Ishtahaning ortishi (hyperorexis), polifagiya (polys- ko'p, phagein- ko'p yeyish) yoki "bori ishtaha"-bulimiya (bus- tana, (xokiz) limos-och qolish (bola haddan tashqari tana vazniga ko'p qo'shsa, ota-onalar shifokorga murojaat etishga majbur bo´ladilar, ba'zi ota-onalar bola ishtahasi yuqoriligidan xursand bo´ladilar, bu holatni sog'lomlik belgisi deb baxolaydilar, bundan tashqari oilada hamma ko'p ovqat yeyishi va semizlikni hisobga olish zarur. Bolalarda ishtahaning yuqori bo'lishi qandli diabetda, surunkali pankreatitda, tireotoksikozda kuzatiladi. Bulimiya massiv kortikosteroidli terapiya natijasida ham bo´ladi. Miya ozagi yallig'lanishi, ensefalit qoldiqlari bulimiyaga olib kelishi mumkin, u aqliy zaiflik va ba'zida kandsiz diabet bilan bog'langan. Gijjalar, asosan tasmali gijjalar bilan zararlanish ham ishtahani yuqori bo'lishi bilan xarakterlanadi.
Bulimiya rivojlanishi oila ichidagi munosabatlar buzilishiga - ona va bola o'rtasida majoraga olib keladi, bola o'zini tashlangandek his qiladi, bunda bola uni erkalashlaridan ko'ra ovqatlanishdan ijobiy emosiya oladi.
Aynigan ishtaha (paraorexis) - yeyish mumkin bo'lmagan, ist'emol qilinmaydigan maxsulotlarni ist'emol qilish, bular yer, shtukaturka, qog'oz, ko'mir va boshqalar. Bu xolatlar debil (aqliy zaiflik), tashlangan bola va nevropatiyada kuzatiladi. Ta'mning buzilishi temir yetishmovchilik holatlarida ham kuzatiladi.
Ko’ngil aynash - yogimsiz, og'riqli sub'ektiv sezgi bo'lib, qayd qilishga olib keladi yo’ki qayd qilishdan keyin kuzatiladi. Ko'ngil aynashi oshqozon funksional aktivligining pastligi va o’n ikki barmoqli ichak, ingichka ichak harakat funksiyasi o'zgarishi bilan bog’liq. Ko'ngil aynashi intraduodenal bosim yuqoriligida yuzaga keladi, shuning uchun ko'proq o'n ikki barmoqli ichak kasalliklarida kuzatiladi: duodenit, gastroduodenit, o'n ikki barmoqli ichak yara kasalligi. Qusish bilan bir vaqtda bo'luvchi ko'ngil aynashi vegetativ nerv tizimi aktivligining o'zgarishi bilan keladi (asosan parasimpatik): teri rangining oqarishi, ko'p ter ajralishi, ko'p so'lak ajralishi, kamquvvatlik, bosh aylanishi, quloqlarda shovqin, gipotenziya va bradikardiya (vazovagal sindrom).
Qusish (vomitus) - oshqozondagi ovqatni og'iz orqali reflektor chiqarish akti. qusish uzunchoq miyada joylashgan ikkita xar-xil funksional markazlar bilan boshqariladi: qayd qilish markazi va xemoreseptor trigger zona bilan bog'langan. Xemoreseptorlar qusish aktini o'z-o'zidan chaqira olmaydi, lekin uning aktivasiyasi uzunchoq miyada joylashgan qusish markaziga efferent impulslarni yuboradi, u esa o'z navbatida qusish aktini chaqiradi. Bu ikki markaz bir-biriga va vegetativ hamda vazomotor funksiyalarni nazorat hiluvchi miya o'zagining boshqa markazlariga yaqin joylashgan. qusish markazi afferent signalni ichak va boshqa organlardan oladi, yuqorida ko'rsatilgan kortikal markazlardan asosan, ichki quloq apparati va trigger zonasidan oladi. Qusishda diafragmal nerv (diafragmaga), orqa miya nervlari (qorin devori mushaklariga) va visseral efferent nervlar (oshqozon va qizilongachga asosiy efferent o'tkazuvchi yo'l bo'lib xizmat qiladi. qusish simpatik va vegetativ nerv tizimi, tomoq, oshqozon-ichak trakti va ko'krak qafasi, skelet mushaklari, qorin boshlig'ini o'z ichiga oluvchi fiziologik aktning oxirgi bosqichidir. qusishning boshlanishi xolsizlik, oqarish, ter ajralishi, bradikardiya va arterial qon bosimining tushishi bilan kechadi.
Bemor chuqur nafas oladi, halqum usti tushadi va halqum ko'tariladi, bu nafas yo'llariga qusqi moddalari tushishidan saqlaydi. qusish aktida muhim rolni diafragma va qorin old devori mushaklari qisqarishi o'ynaydi, oshqozon boshlanish qismi yopilganda oshqozon mushagining
antiperistaltik qisqarishi yuzaga keladi. Barcha o'rganlar kasalliklari asosan bosh miya kasalliklari qusish bilan kechadi. Kelib chiqish mexanizmiga qarab, qusishning bir qancha turlari ajratiladi.
Markaziy (miya, nerv) qusish. Nerv tizimi kasalliklari (bosh miya shishi, yallig'lanish, gipoksemiya, jaroxat, o'tkir gidrosefaliya, osmalar va boshqalar) kalla ichi bosimini oshiradi, qusishga sabab bo´ladi. Ichki quloq apparati va uning markaz bilan bog'liqligining shikastlanishi ham ko'ngil aynash va qusish bilan kechadi. Miyaga bog'liq qusish ovqat yeyish bilan bog'liq bo'lmaydi, kungil aynash kuzatilmaydi, bu turdagi qusish bemor holatini engillashtirmaydi, qusiq moddalari xidsiz, xira bo´ladi. Klinikasida bosh og'rishi, ko’rishning buzilishi va xushsizlik ustunlik qiladi, oshqozon-ichak trakti kasalliklari kuzatilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |