Isituvchi kompress
Ta’sir mehanizmi: Qon tomirlarni uzoq vaqt kengayishini ta’minlaydi. Bu teri va teri osti a’zolariga qon kelishini ko’paytiradi, natijada yallig’lanish o’chog’larida so’rilish va og’riq qolishi kuzatiladi.
Ko’rsatma:
Halqum, bo’g’im, plevra, emizikli ayollarda sut bezlari, teri, o’rta quloq yallig’lanish jarayonlari.
In’yeksiyadan keyingi infiltratlar.
Boylamlar cho’zilishi va lat yeyishi (jarohatdan bir kun o’tgandan keyin).
Qarshi ko’rsatma:
O’rta quloq yiringli yallig’lanishi (otit).
Teri qoplami butunligi buzilishi.
Teridagi allergik va yiringli toshmalar (furunkul, karbunkul).
Tana yuqori harorati.
Kerakli anjomlar:
Bint, doka, paxta.
Kompress qog’oz yoki kleyenka.
40 % etil spirt.
Lotok.
Qaychi.
Ishlatilgan materiallar uchun lotok.
Bajarilish ketma-ketligi:
Kompress qo’yiladigan tana sohasi hajmidagi 8 qavatli doka tayyorlanadi (nam qavat).
Doka salfetkaaning har tomonidan 1-2sm chiqib turadigan qilib kompress qog’oz yoki kleyonka kesib olinadi (izolyatsiya qavati).
Kompressda qog’ozdan 1-2 sm katta paxta tayyorlanadi (isituvchi qavat).
Kompressni mahkamlovchi bint tayyorlanadi.
Doka salfetka 40% etil spirt bilan namlanadi.
Ehtiyotkorlik bilan yig’irilma hosil qilmasdan salfetka bemor tanasiga qo’yiladi.
Ustidan kompress qog’oz va paxta qo’yiladi (kompress qog’oz qochmasligi, paxta ikkala qavatni ham bosib turishi lozim).
Kompress bint bilan o’rab mahkamlanadi, bunda qon aylanishi va germetikligi buzilmasligi lozim (rasm.3).
1-2 soatdan keyin kompress effektivligi bog’lam ostiga barmoq tiqib ko’rish bilan tekshiriladi. Agar salfetka nam va issiq bo’lsa, kompress to’g’ri qo’yilgan hisoblanadi.
Kompress 6-8 soatga qoldiriladi (asosan tunda).
Kompress yechiladi va uning effektivligi tekshiriladi (salfetka nam va issiq bo’lishi lozim).
Kompress yechilgandan so’ng teriga quruq iliq bog’lam qo’yiladi.
Asorati: teri matseratsiyasi (ta’sirlanishi), kuyish.
Izoh: Quloqqa kompress qo’yganda birinchi va ikkinchi qavatlarda quloq suprasi uchun teshik qilinadi; - Uzoq vaqt kompress qilinganda 1-2 kun tanaffus qilinadi; - Qayta kompress oldingi kompress yechilgandan kamida 1 soat o’tgandan so’ng qo’yiladi. Teri tirnalishini oldini olish maqsadida oldin teri 45% etil spirti bilan tozalanadi, quruq qilib artiladi va teriga vazelin yoki kamfora moyi surtiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |