4. Vagonlar orasida siqilish.
Bu temir yo’ldan jaroxatlanishning kamdan
kam uchraydigan turi hisoblanadi. Bunda jabrlanuvchi tanasi ikkala vagon orasida,
buferlar yoki vagonlarni bir-biriga ulangan joylarida siqilishi mumkin.
Ko’pincha kuchli siqilish uchun xarakterli jarohatlanish kuzatilishi mumkin.
Qobirg’alar, umurtqa pog’onasi, kuragining ko’p joyidan sinishi, yorilishlar,
uzilishlar va ko’krak qafasi hamda qorin bo’shlig’i organlarining bir bo’shliqdan
ikkinchi bo’shliqqa siljishi ko’pincha namayon bo’ladi. Ba’zan ko’krak va elka
terisida bufer tarelkasi yoki vagonlarni bir-biriga ulaydigan mexanizmlar
konturining tamg’alari ta’sirida shilinish va qontalashlar sodir bo’lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |