Tibbiyot kasbiga kirish


Vegetativ  buzilish  sindromi



Download 4,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet457/485
Sana03.09.2021
Hajmi4,42 Mb.
#163615
1   ...   453   454   455   456   457   458   459   460   ...   485
Bog'liq
Китоб ТКК (4)

 

Vegetativ  buzilish  sindromi  ko’p  hollarda  o’tib  ketuvchi 

vegetativ  krizlar  –  puls  tezlashishi,  yurak  sohasida  og’riq  va 

nohush  his,  bosh  og’rig’i,  og’iz  qurishi    arterial  qon  bosimi 

oshishi,  qo’l  va  oyoqlar  uvishishi  va  sovuq  qotishi,  qaltirash 

holida  namoyon  bo’ladi.  Shuningdek  bemorlar  yurak  “to’xtab 

qolishi”  va  og’riq  hissini,  noto’g’ri  urishini  sezadilar,  ko’krak 

qafasini  kimdir  bosib  turganga  o’xshaydi,  bosh  aylanadi, 

qo’rquv  va  bezovtalik  bo’ladi.  Ba’zan  ushbu  krizlar  “vahima 

xuruji” deb baholanadi.  

 

Astenik  sindrom. Klinik  jihatdan  quyidagicha  namoyon 

bo’ladi:  ko’p  charchash,  mehnat  faoliyatini  susayishi,  xotira  va 

diqqatni  pasayishi,  yuqori  qo’zg’aluvchanlik,  ta’sirchanlik 

oshishi,  emotsianal  va  kayfiyat  o’zgaruvchanligi.  Bu  holatdagi 




542 

 

bemorlarga  shoshqaloqlik  va  kutishni  yoqtirmaslik,  tashqi 



sensor  ta’sirlarga  yuqori  sezuvchanlik  xos  bo’ladi.  Astenik 

sindromga  uyquni  buzilishi,  uxlay  olmaslik,  tunda  ko’p 

uyg’onib ketish xosdir. 

 

Fobiya  sindromi. Nevrotik  fobiyalar  qo’rquvni  “shilqim” 

g’oya shaklida o’rnashib olishidir. 

 

 

Ipoxondriya  –  o’z  holatiga  noadekvat  yondoshuv  bo’lib, 



sog’lig’i  yomonlashishidan  o’ta  darajada  qo’rqish,  sog’liq 

to’g’risida  gap  ochilsa  diqqat  bilan  tinglash,  o’zida  yo’q 

kasalliklarni  ham  bor  deb  gumon  qilish  holatidir.  Asosan  bu 

patologik  holat  hisoblanib,  psixologik  korreksiya  va  psixologik 

suhbatlarni  talab etadi. 

 

 



Har  xil  darajadagi  depressiv  buzilishlar  ham  katta 

ahamiyatga  ega.  Bunday  holatda  o’z  joniga  qasd  qilish  fikri 

paydo  bo’ladi,  attoki  amalda  qo’llashga  harakat  bo’ladi.  Yurak 

dekompensatsiyalangan  yetishmovchiligida,  jigar  sirrozi  va 

uremiyada  ham  o’tkir  psixik  holatni  buzilishlari  ro’y  berishi 

mumkin.  Psixik  holatni  buzilishi  tana  haroratini  ko’tarilishi 

bilan  kechuvchi  boshqa  somatik  kasalliklarda,  yuqumli 

kasalliklarda  (ko’proq  gripp)  kuzatilishi  mumkin.  Bemorlar 

atrof-muhitga 

oriyentatsiya 

qila 

olishmaydi, 



savollarga 

qiyinchilik  bilan  yoki  kuttirib  javob  berishadi,  ba’zan  nutq  va 

harakatni  buzilishi  (psixomotor  qo’zg’alish  yoki  stupor) 

kuzatiladi. 

 

Tibbiyot  xodimi  shuni  bilish  kerakki,  qo’shimcha 



hayajonlanish  va  bezovtalik  bor  bo’lgan  nevrotik  va 

nevrozsimon  simptomlarni  kuchaytirish  mumkin.  Har  doim 

davo  jarayonida  psixik  va  somatik  holatni  bir-biriga  uzviy 

bog’liqligini unutmaslik lozim.   

 

Bolalar  orasida  bo’lgan  tibbiyot  xodimlari  har  doim 



bemorlarning  psixologik  xususiyatlarini,  his  qilishlarini, 

hissiyotlarini  inobatga  olishlari  lozim.  Bolalarni  holatini 

yaxshiroq  tushunish  uchun  bolani  shaxsiy  psixologik  holatini 

bilishdan  tashqari  oiladagi  sharoitni,  ota-onasini  sotsial  kelib 




543 

 

chiqishini, mansabini ham bilish lozim.  Bularni hammasi bemor 



bolani  kasalxonada  to’g’ri  parvarishlash  va  davo  natijasini 

yaxshilashga yordam beradi.  

 

Bola  bilan  muloqot  qilganda  his  qilish  katta  ahamiyatga 



ega,  ya’ni  bemorning  qayg’usini  tushunishga  harakat  qilish. 

Shoshmasdan bola bilan suhbatlashish qayg’udan ustun turuvchi 

shaxsiy  xususiyatlarni  aniqlashga  olib  keladi  va  to’g’ri  tashxis 

qo’yishda  yordam  beradi.  Nafaqat  bolani  shikoyatini 

majburlikdan  eshitish  kerak,  balki  eshitgan  gaplariga  yaxshi 

e’tibor  berib  yondashishi  lozim.  Tibbiyot  xodimini  iliq 

munosabatini  ko’rib  bemor  tinchlanadi,  vrach  esa  bola 

to’g’risida  qo’shimcha  ma’lumotga  ega  bo’ladi.      Agarda  buni 

teskarisi  bo’lsa,  ya’ni  yuqori  va  qattiq  tonda  muomala  qilish, 

mensimay  gaplashish  bemor  va  tibbiyot  xodimi  o’rtasida  iliq 

munosabatlar yuzaga kelishiga to’sqinlik qiladi. 

Tibbiyot  xodimi  bolalarga  ota-onasi  yo’qligini  bildirmay, 

ularni o’rnini bosishi lozim. Asosan 5 yoshgacha bo’lgan bolalar 

ota-onasi yonida yo’qligini qiyin qabul qiladi. SHunga qaramay 

ular  yangi  sharoitga  tezda  moslashadi  va  tinchlanadi.  Bunday 

hollarda  ota-onani  tez-tez  kasalxonaga  kelishi  bola  psixikasini 

shikastlanishiga  olib  kelishi  mumkin.  Adaptatsiya  davrida  (3-5 

kun)  ota-onalarni  tez-tez  kelishiga  yo’l  qo’ymaslik  kerak.  Bu 

davrdan  keyin  ota-onalar  va  bemor  yaqinlari  bolani  ko’rishga 

biror  bir  ish  sababli  kela  olishmasa  hamshira  ularga  xat 

yozishlarini,  narsalar  berib  yuborishlarini  maslahat  berishi 

lozim.


 

Kasalxonada  bolani  uy  sharoitiga  o’hshash  yaxshi 

psixologik sharoitni (o’yinlar o’ynash, televizor  ko’rish va h.o) 

yaratishda tibbiyot xodimi katta rol o’ynaydi. Toza havoda sayr 

qilish  bolalarni  yaqinlashtiradi,  hamshirani  yaxshi  muomalasi 

esa bolalarni yangi sharitga moslashishini osonlashtiradi.

 

Kasalxona  kollektivi  orasida  yaxshi  munosabat  o’rnatish, 



ahil  bo’lish,  ishni  yaxshi  olib  borish  bolalarni  parvarishlash  va 

davolashda  yuqori  natijalarga  olib  keladi.  Kollektivda  har  bir 




544 

 

ishchi  o’z  vazifasiga  ega  bo’ladi.  Post  hamshirasi  kun  tartibiga 



qat’iy rioya qilishi, vrach ko’rsatmalarini to’g’ri bajarish, kichik 

tibbiyot  xodimi  esa  palatalarni  tozazalash,  bolalarni  toza  tutishi 

loxim.  Hamshira  bolalar  orasida  bo’lar  va  ularni  kuzatar  ekan,  

bolaning  shaxsiy  xususiyatlarini  ko’rish,  o’zaro  muloqotlari 

xarakterini  kuzatishi  lozim.  Bunday  hamshira  vrachga  yaxshi 

yordamchi  bo’ladi,  chunki  u  kasalxonada  sog’lom  muhitni 

paydo bo’lishida katta rol o’ynaydi. 

 

 



Psixologik  muammolarga  operatsiyadan  oldingi  qo’rquv 

kiradi.    Bemor  operatsiyani  o’zidan,  u  bilan  bog’liq 

siqilishlardan,  og’riq,  operatsiya    asoratlaridan  qo’rqadi, 

operatsiyaning  effektivligiga  ishonch  hosil  qilmaydi.  Hamshira 

bemorni  kuzatishlari  natijasidan  vrachni  ogoh  etishi,  u  bilan 

birga  psixoterapevtik  ta’sir  qilish  taktikasini  ishlab  chiqishi 

lozim.  Operatsiya  bo’lgan  bemorlar  bilan  gaplashib  endi 

operatsiya  bo’ladigan  bemorlarga  operatsiya  to’g’risida 

qo’rquvli gaplarni gapirishlarini oldini olish lozim. Operatsiyaga 

tayyorlash jarayonida bemor bilan  yaxshi psixologik munosabat 




Download 4,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   453   454   455   456   457   458   459   460   ...   485




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish