5. Temir yo’l halokatida vagon ichida jarohatlanish.
Kam tekshirilgan
temir yo’l jarohatlanishi hisoblanadi. Bunda jarohatlanish o’rindiq suyanchig’iga
urilish, yuqori polkadan yiqilish, tananing vagoni pachoqlangan qismlari bilan
siqilishi va boshqa hollarda ko’zga tashlanadi. Ko’pincha oynaning singan
parchalari bilan kesilgan yaralar yuzaga keladi.
128
7.6. Suv transportidan jarohatlanish
Dengiz va daryo kemalaridan foydalanish jarayonida odamni halokatga olib
keluvchi jarohatlanishlar baxtsiz hodisalar tufayli sodir bo’lishi mumkin. Bunda
odatda ekipaj a’zolari (dengizchilar, baliqchilar) jarohat olishi mumkin, ba’zan
yo’lovchilarning jarohatlanish sababchisi hisoblanadi. Bundan tashqari,
harakatlanuvchi suv transporti qismlari ta’sirida kemadan tashqarida suvda bo’lgan
kishilar ham jarohatlanishi mumkin.
Ekipaj a’zolari ko’pchilik hollarda yuklash va yukni tushirish paytida,
kemani bog’lab qo’yish paytida, ob-havo shtormasida jarohatlanishlar sodir
bo’lishi mumkin. Kemada jarohatlanishlarning ko’pchilik turlari balandlikdan
tushib ketganda moryaklar hamda yo’lovchilarda kuzatilishi mumkin. Mexanik
jarohatlanishlardan tashqari, kemada elektr tokidan jarohatlanish, kuyish,
gazlarning umumiy va partsial bosimining keskin o’zgarishi, shuningdek cho’kish
tufayli jarohatlanishlar ham yuzaga keladi.
Yuklash va yuk tushirish paytida jarohatlanish tushirilayotgan yukning
urilishi yoki siljishi tufayli siqilishdan yuzaga keladi. Kemalar yirik gabaridli
massiv yuklarni tashish paytida ularning ta’sirida bir vaqtning o’zida odam
tanasining bir necha qismida (boshi, tanasi, oyoq-qo’llari) og’ir bir-biriga
qo’shilgan jarohatlar sodir bo’lishi mumkin. Tananing siqilishidan boshi, ko’kragi
deformatsiyalanishi, chanog’i yorilishi, ichki organlarning uzilishi va bir
bo’shliqdan ikkinchi bo’shliqqa almashinishi mumkin. Bundan tashqari, tana
skeleti suyaklarining ko’p joyidan sinishi va hatto tananing majaqlanishigacha
bo’lgan holatlar ko’zga tashlanadi. Har bir aniq holda sodir bo’ladigan
jarohatlanishning joylashuvi va o’ziga xos xususiyatlari yuk yuzasining xarakteri
va yukning og’irligiga bog’liq bo’ladi.
Kemani shvartovka bilan bog’lashda, ayniqsa, shtormali ob-havoda odam
tanasining shtormga uchragan kema borti orasida yoki kema borti va arqon orasida
siqilishdan tananing bir-biri bilan qo’shilgan og’ir o’tmas jarohatlanishi,
sirg’anishdan-keng hoshiyalanish, shilib olingan yaralar, suyak tagidagida
129
joylashgan yumshoq to’qimalarning shtormga uchragan kemalarning bortida
qo’shilib ketishi natijasida ham jarohatlanish olishi mumkin (Volkov V.V., 1973).
Kemani shvartovka jarayonida yoki kema arqonini bo’shatish paytida
trosning uzilishi yoki troslarning buralib ketishidan xosil bo’lgan xalqa sirtmog’ida
o’ralishi tufayli odam tanasi jarohatlanishi mumkin (Lukash A.A., 1961; Budrin
Yu.P., 1969; Volkov V.V., 1969). Ba’zan tros uzilib ketgach, uning erkin tomoni
gavronsimon harakatlanib, katta kuch bilan urilishi mumkin. Bunda odatda kuchli
mexanik jarohatlanishlar ko’zga tashlanib, bu chegaralangan urilish yuzasiga ega
o’tmas vositalar bilan kuchli urilish uchun xarakterlidir.
Balandlikdan yiqilishdan jarohatlanish, elektr tokidan jarohatlanish, kuyish,
gazlarning umumiy va partsial bosimining keskin o’zgarishi yuqoridagi
jarohatlanishlardan keskin farqlanmaydi. Bunday jarohatlanishlarning o’ziga xos
xususiyatlari boshqa boblarda keltirilgan.
Dengizda cho’kish bir kemadan ikkinchi kemaga o’tishda, qayiqqa o’tish
paytida, kemadan suvga tushib ketganda va boshqa hollarda ko’zga tashlanadi.
Dengiz kuchli to’lqini jabrlanuvchida og’ir mexanik jarohatlanishning sababchisi
bo’ladi. Masalan, to’lqin shtormasi odamni oyog’idan urib, uni ko’tarib, katta kuch
bilan kema palubasiga, ustki qavatiga, yuklarga uradi. Odatda bunday hollarda
o’limning sababi kalla-miya jarohatlanishi bo’lib, bu kalla suyaklarining sinishi va
bosh miyaning lat eyishi bilan xarakterlanadi.
Kemadan tashqaridagi odam odatda vint qirralari va suv tagidagi kema
qanotlari yordamida jarohatlanadi. Kemaning suv tagidagi qanotlari ta’siridan
jarohatlanish juda xarakterlidir. Kemaning burun qanoti oldingi o’tkir qirrasi bilan
urilganda, masalan, «Raketa» yoki «Meteor» tipidagi kemalar juda katta tezlik
bilan urilganda odam tanasini bo’laklarga bo’lib yuborishi mumkin. Boshi
tanasidan ajralishi, boshining bo’linishi, tanasi, oyoq-qo’llarining bo’linishi
kuzatiladi. Bo’linish odatda bir xil yo’nalishda bo’lib, jarohatlanish chetlari tekis
yoki mayda tishchali holda ko’rinadi, ammo hoshiyalanish va qon quyilish
kuzatilmaydi.
Yassi yuzali bo’linish, ayniqsa, g’ovak suyaklarda yuzaga keladi. Umuman
130
aytganda kemaning suv tagi qanotidan jarohatlanish chopilgan yaraga juda ham
o’xshaydi (Ushakov V.V., 1966; Kupriyanov B.N., 1975).
Vint qirralari ta’siridan yuzaga keluvchi jarohatlanishlarning o’ziga xos
xususiyatlari ko’pgina faktorlarga bog’liq: vintning soniga, har bir vintdagi
parraklar soniga, ularning buralish tezligiga, jarohatlanish paytida jabrlanuvchi
tanasining holatiga. Shuning uchun ham dengiz kemalari vintlarining qirralari katta
o’lchamli va og’irlikda bo’lib, ular lat ediruvchi – parchalovchi – yorib yuboruvchi
ta’sir ko’rsatib, odamning boshi, umurtqa pog’onasida qo’pol mexanik
jarohatlanishlar hamda oyoq-qo’llarining ajralishini yuzaga keltiradi. Dengiz
kemasi vintlari qirralari bilan etkazilgan jarohatlanishlar uncha katta bo’lmaydi.
Odatda chopilgan yoki yirtilib lat egan yaralarni eslatuvchi yaralar paydo bo’ladi.
Yaralar soni vintning buralish tezligi va parraklari soniga bog’liq bo’ladi. Odatda
ikki-uchta yaralar hosil bo’lib, tananing bir qismida bir-biriga yaqin joylashadi.
Ba’zan ular shilib olingan, ajralgan va yumshoq to’qimalardan hosil bo’lgan loskut
bir tomonga qaragan bo’ladi. Kalla suyagining jarohatlanishi ochiq chiziqli silliq-
yorilgan shaklda bo’ladi.
Kemaning suv tagi qanoti yoki vint qirralaridan jarohatlanish tufayli o’lgan
odam murdalarini sud tibbiyoti usulida tekshirishda doimo jarohatlanishning
tiriklik belgilari haqidagi savolga javob berishga to’g’ri keladi. Bunday hollarda
savol ancha murakkab bo’lib, murda tanasi va qismlarining suvda bo’linishi tufayli
jarohatlanish chetlaridagi quyilgan qon yuvilib ketadi. Bu savolni hal qilish uchun
kerakli kompleks qo’shimcha tekshiruv usullaridan foydalaniladi. Bundan tashqari,
ayrim hollarda, murdani tekshirayotganda cho’qishning ko’zga tashlanuvchi
belgilari topiladi. Bu o’z navbatida kemaning suv tagidagi qanoti yoki vint
qirralariga tirik odam emas, balki murda tushganligi to’g’risidagi ma’lumotni
aniqlashda ko’maklashadi.
Umuman aytganda suv transportidan jarohatlanish masalasi sud tibbiyoti
ekspertizasida etarlicha o’rganilmagan. Ko’pincha ekspertda jarohatlanishning
sodir bo’lish holati, voqea sodir bo’lgan joyni kuzatish imkoniyati yo’qligi va
kerakli ashyoviy dalillarni olish iloji bo’lmaganligi ekspertiza o’tkazishda
131
anchagina qiyinchiliklar tug’diradi. Murdani muzlagan holda murdaxonaga
keltirishda; kavsharlangan holda tobutda; kuchli chirigan holatda; suvda uzoq
muddatda bo’lganda; chet el portlarida murda birlamchi tekshirilishi tufayli uning
ichki organlari bo’lmaganda yoki ular har xil qotiruvchi suyuqliklarni bilan
qotirilganda anchagina texnik qiyinchiliklar tug’iladi (Bedrin Yu.P., 1973).
Kema portiga qaytib kelgandan keyin voqea sodir bo’lgan joyni kech
ko’zdan kechirish ham ekspert savollariga javob berishda foydali bo’lishi mumkin.
Bunday ko’zdan kechirish hatto murdasiz va erta o’zgargan sharoitda ham
ko’pincha voqeaning mohiyatini bilish va ashyoviy dalillarni olish ham
keyinchalik maxsus tekshiruv ishlari o’tkazish imkoniyatini beradi. Bularning
hammasi ekspertga jarohatlovchi predmetni va uning ta’sir qilish mexanizmini
aniqlashda etarlicha yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |