Tibbiyot instituti talabalari uchun


Markaziy nerv sistemasini falajlovchi zaharli moddalar



Download 6,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet273/577
Sana14.02.2022
Hajmi6,49 Mb.
#448516
1   ...   269   270   271   272   273   274   275   276   ...   577
Bog'liq
sud-tibbiyoti iskandarov-a.i.-kuldashev-d.r. lot-1

Markaziy nerv sistemasini falajlovchi zaharli moddalar.
Bu guruhchaga 
kiruvchi zaharli moddalardan eng muhim ahamiyatlilari fosfororganik birikmalari 
va tsianid kislotasi hamda uning birikmalari hisoblanadi.
Fosfororganik birikmalar
keyingi davrda turmushda va qishloq xo’jaligida 
asosan insektitsidlar, fungitsidlar, gerbitsidlar va defoliantlar sifatida keng 
qo’llaniladi. Bu yadoximikatlarning asosiy vakillariga xlorofos, tiofos, butifos, 
karbofos, merkaptofos va boshqalar kiradi. Bu guruhga kiruvchi yadoximikatlar 
suyultirilgan holda, dust holida va aerozollar sifatida, shuningdek suyuq holatida 
qo’llaniladi. Zaharlanish organizmga nafas yo’llari orqali, jarohatlanmagan teri va 
ovqat hazm qilish traktiga suv hamda ovqat orqali kirishi tufayli sodir bo’ladi.
314


Fosfor organik birikmalar juda ham zaharli bo’lib, ularning ayrimlari bizga 
hozirgi davrda ma’lum bo’lgan zaharli moddalarga qaraganda ancha ustunlik 
qiladi. Ular markaziy nerv sistemasiga falajlovchi ta’sir ko’rsatadi. Buning asosida 
xolinergik sinapsdagi xolinesteraza fermentining deyarli qaytmas pasayishi yotadi. 
Bu atsetilxolin gidrolizini tormozlab, to’qimalarda uning toksik 
kontsentratsiyasining yig’ilishiga sababchi bo’ladi.
Fosfor organik birikmalar bilan zaharlanishning klinik ko’rinishi nerv 
sistemasi funktsiyasining keskin buzilishi bilan xarakterlanadi. Bunda ko’p 
shilimshiq modda ajralishi bilan bog’liq bronxlarning spazmi natijasida nafas 
olishning keskin buzilishi, alohida guruh muskul tolalarining tortishuvi, klonik va 
tonik tirishish, hushini yo’qotish, ko’z qorachig’ining torayishi (mioz) tufayli 
ko’rish qobiliyatining buzilishi, ba’zan to’lig’icha ko’rlik, qon aylanishning 
buzilishi tufayli arterial bosimning pasayishi va bradikardiya, oshqozon-ichak 
trakti funktsiyasining buzilishi (qornida og’riq paydo bo’lishi, ko’ngil aynishi, 
qusish, kuchli so’lak ajralishi, ich ketishi) kabi holatlar kuzatiladi.
Fosfor organik birikmalar bilan o’tkir zaharlanishda ko’pincha va har xil 
muddatda pnevmoniya va o’pka shishi bilan asoratlanadi. Odatda o’lim bir necha 
soatdan keyin yoki birinchi sutkada markaziy nerv sistemasining falajlanishidan 
sodir bo’ladi.
Fosfor organik birikmalari bilan o’tkir zaharlanib o’lgan odam murdalarini 
tashxisida murda qotishining erta boshlanishi, ko’z qorachig’larining torayishi, 
ichaklarda spastik qiskarish o’choqlarining bo’lishi, yuqori nafas olish yo’llari va 
ichak shilliq pardalarining ortiqcha suyuqlik ajratishi kabi belgilarning topilishi 
muhim ahamiyatga egadir. Ichkariga qabul qilinganda zaharli moddalar oshqozon-
ichak traktida o’tkir kataral gastroenterokolit tipidagi yallig’lanishga xos 
o’zgarishlar topiladi. O’lim kechroq sodir bo’lganda zaharlanishga xos qandaydir 
maxsus belgilar odatda kuzatilmaydi. Faqat ichki organda distrofik o’zgarishlar 
vistseral plevra tagida, endokardda mayda qon quyilishlar, bosh miyaning shishishi 
va ko’pincha ikki tomonlama o’choqli pnevmoniya ko’rinadi.
Zaharlanishning birinchi kunida o’lganda ichki organlarda fosfor organik 
315


birikmalarini sud-kimyoviy tekshirishda topilishi katta diagnostik ahamiyatga 
egadir. Shuningdek, qon, bosh miya, miokardda xolinesterazaning aktivligini 
bioximik tekshirish ham katta o’rin egallaydi. O’lim ancha kech muddatda sodir 
bo’lganda sud-kimyogar tekshiruvi manfiy natija berishi mumkin, ammo 
xolinesterazaning aktivligi qon va to’qimalarda sekin tiklanishini unutmasligimiz 
kerak.
Bu guruh zaharli moddalardan keng uchraydigani xlorofosdan o’lim dozasi 
– 30-40 g (toza preparat), qondagi kontsentratsiyasi – 2,9 mkg/ml dan – 8,65 
mkg/ml gacha o’ldiruvchi dozasi bo’lib hisoblanadi. Karbofosning o’ldiruvchi 
dozasi qonda 0,2 mkg/ml dan to 2,35 mkg/ml gacha.

Download 6,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   269   270   271   272   273   274   275   276   ...   577




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish