Tibbiyot kasbiga kirish



Download 5,41 Mb.
bet402/430
Sana26.08.2021
Hajmi5,41 Mb.
#155744
1   ...   398   399   400   401   402   403   404   405   ...   430
Bog'liq
Kitob TKK

Nazorat savollari:

  1. Narkoz deganda nimani tushunasiz?

  2. Anesteziologiya – bu…?

  3. Narkozning qaysi turlari tafovut qilinadi?

  4. Narkozga ishlatiladigan dorilar tanaga qaysi yo’llar bilan kiritiladi?

  5. Narkozning asoratlarini sanab o’ting?

  6. Tana haroratini o’lchash texnikasini tartibini ayting?

  7. Pul’sni aniqlash va tekshirish tartibini ayting?

  8. Arterial bosimni tekshirish tartibini ayting?


Bemorni operatsiya oldi davrida shifokor tomonidan olib borilishi lozim bo’lgan muolajalarning aHamiyati.

Xantal, kompress va isitgichlar qo’yish
Bemor kasalxonada yotib operatsiyaga tayyorlanayotgan vaqti operatsiya oldi davri deyiladi. Bemorni operatsiyaga tayyorlayotganda operatsiya turi, og’irlik darajasi, asosiy hayotiy a’zolar holati (yurak, o’pka, jigar, buyrak) va og`riqsizlantirish turini inobatga olish kerak.

Tibbiyot hodimi vazifasi – bemorni tinchlantirishdir. Tibbiyot hodimini bemorga yaxshi va o’z vaqtida to’gri muomalasi bemor bolani tez tuzalishini garovidir. Bolaga toza havo juda zarur. Qishda bolani issiq kiyintirib xonani shomollatib turish zarur. Yozda esa derazalarni doimo ochiq holda, iloji boricha setka bilan qo’yish lozim. Ko’rpa va choyshablarni toza tutish, qoqib turish lozim, ularda yig’ilmalar hosil bo’lishiga yo’l qo’ymaslik lozim, kamida haftasiga bir marta almashtirib turish zarur. Agar bolada siydik tuta olmaslik alomati bo’lsa to’shak usti kleyonka bilan qoplangan bo’lishi, ustidan choyshab to’shalishi lozim,Bolani har kuni cho’miltirish, har ovqatdan oldin qo’lini yuvish, ko’p terlasa terini toza, quruq sochiq bilan artib turish va kiyimlarini tez-tez almashtirib turish lozim. Tana harorati ko’tarilib turadigan bolalarda doimo quruq lablar bo’ladi. Shu sababli kuniga bir necha bor lablarni tuzsiz sariyog’ yoki vazelin bilan namlab turish kerak bo’ladi. Har ichi kelganda albatta bolani oraliq sohasini yuvish kerak.

Bemor bolalar ko’pincha injiq va ta’sirchan bo’ladi. Gigienik va davo muolajalari, ovqatlantirishlar ko’pincha bola tomonidan qarshilik bilan kutib olinadi. Shu sababli ham vrach bolaga kamroq psixik va jismoniy jarohat yetkazmasdan muolajalarni bajarishi, sabrli bo’lishi lozim. Bemor bolalarga operatsiya kerakligi to’g’ri tushuntirilishi, operatsiya natijasi yaxshi chiqishiga ishontirish lozim. Misol tariqasida shunga o’hshash operatsiyadan yaxshi bo’lib tuzalgan bemorlarni keltirib o’tish kerak.

Yuqoridagi holatlarni tushuntirishda hamshira ham vrach bergan ko’rsatmalarga mos holatda tushuntirish o’tkazishi lozim. Moboda vrach va hamshira tushuntirishlarida qarama-qarshilikni bemor sezsa, unda tibbiyot xodimiga nisbatan ishonchsizlik kuzatiladi. Kasallik tarixini bemor qo’liga tushishidan saqlash lozim. Aks holda maxsus tayyorgarlikka ega bo’lmagan bemor bola kasallik tarixidagi ma’lumotlarni noto’g’ri tushunishi mumkin.

Teri qoplamlarini ko’zdan kechirganda yiringdonlar, yallig’lanish infil’tratlari borligiga ahamiyat qilish lozim. Operatsiyadan oldin teridagi hamma yallig’lanish o’chog’larnini davolash zarur, bo’lmasa operatsiyadan keyingi davrda bu yiringdonlar endogen infeksiya o’chog’i bo’lishi va og’ir asortalarga olib kelishi mumkin, hattoki yiringli jarayonni butun organizmga tarqalishigacha. Operatsiyadan bir kun oldin bemor bola vanna qabul qilishi zarur. Operatsiya maydonidagi sochlarni operatsiya kuni tozalanadi. Sanitar tozalash ishlari issiq dush xonasida o’tkaziladi. Agar vanna tavsiya etilgan bo’lsa suv harorati 36-37°Cdan oshmasligi kerak. Organizm himoya funksiyasi pasaymasligi uchun bolani sovuq qotishdan asrash lozim.

Kuniga ikki marta bemor tana haroratini o’lchash lozim. Haroratni o’lchash vaqti asosan ertalab uyqudan uyg’ongach va kechqurun kunduzgi uyqudan keyin soat 16-17 larda. Mabodo tana haroratini tez-tez o’lchash kerak bo’lsa vrach ko’rsatma beradi. Xonada tinch holat hosil qilish lozim. Bolada kunduzi ham, kechasi ham tinch uyqu bo’lishi lozim. Hamma kuzatuv natijalarini hamshira yozib borishi shart. Ushbu yozuvlar uchun bemorga alohida hamshira varag’i ochiladi. Unda tana haroratini belgilash, ishtahasi, ichi kelishi, siyishi, qusish va h.o.lar to’g’risida ma’lumotlar bo’ladi.

Bemor bolada operatsiya o’tkazish uchun albatta ota-onasidan yoki vasiylaridan yozma rozilik olinishi shart. Ularga operatsiya mohiyati, og’irlik darajasi, kuzatilishi mumkin bo’lgan asoratlar to’g’risida tushuntirish o’tkazish lozim. Ushbu qoidaga faqat shoshilinch operatsiyaga muhtojlik bo’lgan va Shu paytda ota-ona kelmagan holat bo’lsa amal qilinmaydi. Bunday paytda operatsiyaga ko’rsatma kamida ikkita vrach konsiliumi asosida qabul qilinadi. Bo’lim boshlig’i va bosh shifokor qabul qilingan qaror to’g’risida ogohlantiriladilar.

Operatsiyani o’tkazish muddati kasallik xarakteriga bog’liq bo’ladi. Operatsiya bolani turli yoshida, hattoki yangi tug’ilgan paytida ham o’tkaziladi.

Operatsiyaga tayyorlash kasallik xarakteriga, bemor yoshiga va umumiy holatiga bog’liq bo’ladi. Og’ir operatsiyalardan oldin funksional diagnostika usullaridan foydalanib to’liq tekshiruvlar o’tkazilishi shart. Bemorni operatsiyaga tayyorlashda psixologik faktor katta rol o’ynaydi. Bunda ota-ona, tarbiyachi va bolaning do’stlari yordami zarur bo’ladi.



Ko’krak yoshidagi bolalar bir kun oldin soat 22:00 gacha ovqatlantiriladilar. Kattaroq yoshli bolalarga yengil kechki ovqat beriladi. Operatsiyagacha 3 soat qolganda bolaga shirin choy berish mumkin. U 2 soatdan keyin so’riladi va qusish chaqirmaydi. Operatsiya bo’ladigan bemorlarga surgi dori berilmaydi. Bir kun oldin kechqurun va operatsiya kuni ertalab huqna qilinadi.

Bemorni shoshilinch operatsiyaga tayyorlash. Qisqacha anamnez yig’iladi, umumiy ko’rik: perkussiya, auskultatsiya va paypaslash o’tkaziladi. Umumiy qon, siydik tahlili, rentgenoskopiya yoki rent­genografiya, maxsus ko’rsatmalar bo’yicha boshqa tekshiruvlar qilinadi. Qabul bo’limida bemor ahvoliga qarab chala yoki to’liq sanitar tozalash o’tkaziladi. Shoshilinch holatlarda bemor kiyimi yechiladi, nam gubka bilan tana artiladi, sochli qismi olinadi. Oshqozon to’la bo’lsa zond yordamida bo’shatiladi. Huqna qilinmaydi. Siyishda qiyinchilik bo’lsa siydik qopiga kateter qo’yiladi.


Download 5,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   398   399   400   401   402   403   404   405   ...   430




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish