Axlat tekshirishi
Axlat tekshiruvi-MIT (me’da-ichak trakti) kasalliklarida asosiy tekshiruv bo`lib hisoblanadi. Tekshiruv aniqligi bemorning tekshiruvga tayyorlashga bog`liq bo`ladi.
Axlatning keyingi tekshiruv turlari farqlanadi.
Koprologik tekshiruv (grekcha Kopros-axlat) - hazm traktining turli qismlarida ovqat hazm bo`lishini o`rganadi:
Rangi, zichligi (konsistensiyasi), hidi, reaksiyasi(pH) va qo`shimchalarning mavjudligi(ovqat qoldiqlari, yiring, qon, shilliq, gelmintlar);
Oqsil qoldiqlari(muskul va biriktiruvchi tola), uglevod qoldiqlari (o`simlik hujayrasi va kraxmal), yog` qoldiqlari(neytral yog`, yog` kislotasi, sovun), hujayra qoldiqlari (leykositlar, eritrositlar, makrofaglar, ichak epiteliysi), kristallik hosila(tripelfosfati, kalsiy oksalat, xolesterin kristallari), shilliqni aniqlash uchun axlatni mikroskopik tekshiruvdan o`tkaziladi.
Qonning aniq pigmentini, strekobilin, ammiak va aminokislotalarni aniqlash uchun axlatni kimyoviy analizdan o`tkaziladi.
Axlatda yashirin qonni tekshiruvi-Gregersen Veber reaksiyasi.
Sodda hayvonlar va gelmintlar tuxumini axlatda aniqlash tekshiruvi.
Ichak infeksiyasi qo`zg`atuvchisini aniqlash uchun bakteriologik tekshiruv qo`llniladi
Bemorni axlat topshirishga tayyorlash:
Medikamentlar bekor qilinishi: axlatning tashqi ko`rinishiga ta`sir ko`rsatadigan, mikroskopik tekshiruvga xalal beruvchi va ichaklar peristaltikasini kuchaytiradigan preparatlar 2-3 kun oldin to`xtatiladi. Bunday preparatlar qatoriga vismut, temir, bariy sulfat, pilokarpin, efedrin, neostigmin metilsulfat, aktivlangan ko`mir preparatlari, shuningdek yog`lardan tayyorlangan rektal shamchalar ham kiradi. Moyli huqnalar ham o`tkazilmaydi.
Ovqat rejimini to`grilash: tekshiruvdan 5 kun oldin bemorga maxsus dieta buyuriladi.
Odatda Shmid (2250kkal) yoki Pevzner (3250kkal) dietasi buyuriladi. Shmid dietasi tarkibiga bo`tqa, yog`siz go`sht, kartoshka pyuresi, tuxum, bug`doy non va ichimliklar (sut, choy, kakao) kiradi. Pevzner dietasi maksimal ovqat yuklamasi asosida tuzilgan. Uning tarkibiga qovurilgan go`sht, grechixa va guruch bo`tqasi, qovurilgan kartoshka, salatlar, karam, moy, bug`doy non, yangi mevalar va sharbat kiradi. Bu dietalar yordamida ovqatning o`zlashtirish bosqichini (ovqat hazm qi,ish kamchiligi bosqichi) amalga oshirish mumkin. Masalan, Shmidt dietasida sog`lom odam axlatida ovqat qoldiqlari aniqlanmaydi, Pevzner dietasida axlatda katta miqdorda hazm bo`lmagan kletchatka va kam miqdorda mushak tolasi topiladi.
Axlatdagi yashirin qon analizida axlat topshirishdan 3 kun oldin bemorga sut-o`simlik dietasi buyuriladi va qonni aniqlashda reaksiyaga kirishganligi uchun temir saqlaydigan mahsulotlar(go`sht, jigar, baliq, tuxum, pomidor, ko`k sabzavotlar, grechixa bo`tqasi) man etiladi. Natijaning soxta chiqmasligi uchun bemorda milklar qonashi, burundan qon ketishi va qonli yo`tal yo`qligiga ishonch hosil qilish kerak, bemorga tishlarini tozalash maslahat berilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |