Sog'ayish davri. Kasallikning og'ir-yengilligiga qarab 5-6-kunlardan boshlanadi. Tana harorati asta-sekin (ba'zan kritik tarzda) pasayadi, 5-10-kunlarga kelib kasallikning barcha simptomlari yo'qoladi.
Kasallikning ikkinchi haftasidan boshlab terida po'st tashlash kuzatiladi. Tana terisida mayda kepaksimon, qo'l va oyoq kafti, panjalarida esa yirik palahsa bo'lib ko'chadi. Bu davrda turli asoratlar yuzaga kelishi mumkin.
Periferik qonda kasallikning birinchi kunlaridan boshlab, leykotsitoz (16-30000 mm3), neytrofilez (60-70% va undan ortiq), eozinofiliya (10-20%) va ECHT ortishi (30-50 mm/soat) kuzatiladi.
So'ngga yillarda kasallikning ko'proq yengil, yoki o'rta og'irlikda kechishi qayd etilmoqda. Biroq, xastalik keskin boshlanib, qayta-qayta qusish, alahlash, tirishish va meningeal simptomlar bilan kechadigan toksik shakli, og'ir nekrotik angina, limfa bezlarining yiringli yallig'lanishi (adenoflegmona) va ko'plab yiringli asoratlar bilan kechuvchi septik shakllari ham uchrashi mumkin. Shuningdek, skarlatananing atipik (noaniq, gipertoksik, ekstrabukkal) shakllari ham kuzatiladi.
Skarlatinaning barcha turlarida ham turli asoratlar (otit, linfadenit, sinusli, nefrit, yurak-tomir sistemasining jarohatlanishi va boshqalar) yuzaga kelishi mumkin. Kasallikning qaytalanishi (retsidiv) 3-4 % bemorlarda kuzatiladi.
Tashxisoti. Kasallikni aniqlash asosan klinik va epidemiologik ma'lumotlarga asoslanadi. Skarlatinani qizamiq, qoramiq, soxta sil, turli dori va muhsulotlarga allergik topshalar, boshqa xil anginalar va tomoq difteriyasidan farqlash lozim.
Laboratoriya tekshiruvlaridan — qonning umumiy taxlili, tomoqdan olingan surtmada streptokokklarning toksigen shtammni aniqlash, toshmani so'ndirish sinamalaridan foydalanish mumkin. Dik reaksiyasi hozir qo'yilmaydi.
Davolash. Skarlatinani davolashda bemorlar parvarishini va bo'limdagi gigiyenik sharoitni to'g'ri tashkil etish juda muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa infeksiyaning qayta yuqishi va asoratlarni oldini olishga erishish lozim.
Kasallikning kechishi og'ir bo'lmagan taqdirda, agar xonadon sharoiti yaxshi bo'lsa, bemorni o'z uyida davolash mumkin. Zarurat bo'lganda ular kichik (2-3 kishilik) alohida palatalarga yotqiziladi va tuzalayotgan bemorlar yangi kelgan kasallar bilan kontaktda bo'lmasliga ta'kidlanadi.
O'tkir davrining birinchi haftasida bemorlar o'rinda yotadilar, 8-10-kunidan turishga ruxsat etiladi.
Bemorning og'iz va tomog'i 2 % li soda eritmasi yoki 1:5000 nisbatda furatsillin eritmasi bilan chayib, lablariga sariyog' yoki o'simlik moylari surib turiladi. Terisi har kuni ho'llangan sochiq bilan artib, yoki 1-2 kun oralatib vannada yuvintirib turiladi.
Parzezi bemorning holatiga qarab belgilanadi. Ovqati xilma-xil, kaloriyali va servitamin bo'lib, ko'proq suyuq, qiymalangan holda bo'lgani yaxshi.
Dorilardan antibiotiklar (penitsillin, eritromitsin, bitsillin-5 va boshqalar) keng qo'llanadi. Ular odatdagi dozada 6-7 kun davomida beriladi. Stretchjokklar qayta yuqishini oldini olish maqsadida penitsillin bilan davolash palatadagi barcha bemorlarga bir davrda olib boriladi. Kasallik og'ir kechganda antibakterial davolash bilan bir vaqtda intoksikatsiya kamaytiruvchi va umumiy quvvatlantiruvchi dorilar: toksik shaklda - yurak dorilar, glukoza va boshqa suyuqliklar (tomirga tomchilab) yuboriladi.
Profilaktikasi. Kasaldikni o'z vaqtida atslat, bemorlarni uyida, yoki kasalxonada 10 kundan kam bo'lmagan muddatga alohidalash, qoidalariga to'liq rioya qilish, bolalar muassasalariga shu infeksiya kirib qolishiga yo'l qo'ymaslik skarlatinada o'tkaziladigan asosiy profilaktik choralardir.
Kasallikdan tuzalgan bemor va u bilan muloqotda bo'lganlar 12 kun sog'lom bolalar muassasalariga qo'yilmaydilar va har kuni tibbiy ko'riqdan o'tkazib turiladilar. Bemor bilan yaqin kontaktli bo'lgan kichik yoshdagi bolalarga 1-2 doza immunoglobulin yuborish yuruvchilar epidemiologik ahamiyatga ega emas.
Mikrob bemor va bakteriya tashuvchi organizmdan gapirganda, yo'talganda, atrofga ko'plab ajraladi. Sog'lom kishi organizmiga nafas yo'llari orqali tushadi. Difteriya qo'zg'atuvchilari tashqi muhitda turg'un bo'lgani tufayli mikrob havo-chang yo'li bilan, shuningdek o'yinchoq, uy ashyolari vositasida ham tarqalishi mumkin. Ba'zan mikrob organizmga ko'z shilliq qavati va teri orqali tushadi.
Difteriya bilan asosan bolalar kasallanadi. Difteriyaga karshi yoppasiga bolalar emlana boshlaganidan beri, 6u kasallik o'smirlar va katta yoshdagilar orasida ko'proq uchramoqda.
O'zbekiston sharoitida bolalarni emlash o'z vaqtida muntazam ravishda amalga oshiriladi.
Difteriya uchun ma'lum darajada mavsumiylik xos. Kasallanish sentabr-noyabr oylarida sezilarli darajada ko'tariladi Aprel-avgust oylarida kasallik kam qayd etiladi.
Kasallikdan so'ng turg'un immunitet hosil bo'ladi.
Klinikasi. Kasallikning yashirin davri 3-10 kun. Bu xastalikda mahalliy va umumiy o'zgarishlar kuzatilada. Mikrobning organizmga qayerdan tushishi va bemor organizmning holatiga qarab, kasallik turli ko'rinishda va og'irlikda namoyon bo'lishi mumkin.
Joylashishiga qarab burun, tomoq, kekirdak, ko'z, teri difteriyasi farqlanadi. Ko'proq tomoq difteriyasi uchraydi. Jarohtlangan soha shilliq qavati yaxlit fibrinli parda bilan qoplamada (9-rasm). U parda qattiq bo'lib ostidagi to'qimaga mustahkam yopishgan bo'ladi. Shu sababdan uni ishatel yordamida ko'chirib olish ancha qiyin. Parda atrofidagi sog'lom to'qimalardan ko'tarilib turadi, rangi kul rang, yaltiroq bo'ladi. Kuch bilan pardani ko'chirilsa, ostidagi tuqimalar yuzasi qonaydi. Olingan pardani qattiq predmet ustida ezilsa ham, yaxlitligicha saqlanadi. Keyinchalik u asta-sekin yupqalashib, chekkalaridan boshlab yo'qola boradi. Parda atrofidagi to'qimalarda shish yuzaga keladi. Rangi ko'kimtir tusda bo'ladi. Tomoqdagi og'riq uncha kuchli bo'lmaydi.
Tomoqda jarohat ko'pincha atrof to'qimalarga va nafas yo'llari bo'ylab tarqaladi. Bunday holat kasallik og'ir kechgan hollarda kuzatiladi (9 b-rasm).
Mahalliy o'zgarishlarga mutanosib ravishda organizmning umumiy intoksikatsiyasi ham kuzatiladi. Bu o'zgarishlar difteriya tayoqchalari ishlab chiqaradigan kuchli ekzotoksinning ta'siri bilan bog'liq. Isitma ko'tarilishi asosan difteriyaning toksik shakllarida kuzatiladi. Tana xarorati 40-410S gacha ko'tarilishi mumksh. Lekii u qisqa muddatli bo'ladi, 4-5 kunda pasayadi. Difteriya toksini nerv sistemasi va yurakka kuchli ta'sir ko'rsatadi. Uning ta'sirida yurakda o'chog'li yoki diffuz miokardit ro'y beradi. Yurak tonlari sezilarli darajada susayadi, sistolik shovqin eshitiladi. Tomir urishi sekinlashadi, qok bosimi pasayadi. Yurakda ro'y bergan o'zgarishlar EKG da xam o'z ifodasini topadi. Miokardit odatda kasalikning 7-8 kunidan rivojlanadi va og'ir hollarda 2-3-35 haftaga borib o'limga olib keladi.
Difteriya toksini markaziy va periferik nerv sistemasiga ham kuchli ta'sir ko'rsatadi. Periferik nervlar jarohatlanishi odatda kasallikning 2-yarmida kuzatiladi va falajlanish ro'y berishi mumkin.
Kechshsh va joylanshiga qarab difteriyaning quyidaga turlari uchraydi.
1. Tarqalmagan difteriya. Jarohatlanish burun yoki tomoq, kekirdak, ko'z, jinsiy a'zolar sohasida bo'lib, atrofidaga organ sohalariga tarqalmaydi.
2. Tarqalgan difteriya. Jarohatlanish ikki va undan ortiq organlarga tarqaladi. Masalan, burun va tomoq, tomoq va kekirdak, og'iz shilliq qavati va x.k.
3. Toksik difteriya - og'ir kechadigan turi. Unda intoksikatsiya yaqqol ifodalanadi. Jarohatlangan soha atrofidagi yumshoq to'qimalarda shish paydo bo'ladi. Kasallikning bu turi ko'pincha tomoq difteriyasida kuzatiladi. Xastalik kechishi va teri osti kletchatkasining shishganligi darajasiga qarab, subtoksik, I, P, va III darajali toksik tomoq difteriyasi farqlanadi.
4. Kam uchraydigan — teri, yara va jinsiy a'zolar difteriyasi. Kekirdak difteriyasida shilliq qavat qavarishi, fibrin parda hosil bo'lishi, kekirdak muskullari qisqarishi tufayli yo'tal, ovoz ingichkalanishi va nafas qisishi kuzatiladi. Uni chin (difteriya) krup deb ham ataladi. Og'ir hollarda stenoz tufayli bemor nafas ola olmaydi va asfiksiya oqibatida o'lim sodir bo'ladi. Kasallik vaqtida aniqlansa va davolash muolajalari erta va to'g'ri olib borilsa, bemorning ahvoli asta-sekin yaxshilana boradi. Intoksikatsiya alomatlari yo'qola boshlaydi. Diffuz miokardit ko'pchilik bemorlarda, kasallikning dastlabki kunlarida qonda leykotsitoz, keyinchalik leykopeniya va limfotsitoz, ayrimlarda ECHT ni 15-20 mm/ soatgacha ortishi ko'riladi.
Kasallikni oshkor (yengal, o'rta-og'ir va og'ir) o'tadagai turlari bilan bir qatorda noaniq va klinik belgilarisiz kechadigan turlari ham mavjud.
Tashxisi. Epidemiologik va klinik belgilarga asoslanadi. Yuqorida aytilgan o'ziga xos klinik belgilar bilan birga Murson belgisi (stenon so'lak yo'lini quylishi joyida kizil hoshiyalik so'rg'ichsimon bo'rtma) aniqlanishi tashjis qo'yishga yordam beradi. Kasallikni noaniq shakllarida hamda pankreatit, orxit, meningit singari ko'rinishlar birlamchi bo'lgan taqdirda, tashhis virusologik tekshiruvlar asosida hal etiladi.
Davolash. Kasallikning maxsus (spetsifik) davosi yo'q. Uni asosan simptomatik davolanadi. Bemor xastalik avj olgan davrda o'rinda yotishi va to'g'ri ovqatlanishi zarur. Kasallikning o'tkir davrida zararlangan bez ustiga issiq qo'yish (issiq bog'lam, sollyuks, kvars lampalari bilan qizdirshi, UVCH) yaxshi yordam beradi.
Bosh og'rig'iga qarshi analgin, amidopirik va boshqalar beriladi. S hamda V guruhi vitaminlar keng qo'llaniladi. Epidemik parotitni davolashda antibiotiklar va sulfanilamidli dorilarni qo'llash maqsadga muvofiq emas, chunki antibiotiklarni birortasi bu virusga ta'sir etmaydi.
Oldini olish. Kasallikni vaqtida aniqlash, bemorni 9-10 kunga alohidalash katta ahamiyatga ega. Bemor bilan muloqotda bo'lgan shahslarni 21 kunga (muloqot kuni aniq bo'lsa muloqotni - 11 kundan 21 kunigacha) alohidalash talab etiladi.
Epidparotitga qarshi emlash maxsus tirik kuchsiztirilgan vaksina yordamida o'tkaziladi. Uni bola 8 oyligida 0.5 ml teri ostiga yuboriladi. Vaksina xech qanday asorat bermaydi, samaradorligi esa juda yuqoridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |