Tibbiyot Oliy o'quv yurtlari uchun o'quv adabiyoti


NAFAS OLISh ORGANLARI KASALLIKLARI



Download 8,52 Mb.
bet137/225
Sana14.01.2022
Hajmi8,52 Mb.
#364323
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   225
Bog'liq
Tasdiqlayman

NAFAS OLISh ORGANLARI KASALLIKLARI

BRONXITLAR

Bronxit - bronxlarning turli etiologiyali yalliglanish kasalligi (infeksion, allergik, fizik-ximik va boshq). Bolalarda bronxitlarning quyidagi shakllari ajratiladi:

1. O’tkir oddiy bronxit (OB)

2. O’tkir obstruktiv bronxit (OOB)

3. O’tkir bronxiolit

4. qaytalanuvchi bronxit (QB)

5. qaytalanuvchi obstruktiv bronxit (QOB)

6. Surunkali bronxit (SB) - birlamchi va ikkilamchi

7. Surunkali bronxiolit obliterasiya bilan birga
Bronxitlarning hamma shakllari zotiljamning klinik belgilarisiz bronx yalliglanishining klinik simptomlarida diagnostika qilinadi.

O’tkir oddiy bronxit - bronxlarning obstruksiya belgilarisiz kechadigan bronxitdir.

Etiologiyasi. O’tkir oddiy bronxit etiologik omili viruslar (paragripp 1 va 2 turlari, RS-viruslari, adenoviruslar, gripp virusi, sitomegalovirus) hisoblanadi. Fizik-ximik omillar ta'sirida, sovuq qo’tishda burun-tomoqda autofloraning aktivlashuvi kuzatiladi. Ko’p hollarda o’tkir bronxit etiologiyasida virus-bakterial assosiasiyasi tasdiqlanadi, nafas yollaridagi epiteliyalarda joylashgan viruslar tropizmga ega bo’lganligi uchun ularni zararlaydi, bronxlar devori barer xususiyatini pasaytiradi va bakterial yalliglanish rivojlanishiga sharoit yaratib beradi. Shartli patogen bakterial autofloraning invaziv emas, intralaminar ko’payishi haqida so′z boradi. Bronxit quyidagi bolalar infeksiyasi, jumladan, qizamiq va kok yotal kechish jarayonida paydo bo’ladi. Katta yoshdagi bolalarda etiologik omil bo’lib, Mycoplasma pneumonia, Chlamydia pneumonia hisoblanadi.



Patogenezi. Bronx shilliq qavatlari yuqumli kasalliklari gipersekresiyaga va shilliqning fizik-ximik xossasini (elastiklik, adgeziyasi, shilamshi?ligi) o’zgarishiga olib keladi, bu seliar hujayralarda ish faoliyatini qiyinlashtiradi, mukoseliar klirensi (nafas yo’llari sanasiyasini ta'minlaydi) buzilishiga sabab bo´ladi. Adashgan nerv afferent reseptorlarining qo’zgalishi natijasida paydo bo´ladigan yo′tal bronxlar tozalovchi funksiyasini kuchaytiradi.

Klinikasi. Ko’p qo’llarda etiologiyasiga bog’liq. Kasallik tana qaroratining kotarilishi, bosh og’rishi, o’zini yomon his qilish, ishtaha pasayishi bilan boshlanadi. O’tkir oddiy bronxit o’tkir virusli respirator infeksiyalardan so′ng rivojlanadi, kasallikning birinchi kunlarida yuqori nafas yollari zararlanish belgilari kuzatiladi. O’tkir oddiy bronxit asosiy belgisi yotal hisoblanadi. Kasallik boshida yo′tal quruq bo´ladi. Traxeobronxitda yo′tal qichishish va to′sh suyagining orqasida ogriq bilan kechadi. Erta yoshdagi bolalarda yo′talganda yuzning qizarishi va yig′lash to′sh suyagining orqa qismida og′riqdan dalolat beradi. Bir necha kundan keyin yo′tal yumshoq, nam, ko’p bo’ladi. Kichik yoshdagi bolalar balhamni chiqara olmaydi va yutib yuboradi.

O’pka auskultasiyasida o’tkir bronxitda dag’al nafas, diffuz quruq, nam, orta kalibrli xirillashlar eshitiladi, yo′talgandan keyin uning miqdori kamayadi. Gematologik siljishlar virusli infeksiyalarni yoki og’ir bo’lmagan bakterial yalliglanishni ko’rsatadi. O’tkir bronxitning davomiyligi 2 haftadan oshmaydi.

Differensial tashqisi. Pnevmoniya, bronx-o′pka kasalliklari bilan o’tkaziladi, uning qaytalanishi o’tkir bronxit klinikasi bilan kechadi (mukovissidoz, bronxektatik kasallik va boshqalar). Pnevmoniyaga gumon qilinganda ko’krak qafasi rentgenografiyasi o’tkaziladi.

Download 8,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   225




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish