Kasallik tarixining grafik tasviri
Kasallik tarixining grafik tasviri ichki kasalliklar propedevtikasi kursini o’rganishda, kasallik bayoni sxemasini tushunishda qo’shimcha usul hisoblanadi.
Kasallik grafik ko’rinishda yaqqol va aniq tasvirlansa, tashxis qo’yishda va kasallik kechishini kuzatishda juda qo’l keladi. Oxirgi vaqtda axborotlarni grafik ifodalash alohida usul sifatida qo’llaniladigan bo’ldi, yangi o’quv materiallarini o’rganishda sistemali yondoshishga erishilmoqda. Shu narsa aniqki, axborotlarni sxematik ifodalash, didaktikaning yuqori printsiplariga asoslanga bo’lib, uning asosiy axamiyatlaridan biri yaqqol ko’rinib turishi va talabalarni fikrlash maxoratini oshirishdir.
Grafik belgi tarzida ifodalab o’qitish usulini faol ravishda qo’llash, talabalar ilmini ko’rsatishda, qayta tiklash qobilyatini oshirishda, bilimning bir erga to’plangan xolda tasavvur qilishga imkon beradi.
Shuning uchun kasallik bayoni grafik tasvirini o’quv jarayonida qo’llash maqsadga muvofiqdir. Birinchi marta kasallik tarixining grafik tasviri M.E.Tareev klinikasida qo’llanilgan. Umum amaliyot vrachini tayyorlashda kasallikni o’rganib mushoxada qilish va tashxis qo’yish turli fikrlarga asoslanadi; bir-biriga o’xshashligi
yoki tafountli belgilariga qarab, induktiv usul, sindironlariga qarab yoki taqqoslash tashxisiy yo’li bilan.
Shuning uchun ham grafik ifodalash kasallikka diagnoz qo’yishning barcha asoslarini o’zida ifodalaydi. Bunda ikki xil yondoshish mumkin: belgiga, yani simptomlarga qarab, bu oddiy fikirlashdan iborat; yoki har xil belgilarni jamlab, ularni ko’rib chiqib murakkab sindromli fikrlashga asoslanib tashxis qo’yish.
Grafik tasvirda kasallikning klinik ko’rinishlaridan tashqari, laboratoriya va asboblar bilan tekshirish ma’lumotlari bo’ladi, ular esa vrachni aniq diagnoz qo’yishga yaqinlashtiradi. Shuningdek grafik tasvirlash deontologiyaning asosiy qonun- qoidalariga amal qilishni taminlaydi. Bemorni ko’zdan kechirishda, konsilium vaqtlarida anamnez malumotlaridan foydalanish, kasallik rivojlanishini dinamikada kuzatib borishda, sindromlarni skakllanib borishini va davolash natijalarini, hamda laboratoriya ko’rsatishlarini grafik tasvirni qo’llash maqsadga muvofiqdir.
Grafik tasvirni tuzish jarayonining o’zi esa vrachni olingan hamma natijalarini jamlab, bemordan olingan obektiv va subektiv malumotlarni fikran to’g’ri bog’lashga, bir necha marta qayta o’ylab ko’rishga majbur etadi. Shunday qilib, umum amaliyot vrachi tayyorlashda, kasallik tarixining grafik tasviri o’qish jarayonida va klinik amaliyot klinik kafedra talabalarini klinik fikrlashini mukammallashtiradi va qiyosiy diagnoz o’tkazishni onsonlashtiradi.
Tarqoq usuldan samarali o’qish usuliga o’tishni taminlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |