Gematotoksik qusish - jigar va buyrak yetishmovchiligida, moddalar almashinuvi kasalliklarida (galaktozemiya, asetonemik qusish, diabetik prekoma va boshqalar), digitalisli intoksikasiya, gipervitaminoz D, o'tkir zaharlanish va boshqalarda kuzatiladi.
Visseral yo’ki chin reflektor - bu qizilo'ngach, oshqozon, ichakli qusishdir. qizilongachli qusishni (chin qusish va qayd qilishdan farqi) ovqat va suyuqliklarni oshqozonga yetib bormasdan chiqarib tashlash, bu tug'ma qizilongach atreziyasi, tug'ma yoki orttirilgan qizilo'ungach stenozlari, uning divertikuli, axalaziyasida kuzatiladi. qusish ovqatdan keyin darrov yuz beradi, bunda hushi moddalari nordon, hidsiz (oshqozon shirasi bilan bog'liqligi bo'lmaydi), oz miqdorda, hazm bo'lmagan ovqatdan tashkil topgan bo´ladi.
Oshqozondan qusish - ko'proq oshqozon kasalliklarida yuzaga keladi. O'tkir va surunkali gastritlar, gastroduodenitlar, yara kasalligi, ichak infeksiyalari va toksikoinfeksiyalarda qusish kongil aynash bilan bog'langan, bu uni qusish markazini qo'zgalishi bilan bog'liq qusishdan farqlaydi. U odatda ovqat yeyish bilan bog'liq, bolaga vaqtinchalik yengillik olib keladi. Oshqozondan keladigan qusuq moddasiga nordon xid xos. qusuq moddasida hazm bolmagan ovqat qoldigi, shilliq, qon (kofe quyqasi rangi) aniqlanadi.
Yengillik olib kelmaydigan qusish, gepatobiliar tizim va oshqozon osti bezi kasalliklariga xarakterlidir. K'p qusganda qusuq moddalarda o't aniqlanadi, uni chaqiruvchi sababiga bog'liq emas. Uni yuzaga kelishiga duodenogastral reflyuks sabab bo´ladi. O'n ikki barmoqli ichakda tug'ma mexaniq to'siqlik (ichak yorugi ichki stenozi, o'n ikki barmoq ichak atreziyasi, anulyar oshqozon osti bezi va boshqalar), pilorostenozdan farqi, tuhilgandan keyin 4-5 kunda o't aralash qusishni vujudga keltiradi. qusish akti davomiy va kuchli bo'lsa, yuqori bosim ostida qizilongachning yo’rilishiga (Burxov sindromi) yoki oshqozon kardial qismi shilliq qavatining chiziqli yorilishiga olib keladi, bu oshqozondan qon ketishini chaqiradi (Mallori-Veyss sindromi). Bir oygacha bo'lgan chaqaloqlarda "favvorasimon" qusish kuzatiladi. Bu pilorostenozning tipik belgisi bo'lib, chuqur tekshirishga ko'rsatma hisoblanadi (oshqozon UTTsi, kontrast moddasi bilan rentgenosko’piya). Oshqozon boshlanish joyi stenozida qusiq moddalari hajmi tushgan ovqatdan ko'p, chirigan xidli, o't bo'lmaydi. Megaduodenumda aksincha, qusqi moddasida o't bo´ladi. Pilorospazmda ko'p qusadi, hazm bo'lmagan ovqat miqdori unchalik ko'p emas. Bola hayotining birinchi yilida qusish turlari qayd qilish, qorinning taranglashisiz, zo'riqishsiz yuzaga keladi.
Oshqozondan qayd qilish bola xolatiga, emizishdan keyingi vaqtiga va kayd qilishning kuchiga, bolaning kayfiyatiga, ovqat hazm bo'lish xajmi, darajasiga bog'liq emas. Aynan bu reaksiya qayd qilish va qusish o’rtasitdagi differensial tashhisdagi farq bo'lib xizmat qiladi, bu bezovtalik, tilni sorish, yuzning qizg'ish yo’ki oqimtirligi bilan almashinishiga bog'liq. qayd qilish ichak infeksiyalarining boshlanish belgisi bo'lishi mumkin, qayd qilish soglom bolalarda ham kuzatiladi. qayd qilish bolani sun'iy ovqatlantirilgandan keyin tebratish, birdaniga va tez qimirlatish, epigastral soxasiga bosim berish natijasida bolishi mumkin.Chuqur, qar tomonlama tekshirish "kalta" qizilo'ngach, kardiya axalaziyasini tashxislashga yordam beradi.
Ichakdan qusish - ichak o'tkazmasligida (invaginasiya, buralib qolish, o'smalar va boshqalarda) kuzatiladi. qusish ko'p miqdorda, tez-tez, najas xidi (ichak tarkibi bilan), najas va gazlar ushlanib qolishi bilan kechadi. U qorinda sanchiqsimon og'riqlar bilan xarakterlanadi.
Qonli qusish (gematemezis) - gastroduodenal eroziya va yaralarda ezofagit, oshqozon osmasi, yirik tomirlar shikastlanganda, portal gipertenziyada qizilongach va oshqozonning kengaygan venalaridan, gemorragik diatez, leykoz, sepsis, oshqozon shilliq qavati kuyishi, Mallor-Veyss sindromi, gemangioma va boshqalarda yuzaga keladi. Qusiq moddasida qon rangi oshqozondagi tuz kislotaning konsentrasiyasi va uni qon bilan aralashuviga bogliq. Agar qusish qon ketish vaqtida bo'lmasa, birmuncha vaqtdan keyin yuzaga kelsa, bu vaqtdan qon oshqozon tarkibi (tuz kislota) bilan aralashadi, qusuq moddasi tuznordon gematin hisobiga kofe quyqasi rangini oladi. Nahorda ko'p qusish va yarim tunda qusish, toq-qizil laxta-laxta, qizilo'ngach va oshqozon kardial qismi venalari varikoz kengayishidan dalolat beradi. Oshqozon-ichak traktiga, o'n ikki barmoqli ichakdan pastga tushgan qon oshqozonda kam hollarda soriladi. qusiq moddasida qon izlari ona ko'kragida yoriq bo'lsa, bola emganda yoki burundan, burun-tomoq yuqori qismidan qon ketganda bolishi mumkin. Najasni bir martalik qora rangda bo'lishi uchun 60 ml qon zarur, o'tkir qon yogotishda, ko'p qon miqdori ajraladi, uch sutka davomida melena ko'rinishida bo´ladi. Najas rangi normallashgandan keyin yashirin qonga test bir hafta va undan ko’proq davrda ham musbat bo'lishi mumkin. Fiziologik jihatdan qusish hazm sistemasining himoya reaksiyasi hisoblanadi. Oshqozonni sifatsiz yoki toksik moddalardan tozalaydi. Shuningdek, uzoq, to'xtovsiz qusish, organizmdan suv va elektrolitlarni yo'qotishga olib keladi, buning natijasida suvsizlanish va alkaloz bilan xlorpenik koma rivojlanadi, surunkali xolatlarda organizm charchaydi (quriydi).
Do'stlaringiz bilan baham: |