SPAZMOFILIYa
Spazmofiliya hozirgi vaqtgacha alohida kasallik deb qaralgan. Tetaniya spazmofiliyaning asosiy klinik ko'rinishi bo’lib, turli xil etiologiyali va patogenetik mexanizmga ega. Raxitning spazmofiliya bilan bog’liqligi aniq. Patogenetik nuqtai nazardan spazmofiliya va raxit kalsiy va fosfor almashinuvi buzilishining ikki bosqichi bo’lib, organizmda vitamin D yetishmasligi oqibatida rivojlanadi. Maslov
fikriga ko'ra, XX asrning 60-yillarigacha, spazmofiliya 3,7% godak yoshidagi bolalarda aniqlangan.
Oxirgi vaqtda raxit kasalligi kamayganligi sababli bolalarda spazmofiliya kam uchramoqda. Talvasa va boshqa spastik kasalliklarni paydo bo’lishiga asab tizimi, asosan asab-mushak apparatining yuqori qo’zg’aluvchanligi bilan bog’liq. Spazmofiliya rivojlanishiga gipokalsiemiya, giperfosfatemiya va alkaloz natijasida yuzaga kelgan ion tengligining buzilishi sabab bo’ladi. Fosfor miqdorining ko’payishi va alkaloz oshishi gipokalsiemiyaga olib keladi. Qonda kalsiy miqdorining kamayishi, uning ionlarining kamayishi bolalarda talvasa rivojlanishiga sabab bo´ladi. Ishqorlarning hujayra ichiga ko’p kirishi ham talvasaga olib keladi (natriy gidrokarbonat, nitratlar). Spazmofiliya ultrabinafsha radiasiyasi ta'siri bo’lgan qishning oxiri va bahorda paydo bo’ladi, shuningdek, raxit rekonvalessensiyasi davrida, kalsiy-fosfor almashinuvining yaxshilanishi, qondan kalsiy mobilizasiyasining kuchayishi va uning suyaklarda toplanishi natijasida roy beradi. Bir vaqtda qalqonsimon bez oldi funksiyasi pasayadi. Spazmofiliyada talvasaga ko’p qayt qilish, kuchli yig’lash, qo’rquv sabab bo’ladi. Bu omillar kislota-asosli holatni alkaloz tomonga siljishiga, qonda ishqoriy holat kalsiy ionizasiyasi kamayishiga olib keladi. Bunday holatlarda kalsiy miqdori kamayishi shart emas, alkaloz nerv-mushak qo’zg’aluvchanligini kuchaytiradi. Bunga qarama-qarshi metabolik asidoz tetaniyani rivojlanishiga sabab bo´ladi, chunki yuqori рNda kalsiy ionizasiyasi kuchayadi.
Spazmofiliya shuningdek, hujayra tashqarisi suyuqligida magniy yetishmasligi bilan ham bog’liq, kalsiy miqdori normada bo’ladi. Bu holat sut bilan ovqatlantirilganda yoki organizmda magniyni notoliq singishida, shuningdek magniyning siydik orqali ortiqcha chiqarilib yuborilishida yuz beradi. Normada qon zardobida magniy miqdori 0,8-1,5 mmol/l ni tashhil qiladi, uning miqdorini 0,5 mmol/l ga kamayishi talvasani chaqiradi. Shuningdek, talvasa paydo bo’lishiga vitamin V1 yetishmasligi sabab bo´ladi, raxitda kuzatiladi va spazmofiliyada kuchayadi. Bunda glikolitik zanjirda buzilish paydo bo’ladi, pirouzum kislotasi hosil bo’ladi, talvasa paydo bo’lishiga olib keladi.
Spazmofiliya yashirin va latent turlariga ajratiladi yo’ki "yashirin tetaniya" va aniq spazmofiliya deb ataladi. Spazmofiliyaning yashirin shaklida, "yashirin tetaniya", asab-mushak qo’zg’aluvchanligi yuqoriligidan paydo bo’ladi. Ota-onalar shikoyat qilishmaydi, bola normal rivojlanadi, raxit belgilari aniqlanadi. Yashirin spazmofiliyada ko’p uchraydigan belgilarga Xvostek (yuz fenomeni), Lyust, Trusso, Erba, Maslov simptomlari kiradi.
Xvostek simptomi - bolg′acha bilan yuz nervi shoxchasi orniga, ordak kafti sohasiga, fossae caninae ga urilganda og’iz, burun, koz ichki burchagi mushaklarining hisqarishini chaqiradi.
Lyust simptomi - (peroneal yoki fibulyar) - kichik boldir nervi, kichik bo’ldir suyagining orqa va pastki sohasiga tukullatilganda, oyog′ ustki qismi bukilishi, tashqariga burilishini chaqiradi. Shunga o′xshash ko′rinishni holda ham kuzatish mumkin, tirsak nervi sohasiga bilak suyagi boshchasiga tukullatganda kuzatiladi.
Trusso simptomi - yelkani bir necha daqiqaga tasma bilan bosilganda (nerv-tomir tutamiga), qo’l barmoqlarining tirishishi va "akusher qo’li" ko′rinishi yuzaga keladi.
Erba simptomi - galvanik tok ta'sirida nervlar elektr qo’zg’aluvchanligining kuchayishi kuzatiladi. Agar tok kuchi 5mAdan kichik bo’lganda mushaklar hisqarsa, bu yuqori qo’zg’aluvchanlik deyiladi. Spazmofiliyada u 1-2 mA ga teng bo´ladi.
Maslov simptomi - igna sanchganda bolalar nafas olishining tezlashishi kuzatiladi. Yashirin spazmofiliyada nafas mushaklarining spazmi natijasida nafas olganda va nafas chiqarganda bir necha daqiqaga to′xtaydi.
Laringospazm. Aniq spazmofiliya simptomlaridan biri laringospazm va yutish mushaklari spazmi hisoblanadi. Ba'zida tinch holatda, ko’pincha zoriqishda, hayajonlanganda, qo’rquvda yoki yig’laganda nafas olish qiyinlashadi va o’ziga xos shovqinli nafas paydo bo’ladi, nafas bir necha sekundga to′xtashi mumkin. Bola oqarib ketadi, keyin kokaradi, yuzida va tanasida sovuq ter paydo bo’ladi. Xuruj shovqinli nafas chiqarish bilan tugaydi va nafas asta-sekin normallashadi. Laringospazm kun davomida takrorlanishi mumkin. Uzoq spazmda qushini yogo’tish va klonik talvasa kuzatilishi mumkin.
Karpopedal spazm (yaqqol tetaniya). Qo’l va oyog′ mushaklarining ogriqli spazmi. Bunda barmoqlar "akusher qo’li" holatida bo’ladi, shuningdek,
oyoq barmoqlari ekvin-varus holatini oladi, oyog′lar kaft qismiga qarab bukiladi, kaftda teri burmalar hosil qiladi. Spazm bir necha sekunddan bir necha minutgacha davom etadi, ba'zida uzoqroq. Mimik mushaklar (tetanik yuz) zoriqishi, chaynash mushaklarining tortilishi (trizm), bo’yin mushaklari, nafas mushaklari (nafas toxtashi, ushlanishi) kuzatiladi. Silliq mushaklar spazmi ham kuzatilishi mumkin, yurak toxtashi bilan, olim holati xam kuzatilishi mumkin. Ba'zida karpopedal spazmlar klonik talvasalar bilan birga keladi.
Eklampsiya. hushni yogo’tish bilan kechuvchi keng tarqalgan talvasa xurujlari. Ba'zida talvasalar og’iz uchida va ko′zda yuz mushaklarining uchishi bilan boshlanadi, oyoggacha tarqaladi. Xuruj davomiyligi bir necha minutdan bir necha soatgacha (eklamptik status deb yuritiladi). Ba'zida talvasalar uyquda boshlanadi. Tetaniyasi bor bolalarda xurujlar oraliqida EEGda patologik o’zgarishlar aniqlanmaydi. Mushak spazmlarida EEGda patologik to′lqinlar registrasiya qilinadi, serebral anoksiya va ishemiyada kuzatiladigan o’zgarishlar aniqlanadi. Kalsiy miqdori va EEG ma'lumotlari o’rtasitda aniq o’zaro bog’liqlik yo’q. Chaqaloqlar tetaniyasi. hayotining birinchi kunida gipokalsiemiya va talvasa holati (chaqaloqlar tetaniyasi) chala tug’ilgan bolalar, egizaklarda, infeksiyalarda, sariqlik sindromida va boshqalarda ko’p uchraydi. Tug’ilgandan keyin kalsiyni organizmga kam tushishi, periferik reseptorlarni o′tuvchi rezistentligi, kalsitonin sekresiyasi yuqoriligi katta ahamiyatga ega. Hayotining birinchi haftasida bolada gipokalsiemiya ovqatlanish xususiyati, uning organizmga tushishining buzilishi va bolani erta sigir suti bilan boqishga o’tish bilan bog’liq. Kam qo’llarda chaqaloqlarda gipokalsiemiya ona organizmida kalsiy va vitamin D yetishmasligi natijasida paydo bo’ladi. Chaqaloqlarda gipokalsiemiya nerv-mushaklarning tarqalgan yuqori qo’zg’aluvchanligi va talvasa, respirator simptomlar, taxikardiya, qayd qilish natijasida yuzaga keladi.
Davosi. Yashirin va aniq spazmofiliyada 10%li kalsiy xlor eritmasi bir choy yo’ki desert qoshiqdan yoki kalsiy glyukonat 1-2 grdan kuniga 3 mahal tavsiya etiladi. Laringospazmning yengil xurujlari toza havo yo’rdamida bartaraf etiladi (toza havo kirishi ta'minlanadi), yuzga sovuq suv sepiladi; choziluvchan xurujlarda til o’zagi va tomoq orqa devori qo’zg’atiladi, sun'iy nafas - birinchi nafas olish paydo bo’lgunga qadar o’tkaziladi. Tetaniyada va karpopedal spazmda 1-2%li xloralgidrat eritmasi bir choy qoshiqda yoki desert qoshiqda tavsiya etiladi, vena ichiga 10-15 ml 10% kalsiy xlor yo’ki glyukonat, keyin ichishga kalsiy 0,1-0,15 g/kg sutkada beriladi.
Talvasa xurujlari kuzatilgan bolalarda ovqatlanish tartibini aniqlash muhim ahamiyatga ega. Talvasa kuzatilgan davrda 8-12 soat davomida parhez choy, meva sharbatlari bilan o’tkaziladi. Keyin ko’krak suti bilan ovqatlanadigan bolalarga sutga nordon aralashmalar qo’sqiladi, sun'iy ovqatlantirilganda sigir suti donor (ko’krak suti) va nordon aralashma bilan almashtiriladi; meva va sabzavot sharbatlari, sabzavot bo’tqasi tavsiya etiladi.
Profilaktik tadbirlardan raxitni o’z vaqtida oldini olish, kun tartibini togri tashkillashtirish, toza havoda yetarli sayr qilish, davriy ravishda kalsiy dorilari tavsiya qilinadi. Qish-bahor mavsumida yuqori qo’zg’aluvchan va raxit bilan og’rigan bolalarga kalsiy bilan birga bromidlar tavsiya etiladi. Surunkali gipoparatireoidizmda vitamin D2 (ergokalsiferol) 300 000 - 400 000 HB/sutkada beriladi. qondagi kalsiy miqdori normallashganda (2,2 mmol/l) vitamin D2 1 yoshgacha bolalarga 50 000 XB/sutda va bir yoshdan katta bolalar uchun 75 000-125 000 HB/sut davom ettiriladi. O’rindosh davo maqsadida qalqonsimon bez oldi bezining suyuq ekstrakti (paratireoidin) tavsiya etiladi, qonda kalsiy konsentrasiyasini ko′taradi. Dorilar teri ostiga yo’ki mushak orasiga 12 ml/sut da qollaniladi, qon zardobida kalsiy miqdorini nazorat qilish kerak. 0,1% digidrotaxisterolning yog′li eritmasi (tuzilish va ta'siri bo’yicha vitamin Dga yaqin) yaxshi samara beradi, kalsiy va fosfor almashinuvini nazorat qiladi, ichak orqali kalsiy so′rilishi, peshob orqali fosfor ekskresiyasini kuchaytiradi. Dori ichishga 0,5 mg (20 tomchi) kuniga 3 mahal tavsiya qilinadi. Kalsiy dorilari bilan bir ?atorda, qondagi kalsiy va fosforni, peshobda Sulkovich reaksiyasi korsatgichini nazorat qilib turish kerak. Parhezda kalsiy miqdori ko’p, fosfor kam miqdorda bo’lishiga zarur. Oshqozon-ichak orqali fosfatlar sorilishini kamaytirish uchun alyuminiy gidrookis tavsiya qilinadi. Dorini ichishga suspenziya (4%) ko′rinishida suv bilan bir choy qoshiqdan kuniga 2-3 marta beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |