Tibbiyot Oliy o'quv yurtlari uchun o'quv adabiyoti


BOLALARDA QON TIZIMIXUSUSIYaTLARI. SOGLOM BOLALARDA QON TIZIMINI TEKShIRISh



Download 8,52 Mb.
bet102/225
Sana14.01.2022
Hajmi8,52 Mb.
#364323
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   225
Bog'liq
Tasdiqlayman

BOLALARDA QON TIZIMIXUSUSIYaTLARI. SOGLOM BOLALARDA QON TIZIMINI TEKShIRISh

Embrionning erta rivojlanish bosqichi - gestasiyaning 3 haftasida qon yaratish o’choqlari - qon orolchalarida paydo bo´ladi. Mezenximal xujayralar toplanishi sariq qopcha devorida joylashgan. Bu ochoqlar tashqi elementlari differensirovkasi natijasida qalinlashadi va tomirlar endoteliyasini hosil qiladi, ichki elementlari xujayra ichi bog'lamlaridan ozod bo´ladi, birlamchi qon tanchalari hosil bo'lishi boshlanadi. Embriogenezning 4-5- xaftasida qon yaratish xujayralari paydo bo´ladi. Odam homilasi rivojlanish davrida qon yaratilishi tomir ichida yuz beradi va angioblast davri deyiladi. Birinchi makrofaglar homila ichi rivojlanishi 4-xaftasida jigar portal zonasida paydo bo´ladi. 10 - xaftasida bu zonalarda birinchi granulositlar hosil bo´ladi, ularning soni 8% dan oshmaydi, umumiy qon xujayralar soniga nisbatan olinadi. 6- xaftadan boshlab, jigarda megakariositlar hosil bo´ladi, homila ichi rivojlanishida ular soni juda kam bo´ladi. 4-oydan boshlab suyak to´qimasi va suyak iligi rivojlanadi, suyak iligida qon yaratish hosil bo´ladi, u asta-sekin asosiy rolni o'ynaydi. Prenatal davrda suyak iligi qizil, 3-4 yoshdan boshlab ba'zi suyaklarda sariq rangga kiradi. homiladan tashqari hayotda suyak iligida eritrositlar, donachali leykositlar, trombositlar va monositlar hosil bo´ladi. Limfatik tugunlarda, taloq follikulalarida, ichak peyer pilakchalari va boshqa limfoid hosilalarda limfositlar hosil bo´ladi. qon tomirlar holatini aniqlash uchun quyidagi simptomlar qo'llaniladi:



Tasma simptomi (Konchalovskiy-Rumpel-Leepe simptomi). Arterial bosimni o’lchash apparati rezinali tasmasi yoki manjetni yelka o’rta qismiga qo'yiladi. Bunda venoz oqim to’xtatilib, arterial qon kelishi saqlanishi kerak, puls tirsak arteriyasida saqlanadi. Manjet qo'yilgandan so'ng, bosim sistolik bosimgacha ko’tariladi. 3-5 minutdan keyin tirsak bukilgan joyi va bilakda teri qaraladi. Normada teri o'zgarmaydi, tomirlarning yuqori sinuvchanligida terida petexial toshma paydo bo´ladi. 4-5ta petexial elementlar paydo bo'lsa, bu patologiya hisoblanadi.

Chimchilash simptomi. Ko´krak old yoki yon yuzasida teri burmalari ikkala qo'l bosh va ko’rsatgich barmoqlari bilan teri osti yog´ qavatisiz ushlanadi (o’ng va chap qo'l barmoqlari o’rtasitdagi masofa 2-3 mm bo’lishi kerak) va burmalar uzunligi ko'ndalangiga qarama - qarshi yo´nalishda joylashtiriladi. Normada chimchilash o'rnida gemorragiy paydo bo'lmaydi.

Palpasiya. Limfa tugunlarini tekshirish uchun sakrovchi palpasiya qo'llaniladi. Limfa tugunlarini tekshirish uchun uning o´lchami va soni aniqlanadi, harakatchanligi, teriga munosabati, teri osti yog qavati va ular o’rtasidagi sezuvchanlik aniqlanadi. Sog'lom bolalarda 3-guruxdan ortiq bolmagan limfa tugunlari palpasiya qilinadi (jag' osti, qo'ltiq osti, chov). Agar qar bir guruxda 3 tadan ortiq limfa bezlari paypaslansa, unda limfa tugunlari kamdan - kam deyiladi. Agar 3 tadan ko'p limfa tugunlari paypaslansa, unda ko'pgina limfa tugunlari bor deb yuritiladi. Shartli ravishda quyidagi olchamdagi limfa tugunlari ajratiladi: arpa doni olchami (I dar), yasmiq doni (II dar), no'xotdek (III dar), loviyadek (IVdar), grek yong'og'i (VII dar), kaptar tuxumi (VII dar). Normal o'lchami deb, yasmiq ddonidan unchalik katta bo´lmagan no´xatchadek kattalikdagi limfa tuguni (II - III dar) normal o'lcham deyiladi. Sog’lom bolalarda limfatik tugunlar konsistensiyasi elastik, palpasiyada og´riqsiz.

Ensa limfa bezlari - ensa suyaklari sohasida joylashgan. Ularni paypaslash uchun tekshiruvchi qo'li ensa suyagiga qo´yiladi. Aylana harakatlar bilan, barmoqlarni qayta harakatlantiriladi, ensa suyagi hamma yuzasi paypaslanadi. Sog’lom bolalarda ensa limfa bezlari paypaslanmaydi. Jag' osti limfa bezlarini paypaslash uchun bolani boshi yengil pastga bukiladi, tekshiruvchi barmoqlari iyak sohasini paypaslaydi.

Jag’ osti limfa tugunlari - bolani boshi pastga qaratilgan holda palpasiya qilinadi. Tekshiruvchining yarim bukilgan qo'lining 4ta barmoqlari pastki jag' shoxchalariga olib kelinadi va u yerdan sekin harakatlantiriladi. Odatda jag' osti limfa tugunlari yengil paypaslanadi, mayda no´хat o´lchamidek kattalikda bo´ladi. Old bo'yin yoki tonzillyar limfa tugunlari m. sternocleidomastoideus oldida joylashgan, bu sohada uning palpasiyasi o'tkaziladi.

Sog'lom bolalarda bu limfa tugunlari no´hotdek o´lchamda paypaslanadi. Boyin orqa limfa tugunlari m.sternocleidomastoideus va trapesiyasimon mushak orqasida joylashgan. Sog'lom bolalarda bu tugunlar paypaslanmaydi.




Download 8,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   225




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish