Tibbiyot instituti talabalari uchun


O’limga olib keluvchi jarohatlanishlarda mustaqil harakatlanish qobiliyatiga



Download 6,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/385
Sana21.03.2022
Hajmi6,49 Mb.
#504905
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   385
Bog'liq
sud-tibbiyoti iskandarov-a.i.-kuldashev-d.r. lot-1

O’limga olib keluvchi jarohatlanishlarda mustaqil harakatlanish qobiliyatiga 
egaligi
Qidiruv va sud amaliyotida o’limga olib keluvchi jarohatlanishdan mustaqil 
harakatlanish mumkinligi to’g’risida savol to’g’iladi va qisman, bunday 
jarohatlanishda jabrlanuvchi ma’lum masofani bosib o’tishi, zinapoyaga 
ko’tarilishi, janjal qilishligi va boshqalar haqida ba’zan savol tug’iladi. Murda 
tanasida bir necha o’limga olib keluvchi jarohatlarning topilishi marhum o’z-o’ziga 
bir necha o’limga olib keluvchi jarohatlarni etkazganligi yoki bunday jarohatlar 
boshqa odam tomonidan amalga oshirilganligini aniqlashni ko’pincha ekspertga 
topshiriladi. O’limga sababchi jarohatlanishlarda mustaqil harakatlanish masalasi 
ba’zan tibbiyot xodimlarida shubhalanishga sabab bo’lsa, ayniqsa, boshqa 
kishilarning e’tirozi shubhasizdir.
Agar boshi jarohatlanganda uzunchoq miya yoki miyaning stvol qismidagi 
jarohatlanish tufayli jabrlanuvchining mustaqil harakatlanishi mumkin emasligi 
ko’rsatilgan, ammo kalla va miyaning boshqa jarohatlanishlarida mustaqil 
harakatlanish mumkinligi ta’kidlangan
Tibbiyot amaliyotida kallani teshib o’tuvchi o’q otar qurollari bilan bosh 
miya to’qimasi jarohatlanganda uzoq muddatda mustaqil harakatlanish qobiliyati 
saqlanibgina qolmasdan, balki sog’ayish sodir bo’lganligi to’g’risidagi 
ma’lumotlar ham mavjud. Bunday oqibatlar ko’pincha miyaning peshona qismi 
jarohatlanganda ko’zga tashlanadi.
Epidural gematomalarda qonning yig’ilishi tufayli miyaning bosilishi 
sekinlik bilan amalga oshishi natijasida jabrlanuvchi uzoq vaqt xushini saqlab, 
mustaqil harakatlanish, ishlash, hujum qilish, himoyalanish va boshqa 
qobiliyatlarga ega bo’ladi.
Misol
. T. ismli 20 yoshli kishi, mastlik holatida janjal paytida boshiga qattiq 
71


urilgach, u xushini yo’qotmasdan voqea sodir bo’lgan joydan qochadi va yana 
janjallashib ketadi. Boshiga tayoq bilan ikkinchi marta urilganda yiqilib xushini 
yo’qotadi va tezlikda o’lim sodir bo’ladi.
Murdani kesib ko’rilganda kallaning chapg’i tepa qismida yorilish ko’rinadi 
va chap chekka-tepa qismida 70 g to’q-qizil qon uyushmasi bo’lgan epidural 
gematoma kuzatiladi. Bu qon quyilish boshining birinchi marta jarohatlanishi 
oqibatida yuzaga kelib, ikkinchi jarohatlanish natijasida qon laxtalari shaklidagi 
epidural gematoma tezlikda hosil bo’lishi mumkin emasligini esdan 
chiqarmasligimiz lozim.
Katta qon tomirlari, yurak va boshqa organlar jarohatlanganda mustaqil 
harakatlanish mumkinligini alohida ta’kidlash zarur. Bunday hollarda tezlik bilan 
qon ketish va uning hajmini hisobga olish zarur. Bu bilan jarohatlanish xarakteri, 
qon tomiri kalibri, quyilgan qonning miqdori, yurak jarohatlanganda esa – uning 
joylashgan joyi aniqlaniladi. Masalan, bo’lmachalar orasidagi chegara devorning, 
yurak arteriyasi tarmoqlanish joyining jarohatlanishi tufayli tez o’lim sodir bo’ladi.
Klinik va sud tibbiyoti amaliyotining ko’rsatishicha, o’limga olib keluvchi 
jarohatlanishlarda mustaqil harakat ko’pincha kuchli hayajonlanish, ba’zan mastlik 
holatida bo’lgan odamlarda kuzatilishi mumkin.
Og’ir operatsiyalardan keyin ruhiy va harakatning buzilishida, masalan, 
yurakda, xirurgik muolajalardan keyin bemorlar birdaniga mustaqil yurishi va 
ba’zan o’zini o’zi o’ldirishga urinishi mumkin. Shuning uchun ham bunday 
kasallar individual kuzatishni talab qiladilar.
Misol
. Qo’zg’oluvchan ruhiy kasal 20 tabletka lyuminal ichib, biroz vaqtdan 
keyin o’zini osadi, ammo tirishish davrida ip uzilib ketadi. Keyin u qarindoshlari 
tomonidan yashirib qo’yilgan xavfli britvani topib, o’z bo’yini kesib yuboradi va 
har ikkala uyqu arteriyasini jarohatlaydi. Shundan keyin u uydan mustaqil chiqib, 
20 metrgacha masofani bosib o’tadi va quduqga o’zini tashlaydi. Tushish paytida 
boshida keng va katta yara sodir bo’ladi. Uning murdasini yorib ko’rilganda 
oshqozonida lyuminal tabletkasi qoldig’i, bo’ynida yuqoriga ko’tariluvchan 
strangulyatsion egatchaning tiriklik belgilari, bo’ynida kattagina kesilgan yara 
72


ko’rinib, buni umurtqa pog’onasigacha borib etishi, ikkala uyqu arteriyasining 
jarohatlanishi, boshida kattagina shilingan yara borligi va shuningdek cho’kish 
belgilari aniqlaniladi.
73



Download 6,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   385




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish