545
vahima holatlari rivojlanishi mumkin. Yomon sifatli o’sma bilan
operatsiya bo’lgan bemorlar bilan muloqot qilish qiyin bo’ladi.
Ular keyingi hayoti haqida qayg’urishadi, ko’p savollar
berishadi. Ular bilan suhbatlashganda juda ehtiyot bo’lish lozim.
Bemorlarni operatsiya yaxshi chiqqaniga, kelajakda ularga hech
narsa xavf solmayotganini tushuntirish lozim. Ularni doimo
mutaxassislar nazoratida bo’lishi, doimiy profilaktik davo
olishlari kasallikni qaytalanishini oldini oladi. Bunaqa bemorlar
bilan har kuni psixoterapevtik suhbatlar olib borish lozim.
Ota-onalar, asosan ona bolasi kasalini og’ir qabul qilishadi.
Buni tushunsa bo’ladi, sababi: og’ir kasallangan bemor onasi
ma’lum bir darajada psixik shikastlangan bo’ladi va uning
reaksiyasi noadekvat bo’lishi mumkin, chunki “onalik instinkti”
juda yaxshi rivojlangan bo’ladi. Shu sababli ham tibbiyot
xodimlari tomonidan onalarga individual yondashish lozim.
Ayniqsa kasalxonada og’ir bemorga qarab yotgan onalarga
alohida e’tibor berish lozim. Ayolni nafaqat yaxshi so’z bilan
tinchlantirish, balki uni dam olishi va ovqatlanishiga sharoit
qilib berish, bolasi “yaxshi qo’llarda” ekanligiga va to’g’ri davo
olayotganiga ishontirish lozim. Ona vrach va hamshira
tomonidan bajarilayotgan muolajalar kerakli va to’g’riligini
tushunishi lozim. Kerak bo’lganda onani ba’zi bir muolajalarni
qilishga o’rgatish mumkin, masalan ineksiya qilish, ingalyatsiya
qilish va h.o.
Ko’pchilik ota-onalar tibbiyot xodimiga ishonch, yaxshi
muomala bilan yondashishadi, ularning og’ir mehnatlariga
rahmatlar aytishadi. Lekin ba’zan “og’ir f’elli” ota-onalar ham
uchraydiki, o’zining qo’polligi, yomon hulqi bilan tibbiyot
xodimlarini bolasiga alohida e’tibor berishlarini talab qilishadi.
Bunday ota-oanalar bilan tibbiyot xodimi ichki va tashqi
bosiqlik bilan javob qilishalri lozim va bu holat bolaning yomon
tarbiyasiga yaxshi ta’sir qiladi.
Tibbiyot xodimlariini bolani ko’rish va narsa (ovqat) olib
kelish vaqtida ota-ona va bemor yaqinlari bilan suhbati katta
546
ahamiyatga ega. Ish ko’pligiga qaramay vrach hamma
savollarga shoshmasdan javob berishga vaqt topishi lozim. Ota-
ona bolasini tashxisini bilishda, davo muolajalarini to’g’riligini
aniqlashtirayotganda ba’zi bir qiyinchiliklar yuzaga kelishi
mumkin. Bunday holatlarda hamshira bemor yaqinlari bilan
suhbatda o’z kompetensiyasidan tashqariga chiqmasligi lozim.
U kasallik simptomlari va kasallikning kutilayotgan natijalari
to’g’risida gapirishga haqli emas. Hamshira kechirim so’rab
ma’lumotlardan to’liq xabardor emasligi aytishi va bemor
yaqinlarini davolovchi vrachga yoki bo’lim mudiriga yuborishi
lozim.
Ota-onalar so’ziga ko’pam quloq solmaslik lozim, ularning
noto’g’ri talablarini bajarish kerak emas, masalan ineksiyani
to’xtatish, rejim va dietani o’zgartirish va h.o. talablarni vrach
asossiz bajarmasligi lozim. Bunday holat faqat bemorga
yomonlik olib keladi va tibbiyotning insoniylik prinsiplariga va
professionallikka to’g’ri kelmaydi. Bolalar
bo’limida
tibbiyot xodimlari ota-onalar bilan muloqoti har doim
emotsianal shaklda, uzviy aloqa holida va tez-tez bo’ladi.
Tibbiyot xodimini bemor ota-onasi va yaqinlari bilan to’g’ri
muloqoti tibbiyot xodimi – bemor bola – ota-ona orasidagi
psixologik teng muvozanatlikni shakllantiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: