Tibbiyot kasbiga kirish



Download 4,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet459/485
Sana03.09.2021
Hajmi4,42 Mb.
#163615
1   ...   455   456   457   458   459   460   461   462   ...   485
Bog'liq
Китоб ТКК (4)

 

Nazorat savollari: 

  1. “Vegetativ buzilish sindromi” qanday bilinadi?  

  2. “Astenik sindrom» qanday bilinadi? 

  3. “Fobiya sindrom» qanday bilinadi? 

  4. Bolalar bilan ishlaydigan tibbiyot xodimlari nimalarni bilishi 

va nimalarga ahamiyat qilishi lozim? 

  5.  Vrachlar  operatsiyadan  oldingi  va  keyingi  davrda 

bolalarning qanday psixologik muammolariga duch kelishadi? 

  6.  Tibbiyot  xodimini  bemor  bola  yaqinlari  va  qarindoshlari 

bilan muloqot qilish taktikasi qanday?  



 


547 

 

SHIFIKOR TOMONIDAN OPERATSIYADAN KEYINGI 



DAVRDA BAJARILADIGAN MUOLAJALAR 

AHAMIYATI. ICHAK VA SIYDIK OQMASI BO’LGAN 

BEMORLARNI PARVARISHLASH 

 

Operatsiyadan  so’nggi  davr  to’g’risida  tushuncha. 

Operatsiyadan  so’nggi  davr  –  bu  operatsiya  tugagandan  to 

bemorning  kasalxonadan  tuzalib  chiqib,  mehnat  faoliyati 

tiklanguncha  bo’lgan  davri  hisoblanadi.  Operatsiya  hajmi, 

xarakteri  va  bemor  umumiy  holatiga  ko’ra  bu  davr  bir  necha 

kundan  bir  necha  oygacha  cho’zilishi  mumkin.    Xirurgik 

operatsiya  natijasi  operatsiyadan  so’nggi  davr  qanday  olib 

borilishiga  bog’liq  bo’ladi.  Bu  davrda  bemorlarni  parvarishda 

o’rta  tibbiyot  xodimi  o’rni  juda  katta.  Vrach  ko’rsatmasini 

to’g’ri  va  o’z  vaqtida  bajarish,  bemorga  to’g’ri  munosabatda 

bo’lish bemorni tezroq sog’ayishi garovi hisoblanadi.  

Kichik 


operatsiyalardan 

keyin, 


asosan 

mahalliy 

og’riqsizlantirilib  qilingan  operatsiyalardan  keyin  bemor  bolani 

umumiy  palataga  qo’yiladi.  Ko’krak  yoshidagi  bolani  onasi 

qo’liga  beriladi.  Katta  operatsiyalardan  keyin  bemor  maxsus 

jihozlangan,  reanimatsion  yordam  ko’rsatishga  mo’ljallangan 

operatsiyadan  keyingi  palatalarga  o’tkaziladi.  Operatsiya 

xonasidan  bemor  bolani  operatsiyadana  keyingi  palataga 

o’tkazish vrach-anesteziolog yoki operatsiyadana keyingi palata 

hamshirasi  yordamida  amalga  oshiriladi.  Bu  vaqtda  bemorga 

qo’shimcha jarohat yetkazmaslik, bog’lamni surib yubormaslik, 

gipsni  sindirmaslikka  katta  ahamiyat  berish  lozim.    Operatsion 

stoldan  bemorni  katalkaga  o’tkaziladi  va  unda  operatsiyadana 

keyingi  palataga  olib  boriladi.  Katalka  zambili  bilan  krovatni 

oyoq  tomoniga  to’g’rilab  qo’yiladi.  Keyin  katalkadan  bemorni 

qo’lda olib krovatga yotqiziladi. Bemorni boshqa holatda, ya’ni 

zambilni krovatni bosh tomoniga to’g’rilab ham yotqizsa bo’ladi   

       Hozirgi vaqtda  umumiy narkoz stida o’tkazilgan murakkab 

operatsiyalardan keyin bemor 2-4 kunga reanimatsiya bo’limiga 



548 

 

o’tqaziladi.  Keyinchalik  bemor  ahvoli  yaxshilanishiga  qarab 



operatsiyadan  so’nggi  palataga  yoki  umumiy  palataga 

o’tkaziladi. Operatsiyadan so’nggi palata katta bo’lmasligi lozim 

(ko’pi bilan 2-3 bemorga mo’ljallangan).   Bu 

palatada 

markazlashgan  kislorod  berish  tizimi  va  reanimatsion  yordam 

ko’rsatishga kerak bo’ladigan hamma instrumentlar jamlanmasi, 

apparatlar, dori vositalari bo’lishi shart.  

Asosan  bemorga  ma’qul  joylanishni  amalga  oshirishga 

imkon  beradigan  fuksional  krovatlar  bo’ladi.  Krovatga  tagidan 

kleyenka  qo’yilgan  toza  oqlik  solingan  bo’ladi.  Bemorni 

krovatga yotqizishdan oldin oqliklar isitgich bilan isitiladi. 

Bemorni  kuzatish  va  parvarishlash.  Operatsiyadan  keyingi 

davrda  bemorni  kuzatish  va  parvarishlashda  vrach  roli  katta 

ahamiyat  kasb  etadi.  Bemor  shikoyatini  tinglash,  bemorni  yuzi 

holatiga  (stradalgik,  xotirjam,  tetik  va  h.o.),  teri  rangiga 

(rangpar,  qizargan,  ko’kargan)  va  tana  haroratiga  (tushishi, 

normal,  ko’tarilishi)  ahamiyat  qilish  lozim.    Har  kuni  bemorni 

umumiy  ko’rikdan  o’tkazish  kerak.  Hayotiy  muhim  a’zolar 

faoliyatini doimo kuzatib turish lozim. Har xil asoratlarni oldini 

olish – bu to’g’ri tashkil qilingan bemorni parvarishidir. 

Yurak  qon-tomir  faoliyatini  puls,  arterial  bosim,  teri  rangi 

baholaydi. Puls sekinlashib to’liqligini kuchayishi (daqiqada 40-

50 zarba) markaziy nerv sistemasini buzilishi (bosh miya shishi 

yoki  bosh  miyaga  qon  quyilishi),    meningit  sababli  bo’lishi 

mumkin.    Puls  tezlashib  to’liqligini  susayishi  (daqiqada  100 

zarba)  ikkilamchi  shokdan  yoki  qon  ketishdan  dalolat  beradi. 

Agarda  ushbu  holat  birdan,  ko’krak  qafasida  og’riq  va  qon 

tuflash  bilan  boshlansa  o’pka  arteriyasi  emboliyasi  to’g’risida 

o’ylash  mumkin.  Bu  holda  bemor  bir  necha  soniyada  o’lib 

qoladi.  

Operatsiyadan  so’nggi  davrda  operatsiya  turi,  hajmidan 

qat’iy  nazar  o’pka  ventilyatsiyasi  kamaydi  (yuzaki,  tez  nafas 

olish).  Bu  holat  o’pka  nafas  ekskursiyasini  kamayishi  (og’riq, 

bemorni  majburiy  holati),  bronxlarga  suyuqlik  to’planishi 



549 

 

(balg’amni  yaxshi  ko’chmasligi)  bilan  bog’liq  bo’ladi.  Bunday 



holatlar  nafas  yetishmovchiligiga  va  o’pka  yallig’lanishiga  olib 

keladi.  Nafas  yetishmovchiligi  va  operatsiyadan  keyingi  davrda 

o’pka  yallig’lanishini  profilaktikasi:    bemorni  erta  aktiv 

harakatlantirish,  davolovchi  fizkultura,  massaj,  davriy  ravishda 

kislorod 

ingalyatsiyasi, 

antibiotikoterapiya, 

balg’am 


ko’chiruvchi dorilar berish.  

Har  bir  operatsiya  hazm  qilish  a’zolari  faoliyatiga  ta’sir 

ko’rsatadi,  hattoki  ushbu  a’zolarda  operatsiya  o’tkazilmagan 

bo’lsa  ham.  Markaziy  nerv  sistemasini  tormozlovchi  ta’siri, 

operatsiyadan  keyingi  davrda  bemor  harakatini  cheklanishi 

hazm  qilish  a’zolari  disfunksiyasiga  olib  keladi.  Hazm  qilish 

a’zolari  “oynasi” – tildir.  

Til  qurishi  organizmni  ko’p  suv  yo’qotishini  va  suv 

almashinuvini  buzilganini  bildiradi.  Zich  oq  karash  bilan 

qoplangan  quruq,  yorilgan  til  esa  qorin  bo’shlig’i  a’zolari  

patologiyasi – peritonit, ichaklar parezini bildiradi.  

Og’iz  quriganda  og’iz  bo’shlig’ini  nim  tuzli  suv,  yoriqlar 

bo’lganda  esa  soda  eritmasi  (bir  stakan  suvga  1  choy  qoshiq), 

2% bor kislotasi, vodorod pereoksid eritmasi (bir stakan suvga 2 

choy  qoshiq),  0,05-0,1%  kaliy  permanganat  eritmasi  bilan 

chayish,  glitserin  surtish  tavsiya  etiladi.  Og’iz  qurish  fonida 

stomatit  (og’iz  shilliq  qavati  yallig’lanishi)  yoki  parotit  (quloq 

orldi  bezi  yallig’lanishi)  rivojlanishi  mumkin.  Salivatsiyani 

kuchaytirish  maqsadida  suvga  limon  yoki  klyukva  soki 

qo’shiladi.  

Ko’ngil  aynish  va  qusish  narkoz,  intoksikatsiya,  ichak 

tutilishi,  peritonit  tufayli  kelib  chiqadi.  Ko’ngil  aynish  va 

qusishni  sababini  aniqlash  lozim.  Birinchi  yordam:  boshni  yon 

tomonga  buriladi,  burundan  ingichka  zond  o’tkaziladi  va 

oshqozon yuviladi.   

 Meteorizm  sababi  bo’lib  ichak  parezi  yoki  ichaklarda  gaz 

yig’ilishi hisoblanadi. Meteorizmni bartaraf etish uchun bemorni 



550 

 

tez-tez turg’azish, gaz chiqaruv naycha qo’yish, tozalovchi yoki 



gipertonik klizmalar qilish tavsiya etiladi.   

Bemorni  aktiv  hvrvkatlantirish  qabziyatni  oldini  oladi. 

Ovqat    kletchatkaga  boy  bo’lishi,  ichni  yumshatish  effektiga 

(prostokvasha,  kefir,  mevalar)  ega  bo’lishi  lozim.  Huqna  qilsa 

ham bo’ladi.  

Normada  bemor  sutkasiga  1500  ml  siydik  ajratadi.  Ba’zi 

holatlarda  buyraklar  faoliyati  buziladi  (intoksikatsiya,  nerv-

reflektor  va  h.o.  sabablar), to  siydik  ajratishni  to’xtashigacha  – 

anuriyagacha.  Ba’zan  buyrak  normal  ishlashi  fonida  siydik 

ajralishi  vaqtincha  to’xtaydi  –    ishuriya,  asosan  nerv-reflektor 

sababga  ko’ra.  Ishuriyada  bemor  ahvoli  ko’tarsa  bemor 

turg’iziladi, o’tqiziladi, qorin pastki sohalariga isitkich qo’yiladi, 

isitilgan tuvakka o’tqaziladi, tog’oraga suv tomiziladi (reflektor 

ta’sir).  Bu  muolajalar  natija  bermasa  siydik  qopiga  kateter 

qo’yiladi.  

Operatsiyadan  so’nggi  davrda  psixika  holati  katta 

ahamiyatga  ega.  Injiq  bemor  rejim  va  ko’rsatmalarni  yomon 

bajaradi.  Shu  sababli  ham  ularda  yara  bitishi  asoratli  bo’ladi. 

Operatsiyadan 

so’nggi 


davrda 

nerv-psixik 

zo’riqishni 

kamaytirish  lozim.  Bu  esa  nafaqat  dori  bilan,  balki  yaxshi 

parvarish bilan amalga oshiriladi.    

Bog’lamni  kuzatish.  Narkozdan  uyg’onayotganda  bemor 

qimirlab  bog’lamni  olib  tashlashi  yoki  surib  qo’yishi  mumkin. 

Bu  esa  yaradan  qon  ketishiga  yoki  yara  ifloslanib  yiringlashiga 

olib kelishi mumkin. Ba’zida bola uxlab yotganda ham bog’lam 

qon  bilan  ifloslanib  qolishi  mumkin.  Povyazka  mojet 

propitat’sya  krov’yu  i  pri  spokoynom  sostoyanii  bol’nogo. 

Bunday  holatlarda  hamshira  tezda  vrachni  ogohlantirishi  kerak 

va ifloslangan bog’lam almashtirilishi lozim.  



Terini parvarishlashTerini noto’g’ri parvarishlasak suyak 

chiqib  turgan  joylarda  yotoq  yaralar  paydo  bo’lishi  mumkin. 

Klinik  jihatdan  bu  teri  qizarishi  bilan  namoyon  bo’ladi. 

Keyinchalik  bu  sohada  to’qima  o’ladi,  teri  ko’chadi, 




551 

 

to’qimalarni yiringli parchalanishi yuzaga keladi. Yotoq yaralar 



profilaktikasi:  operatsiyadan  keyingi  davrda  bemorni  aktiv 

holatga  keltirish,  terini  kamfora  spirti  bilan  artib  turish,  massaj, 

tanani  yumshatib  turuvchi  yumshoq  doira  balonchalarni 

ishlatish. 

Davolash: 

antiseptik 

eritma 

bilan 


tozalash, 

Vishnevskiy mazi bilan bog’lam qo’yish, 5% kaliy permanganat 

eritmasida  yuvish.  Defekatsiyadan  keyin  albatta  oraliq  soha 

yuvilishi  lozim.  Ayollarda  defekatsiya  bo’masa  ham  har  kuni 

oraliq soha yuvilishi lozim.  

        Bolalar  sovuq  qotishga  juda  sezgir  bo’lishadi.  Shu  sababli 

ham operatsiya xonasi, operatsiyadan keyingi xonada ham havo 

harorati 

20-22°S 

bo’lishi  kerak.  Chala  tug’ilgan  va 

chaqaloqlarda  alohida  maxsus  xonalar  bo’lishi  lozim.  U  yerda 

havo  harorati  22-26°S  bo’lishi  kerak.  Havo  harorati  34-37°С 

bo’lgan  ochiq  yoki  yopiq  kyuvezlar  bo’lishi  ham  maqsadga 

muvofiqdir.  

Operatsiyadan  keyin  bemor  narkozdan  uyg’onguncha 

chalqancha  gorizontal  holatda  yotishi  lozim.  Birdan  bosh 

tomonini  ko’tarish  tavsiya  etilmaydi,  sababi  bolani  kollapsga 

tushishiga olib kelishi mumkin. 

Qusish  paytida  bemorni  yonida  kuzatib  turish  kerak. 

Bunday paytda bola boshini yonboshga burish lozim. Qusishdan 

keyin  bemor  og’zi  paxta  bilan  artiladi.  Operatsiyadan  keyingi 

kuni  tanani  yuqori  qismi  30°  burchak  ostida  ko’tarilishi  lozim. 

Asosan  bu  davrda  drenaj  naychalar  va  kateterlarga  ehtiyot 

bo’lish  kerak.    Sababi  bola  ulardan  tezroq  xalos  bo’lishni 

xohlaydi va qo’li bilan yulib tashlashi mumkin. 

Agar  mahalliy  og’riqsizlantirish  ostida  operatsiya  bo’lgan 

bo’lsa  suv  (shirin  choy)  ichirish  mumkin.  Umumiy  narkozda 

operatsiya bo’lgan bo’lsa 4-6 soatdan keyin, shuningdek qusish 

bo’lmasa suyuqlik beriladi.  

Bemorni  ovqatlantirish  6-8  soatdan  keyin  boshlanadi. 

Ovqat  turi,  tarkibi  bolani  yoshiga,  kasallik  xarakteriga  va 



552 

 

operatsiya  turiga  bog’liq  bo’ladi.  Suv-tuz  va  oqsil  o’rnini 



to’ldirishga, yetarli vitaminlar berishga katta ahamiyat beriladi. 

Gaz  chiqarish  maqsadida  har  kuni  orqa  teshikka  gaz 

chiqaruv naycha qo’yish tavsiya etiladi. 

Bolalardagi 

xususiyatlardan 

biri 


shuki, 

kichkina 

operatsiyalardan  keyin  ham  tana  harorati  40-41°Cgacha 

ko’tarilishi mumkin.   

Shuningdek  operatsiya  bo’lgan  bolalar  talvasaga  tushishga 

moyil  bo’ladilar.  Talvasa  gipoksiya,  giperkapniya,  novokain 

dozasini oshirganda, gipertermiya holatida bosh miyani narkotik 

modddalar ta’sirida ta’sirlanishida yuzaga kelishi mumkin.  

           Hamshira  har  kuni  asosiy  funksional  ko’rsatkichlarni 

yozib borishi lozim: puls, nafas, arterial  bosim, harorat, ichilgan 

va chiqarilgan suyuqlik (siydik, plevra yoki qorin bo’shlig’idan 

chiqqan suyuqlik) miqdori.  

Bemorni  turishiga  faqat  vrach  ruxsat  beradi.    Hozirgi 

vaqtda  operatsiya  turi  va  og’irligiga  qarab  erta  turish  (2-3 

sutkada) tavsiya etiladi.  

Kichik  operatsiyalardan  keyin  (appendektomiya,  churrani 

kesish)  choklar  7-8-sutkada  olinadi.  Qorin  bo’shlig’i  (oshqozon 

rezeksiyasi,  xoletsistektmoiya),  ko’krak  qafasi  ochilgan 

(pulmoektomiya,  lobektomiya)  operatsiyalardan  keyin  choklar 

9-10  sutkada  olinadi.    Choklar  faqat  tibbiy  instrument 

yordamida olinadi, aseptik bog’lam qo’yiladi.  

Operatsiyadan keyingi asorat o’tkazilgan operatsiyaga yoki 

narkozga bog’liq bo’ladi.   


Download 4,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   455   456   457   458   459   460   461   462   ...   485




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish