlarida kuzatilmaydi.
Bosh miyaning o‘ng yarim shari insultlarida bemorlar psixologiyasi
Yuqorida qayd qilinganidek, o'ng yarim shar insultlarida tananing chap tomonida harakat va sezgi buzilishlari kuzatiladi, ya’ni gemiparezlar, gemianesteziyalar. Nutq va u bilan bog'liq bo'lgan aksariyat oliy ruhiy funksiyalar (o'qish, yozish) saqlanib qoladi. Buning sababi miyaning o'ng yarim sharida nutq markazlarining bo'lmasligidir (o'naqaylarda). Bosh miyaning o'ng yarim shari asosan pertseptiv jarayonlar, aniqrog'i o'z tanasining tuzilishi haqida mivaga kelayotgan ta’sirotlami analiz va sintez qilish uchun javob beradi. Demak, o'ng yarim shaming zararlanishi tana tuzilishini noto'g'ri qabul qilish simptomlarini yuzaga keltiradi. Bular anozognoziya, autotopognoziya, psevdopolimeliya, fazoning (o'z tanasining ham) bir tomonini inkor qilish simptomlari bilan namoyon bo'ladi. Bemor o'zida yuz berayotgan bu o'zgarishlarni tanqidiy ko'z bilan qabul qiladi, ya’ni unda tom ma’noda olganda ruhiy buzilishlar kuzatilmaydi. Bu buzilishlar umumlashtirib tana sxemasining buzilishi deb ham ataladi. Bemorning boshi yoki bir qo'li kattalashib ketayotgandek, qo'li yoki oyog'i tananing boshqa qismlarida joylashgandek (autotopognoziya), tananing chap tomoni xuddi birovning tanasidek, chap qo'li o'ziniki emas, birovnikidek yoki yonida g'o'la yotgandek tuyuladi. Ba’zi hollarda bemorning yarim falajlangan chap qo'li uni bo'g'moqchi bo'lsa, o'ng qo'li esa bunga yo'l qo'ymaydi, chap qo'lni itarib yuboradi. Ba’zan chap qo'l xuddi kichik hayvonlar (mushuk,


264




olmaxon, quyon) ko'rinishida bemorga erkalanadi yoki bemor o'ng qo'li bilan chap qo'lini silaydi. «Nimaga bunaqa qilayapsiz?» desa, u «Mushugimni erkalatayapman» deydi. Go'yoki tana ikkiga bo'linganu, uning har yarmi o'zicha faoliyat ko'rsatayapdi. Bemor insult oqibatida o'z tanasida paydo bo'lgan defektlami (falajliklami) inkor qiladi, mening oyoq-qo'llarim ishlayapdi deydi. Bunday holat anozognoziya deb ataladi. Bemor falajliklar sababli bir necha kundan buyon to'shakka mixlanib qolgan bo'lsa-da, «Men hozirgina tualetga borib keldim, turib hovlida yurdim» deydi. Bemor kiyinayotganda ham chap tomonni to'la inkor qiladi: ko'ylagining o'ng yengini, oyoq kiyimining o'ng tomondagisini kiyadi, lagandagi ovqatning (masalan, oshning) faqat o'ng tomondagisini yeydi, eshikdan kirayotganda chap yelkasini eshikka urib kiradi. Soqol olayotganda yuzining chap tomoni qolib ketadi, tishini yuvayotganda faqat o'ng tomonini yuvadi va h.k. Demak, chap tomon butunlay inkor qilinadi, go'yoki fazoning chap tomoni yo'qdek. Bemor o'z kasaliga juda befarq bo'ladi, vrachlarning va yaqinlarining kasallikka oid bergan tavsiyalarini inkor qiladi: «Joyingizdan turmang, Sizga turib yurish mumkin emas» desa «Xo'p bo'ladi» deb javob beradiyu, baribir turib yuradi, vrach tavsiyasiga ko'ra vaqtida bajarish lozim bo'lgan jismoniy mashqlarni bajarmaydi, falajlangan qo'l va oyoqlari qanday holatda bo'lsa, shu holatda yotaveradi, biroz bo'lsa-da paydo bo'lgan harakatlarni faollashtirishga urinmaydi. «Hozir qayerda yotibsiz» deb so'rasa, u «Men shifoxonada davolayapman» deb javob beradi yoki «Toshkentda davolanayapman» deydi. Vaholanki, u o'z uyida yoki viloyat shifoxonalarining birida davolanayotgan bo'ladi. Aksariyat hollarda bemor juda so'zamol, maslahatgo'y bo'ladi, zarur bo'lmagan masalalar ustida so'z ochadi va yaqinlarini yoki uni ko'rgani kelgan yaqinlarini soatlab yonida olib o'tiradi. Uni ko'rgani kelgan odamning kimligi va u qachon kelganligi ertasi kuni so'ralsa unutib qo'yadi yoki u «Bir oy oldin keldi» deb javob beradi. Demak, ularda vaqtni va makonni to'g'ri baholash ham buzilgan bo'ladi. Ba’zan bemor ovqatlanmoqchi bo'lsa qoshiqni sog'lom qo'li bilan ham kosaga to'g'ri olib bora olmaydi, og'zini to'g'ri topa olmaydi, ovqatni yoqasiga to'kib yuboradi va natijada ovqat yeyishdan bosh tortadi, o'z-o'zidan yig'i keladi. O'z- o'zidan yig'i kelishi, ba’zan esa arzimagan narsaga kulish bir necha bor takroriy kuzatilgan insultlar uchun xos. Tabiiyki bunday bemorlarda harakat funksiyalarining tiklanishi o'ta sust kechadi. Shuning uchun ham o'ng yarim sharda yuz bergan insultlarda bemorlarning sog'ayib ketishi chap yarim shar insultiga qaraganda sust kechadi.
Bemorda o'z tanasini idrok qilishning buzilishi atrof-muhitni idrok qilishning buzilishi bilan birgalikda kuzatiladi. Masalan, bemor uydan


265




chiqib ketib, o'z uyini to‘g‘ri topib kela olmaydi, ko‘chaning boshqa tomoniga ketib qoladi, avval tanish bo'lgan do‘kon yoki bozor qaysi tomonda joylashganligini adashtiradi. Quyosh qaysi tomondan chiqib qaysi tomonga botishini adashtiradi, u viloyatlararo qatnovchi avtobus haydovchisi bo'lsada, Samarqand yoki Farg'ona Toshkentga nisbatan qaysi tomonda joylashganini adashtirib aytadi va h.k. Bunday holatlar har doim ham bo'lavermaydi, faqat o‘ng yarim shaming katta qismini zararlovchi insultlarda ro‘y beradi.
Insult o‘tkazgan bemorlarga ko‘rsatiladigan psixoreabilitatsiya tadbirlari
Insult nafaqat bemor uchun, balki uning yaqinlari uchun ham katta ruhiy jarohatdir. Ushbu kasallikning inson kamolotga yetgandan so‘ng ro‘y berib boshlashi, ya’ni 40-50 yoshlardan keyin, oila uchun katta falokatdir. To'satdan ro‘y bergan insult hayot izmini yo‘ldan chiqarib yuboradi. Insult rivojlangan zahoti bemor zudlik bilan shifoxonaga yotqizilishi va tibbiy-psixologik yordam kasallikning dastlabki soatlaridanoq boshlanishi kerak. Bu yerda ikkilanishga hech qanday o'rin yo'q! «Bemorni qo'zg'amaslik kerak, biron soat uyda bo'lsin, hozir mumkin emas» qabilidagi gaplar noo'rindir. Aksincha insult rivojlangandan so'ng 3-6 soat ichida ko'rsatilgan malakali tibbiy yordam bemorning to'la tuzalib ketishiga, endi boshlanayotgan falajliklarning oldini olishga, qolaversa bemorning hayotini saqlab qolishga juda katta imkoniyatlar yaratib beradi.
Ba’zan insult rivojlangandan so'ng «Tez yordam» mashinasi yetib kelgach, bemorning yaqinlari «Hozir bemorning ahvcli og'ir, biroz shoshmay turaylik, qon bosimi joyiga kelsin, yo'lda bir gap bo'lib qolishi mumkin», deb yetib kelgan vrachni arosatda qoldirishadi. Odatda, bemorning bir nechta qarindoshlari orasida qolgan vrach ularning aytganiga ko'nadi yoki «Bemor yo'lda yomon bo'lib qolsa javob berasizmi?» qabilidagi savollardan cho'chib, bemorni uyda qoldiradi. Vrach bu so'zlarga e’tibor qilmasdan bemorga dastlabki tibbiy yordamni ko'rsatib darhol shifoxonaga yetkazishi zarur. Mabodo tibbiy yordam vaqtida ko'rsatilishiga qaramasdan bemorning ahvoli shifoxonaga olib borayotganda og'irlashib qolsa darrov vrachni ayblash kerak emas, chunki insultning dastlabki kuni o'lim va boshqa og'ir holatlar ko'p kuzatiladi. Bunday vaziyatlarda bemorga malakali tibbiy yordamni faqat shifoxona sharoitida ko'rsatish mumkin. Bu qoidani vrach ham, bemorning yaqinlari ham bilishi lozim. Chunki insultning birinchi kuni o'lim darajasi juda yuqori bo'ladi, uyda qoldirilgan bemorga esa malakali tibbiy yordam


266


ko‘rsalish оЧа mushkul. Kasallikning dastlabki kuniyoq diagnostik maqsadda orqa miya suyuqligini tekshirish uchun bemorga zudlik bilan lyumbal punksiya qilish kerak.


Odatda, 21 kungacha bo‘lgan davr insultning o'tkir davri hisoblanib, bu davrda bemor shifoxonada davolanadi. Kasallikning o'tkir davrida bemorning hushi buzilgan bo'ladi, falajliklar, nutq va xulq-atvor buzilishlari yaqqol ifodalangan bo'ladi. Bu davrda unga ruhiy tinchlik o'ta zarurdir! Shuning uchun bemorni ko'rishga kelayotganlar sonini keskin kamaytirish lozim, uning yonida turmush o'rtog'i yoki farzandlaridan biri parvarish qilish uchun qolishi mumkin. Chunki har qanday tashrif kechagina oyoq ustida yurgan, bugun esa to'shakka mixlanib qolgan bemorga ruhiy jarohat yetkazishi mumkin. Bunday holatlar, ayniqsa, birga ishlaydiganlar va qo'ni-qo'shnilar tashrif buyurganda ro'y berishi ehtimoldan xoli emas. Agar bemor «Tanishlarim meni ko'rgani kelishayaptimi?» deb so'rasa, unga «Albatta kelishayapti, biroqdoktorlar ularga ruxsat berishmayapti, biroz tuzalganingizdan so'ng ularni yoningizga qo'yishadi. Barcha kelib ketayotganlar Sizni tezroq sog'ayib ketsin deyishmoqda» qabilidagi so'zlar bilan bemorni tinchlantirish lozim. Aks holda bemorning «Nega ular meni ko'rgani kelishmayapti?» deb ortiqcha hayajonlanishi bemorning sog'lig'iga salbiy ta’sir ko'rsatishi mumkin. Ayniqsa, nutqi buzilgan bemorlar yoniga keluvchilar sonini nutq tiklangunga qadar to'xtatib turish lozim. Nutq esa aksariyat hollarda 2-3 hafta ichida tiklanib boshlaydi. Davolash muoiajalari to'g'ri va o'z vaqtida olib borilsa, oldin bemorning oyogqlarida harakat paydo bo'ladi, qo'lning tiklanishi esa biroz sust boradi. Chunki miya po'stlog'ida joylashgan oyoq markazlarini ikkala qon tomir (a. serebri anterior va a. serebri media) qon bilan ta’minlaydi, Qo'l markazlarini esa faqat a. serebri media qon bilan ta’minlaydi. Shuning uchun ham ushbu arteriya sohasida kuzatilgan insultlarda qo'l harakatlarining tiklanishi sust kechadi.
Bemor shifoxonadan har doim ham tuzalib chiqib ketmaydi, chunki 3 haftada falajlangan qo'l va oyoqlar to'la tiklanib ketmaydi, ba’zi hollarda nutq ham to'la tiklanmay qolishi mumkin. Insultda buzilgan funksiyalaming tiklanishi odatda bir yil mobaynida davom etadi, vaqt o'tgan sayin tiklanish jarayonlari susutlashib boraveradi. Shuning uchun ham ushbu davrda reabilitatsiya usullari o'ta ustamonlik bilan olib borilishi kerak. Afsuski, insult o'tkazgan bemorlarda turli darajada ifodalangan nogironlik ko'rsatkichlari juda yuqori bo'lib, 80 foizgacha yetadi. Hech qanday o'tkir rivojlanuvchi kasallikda nogironlik bu darajada yuqori emas. Demak, ushbu bemorlarni normal hayot tizimiga qaytarish lozim va bu yo'nalishda bir qancha mutaxassislar, ya’ni


267




reabilitologlar, nevropatologlar, psixologlar, logopedlar, terapevtlar, ishtirok etadi. Umumiy amaliyot shifokori esa ushbu mutaxassislarning ko‘rigini ta’minlaydi va ularning tavsiyalariga asoslanib bemorni davolab kuzatib boradi.
Yirik shaharlarda reabilitatsiya markazlari mavjud bo‘lib, insultning tiklanish davrida davolashni ushbu markazlarda davom ettirish maqsadga muvofiqdir. Insultning og‘ir turini o‘tkazgan bemorlarga o‘z-o‘zini eplay olish, ya’ni ovqatlanish, yuvinish, cho'milish, soqol olish, kiyinib- yechinish, hojatxonaga borib kelish kabi kundalik yumushlarni mustaqil ravishda bajara oladigan holatga keltirish reabilitatsiyaning asosiy vazifalaridan biridir. Insult yengil kechgan holatlarda esa mehnat qobiliyatining tiklanish darajasiga qarab, bemorni avval o‘zi faoliyat ko‘rsatgan ishlarga yana jalb qilish mumkin. Insult o'tkazgan bemorlarda mehnatga layoqatlilik darajasini aniqlash lozim, aksariyat bemorlarga nogironlikning I yoki II darajasi belgilanadi, yengil holatlarda esa III darajali nogironlik belgilanadi.
Insultda kuzatiladigan aksariyat falajliklarda mushaklar tonusining spastik tarzda oshishi bo‘g‘imlarda kontrakturalar paydo bo'lishiga sababchi boiadi. Mushak-bo‘g‘im kontrakturalari ayniqsa qo‘l panjalari va iirsak bo‘g‘imida kuchli ifodalangan bo'ladi, bu tabiiyki, bemorga o'zini eplash bilan bog'liq bo'lgan yumushlarni bajarish imkoniyatini chegaralaydi. Bu muammolarni bartaraf etish yoki oldini olish uchun turli jismoniy mashqlar mavjud, mutaxassislar tavsiyasiga ko'ra bemor ushbu mashqlami bajarishi, falajlangan oyoq-qo'llarga nuqtali uqalashlar olishi, fizioterapevtik muolajalarni va spastik tonusni pasaytiruvchi dorilami iste’mol qilishi zarur. Nutq buzilishlarini davolashda dorivor vositalardan tashqari logopedik muolajalar o'tkazish ham o'ta muhimdir. Odatda, kasallik sababli paydo bo'lgan nutq va xulq-atvor buzilishlarini neyropsixologlar davolashi zarur, ushbu mutaxassislar yo'q joylarda neyropsixologik muolajalarni yaxshi tushunadigan nevropatolog yoki tibbiy psixolog davolash muolajalarini o'tkazishi mumkin.
Insult o'tkazgan bemorlarni jamiyatda va oilada bo'layotgan tadbirlardan chekkalab tashlash aslo mumkin emas, aks holda ular psixologik izolyatsiyada qoladi. Bemorlarni oilaviy va mahallada rejalashtirilayotgan ishlarga ularning imkoniyat darajasiga qarab jalb qilish lozim, aks holda ular o'zlarini oilaga ham, jamiyatga ham keraksiz deb his qilib chuqur depressiyaga tushishi mumkin. Ba’zi hollarda kasallik sababli bir oy ichida ish joyini va yaqinlarining e’tiborini yo'qotgan bemorda o'z joniga qasd qilish hollari ham ro'y berib turadi. Ularning hayot tajribasidan mahalla faollari, bemorning yaqin qarindoshlari va farzandlari unumli foydalnshlari lozim.


268




Shunday qilib, insult o'tkazgan bemorlarni davolash va ularni odatiy turmush tarziga qaytarish uzoq davom etuvchi murakkab tibbiy- psixologik jarayon bo‘lib, uning muvaffaqiyatli tugashi o'tkazilayotgan muolajalarning to‘g‘ri va o‘z vaqtida olib borilishiga bog‘liq.


  1. Download 0,96 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish