Restriktiv kardiomiopatiyalar.
Bunday kam uchraydigan kasalliklar uchun devorlari rigid bo’lgan qorinchalar miokardi diastolik funksiyasining buzilishi ustunligi tipikdir. Bunda miokard normal qisqarishi fonida qorinchalar to’lishi bosimi ortadi. Miokardning restriktiv shikastlanishi ko’pincha ikkilamchi bo’ladi va gemoxromatozda, glikogenozda, karsinoid sindromda, yurak osmalarida va boshqa kasalliklarda uchraydi, lekin birlamchi restriktiv KMP lar vaziyatlari ham yoritilgan, ularning spektri tamomila isbotlanmagan; turli mualliflar ularning turli shakllarini bayon qilishadi. Yurak olchamlarining ancha kattalashishi bu guruh kasalliklari uchun xususiyatli emas, agar rivojlansa ham faqat kasallikning oxirgi bosqichlarida kuzatiladi. Ba'zida chap qorincha hajmi kamayishi ham mumkin. Eng tez chap bo’lmacha va o’ng qorincha kattalashishi kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |