O’mrov usti va tagi limfa tugunlari ham soglom bolalarda paypaslanmaydi.qo'ltiq osti limfa tugunlari mushak chuqurchasida joylashgan. Bolalarda qo'ltiq osti limfa tugunlarini paypaslash uchun boladan qo'lini tekshiruvchi tomonga olib borish soraladi, bu paytda tekshiruvchi barmoqini qo'ltiq osti sohasiga kiritadi. Shundan so'ng boladan qo'lini tushirish soraladi va tekshiruvchi ko´krak qafasi yuzasida bu tugunlarni paypaslash mumkin.
Tirsak yo’ki kubital limfa tugunlarini tekshirish uchun tekshiruvchi chap qo'l barmoqlari bilan qarama - qarshi qo'l yelka pastki qismi tekshirilayotgan bolaning qarama-qarshi qo'lini ushlaydi, uning qo'lini tirsak boqimida to'g'ri burchak ostida bukadi va o'ng qo'l korsatgich va orta barmoqlari bilan ko'ndalang sakrovchi harakat bilan sulcus bicipitalis medialis tirsak sohasida va undan yuqorida paypaslanadi. Normada qo'ltiq osti va kubital limfa tugunlari paypaslanmaydi.
Torakal limfa tugunlari lin.axillaris anterior dan ichkarida joylashgan, katta ko'krak mushaklari pastki qirrasida joylashgan. Normada paypaslanmaydi.
Chov limfa tugunlari - chov boylamlari bo'yicha joylashgan. Odatda ular sog'lom bolalarda paypaslanadi. Uning o’lchami no’ho’tdek kattalikda
bo´ladi.
Taloq o'lchami - palpasiya va perkussiya usuli bilan aniqlanadi. paypaslayotganda qora taloqni bola orqasi bilan yotadi; tekshiruvchining chap qo'l qora taloqni li chap qovurga osti sohasiga fiksasiyalanadi, o'ng qo'l bilan pastdan palpasiya o'tkaziladi:bunda asta-sekin barmoqlar pastdan yuqoriga harakatlantiriladi, uning pastki maydoni aniqlanadi. Sog'lom bolalarda qora taloq palpasiya qilinmaydi. Qora taloqni tekshirish uchun tinch perkussiya qo'llaniladi. Bunda uning kondalang olchami aniqlanadi (o´rta o´mrov chizigi bo'ylab) va bo´yiga o'lchanadi.
Orqa chegarasi orqasidan aniqlanadi (VII-IX qovurga bo'ylab), old chegarasi - qorin tomondan, uning uzunligi yonalishida aniqlanadi. Normada qora taloq pastki chegarasi qovurg´a yoyi qirrasidan chiqmaydi.
Bolalarda periferik qon xususiyatlari
2-3 kunlik yoshida: eritrositlar fiziologik gemoliziga, ya'ni eritropoetin miqdori ishlab chiqarish pasayishiga bog'liq. Gemoglobin soni
ham kamayadi, eritrositlar gemolizi davom etadi, bu chaqaloqlar fiziologik sariqligining boshlanishi ko´rinishida bo´ladi.
5-6 kunlik yoshida: asosiy xususiyati - birinchi fiziologik kesishish yuz berishi, neytrofillar va limfositlar soni tenglashadi va 43-45%ni tashkil qiladi.
hayotining birinchi oyligida: eritrositlar va gemoglobin soni normada bo´ladi. Neytrofillar soni pasayishda davom etadi, limfositlar ko’payadi.
2-3 oyligida: fiziologik anemiya boshlanadi, eritrositlar 3,7-4,0 x10g/lgacha kamayadi, gemoglobin-110-115g/l.
6-12 oylarida: qo´shimcha ovqat berilishi bilan fiziologik anemiya tugaydi, limfositlarning maksimal soni - 60-65%, neytrofillar minimal-25-30%ni tashkil etadi.
1 yoshdan keyin limfositlar soni asta-sekin kamayadi, neytrofillar ko’payadi.
5-6 yoshida ikkinchi fiziologik kesishuv yuz beradi, neytrofillar va limfositlar soni yana tenglashadi va 43-45%ni tashkil etadi.
5-6 yoshdan keyin - neytrofillar soni ko'payadi, limfositlar soni pasayadi.
12-15 yoshda: neytrofillar soni maksimal - 60 - 65%, limfositlar soni minimalni - 25 - 30% tashkil etadi.
Sog’lom bolalar gemogrammasi
|
|
|
|
|
|
|
kindikda
|
18
|
9-30
|
61
|
31
|
2
|
6
|
2-xafta
|
12
|
5-12
|
40
|
63
|
3
|
9
|
3-oylik
|
12
|
6-18
|
30
|
48
|
2
|
5
|
6oy-6yosh
|
10
|
6-15
|
45
|
48
|
2
|
5
|
7-12 yosh
|
8
|
4-13,5
|
55
|
38
|
2
|
5
|
Yosh Yoshi i
|
Eritrositlar
|
Hb, g/l
|
Leykositlar
(1mm3 mln)
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |