Ixtiyorsiz defekatsiya odatda defekatsiyani idora etuvchi nerv tizimi zararlanganda turli kasalliklarda, bemor hushini yo’qotganda, (miyaga qon quyilganda) yuzaga keladi. Najas tutaolmaslik mahalliy yallig’lanishda, to’g’ri ichak sfinkterining kuchli travmalarida kuzatilishi ham mumkin. Najasini tuta olmaydiga bemorlar alohida palataga yotqiziladi. Bunday bemorlarni ovqat ratsioni yuqori kaloriyali va oson so’riluvchi bo’lishi kerak. Har ertalab bemorlarga tozalowchi klizma qilinadi. Najas tuta olmaydigan bemorlar maxsus rezinali tuvakka o’tirishi yoki maxsus jihozlangan krovatda yotishi zarur. Bunday bemorlar tanasi tozaligiga alohida e’tibor berilishi zarur. Tez-tez bemor belyolari almashtirib turishi zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |