Tibbiyot instituti talabalari uchun


Tibbiyot faoliyati bilan bog’liq qasddan jinoyatlar



Download 6,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet374/385
Sana21.03.2022
Hajmi6,49 Mb.
#504905
1   ...   370   371   372   373   374   375   376   377   ...   385
Bog'liq
sud-tibbiyoti iskandarov-a.i.-kuldashev-d.r. lot-1

Tibbiyot faoliyati bilan bog’liq qasddan jinoyatlar
Qasddan jinoyat deb, jinoyat qiluvchi o’zining sodir qilayotgan jinoyatini 
jamiyat uchun xavfli oqibatlarga olib kelishini tushuna turib va o’zi xoxlab yoki bu 
oqibatni kelib chiqishiga iqror bo’lgan holda yo’l qo’yishiga aytiladi.
Qasddan jinoyat sodir qilish O’zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining 
qator moddalarida keltirilgan. Masalan, odam tanasiga qasddan engil tan jarohat 
etkazish: 109-modda; qasddan o’rtacha og’irlikdagi tan jarohati – 105 modda; 
qasddan og’ir tan jarohati etkazish-104 modda; qasddan odam o’ldirish – 97 
modda va boshqalar.
633


Qasddan jinoyat sodir qilishga quyidagilar kiradi:
1) qonunsiz abort (O’zbekiston Respublikasi JK ning 114-moddasi);
2) bemorga yordam ko’rsatmaslik (116-modda);
3) bemorni hayotini xavf ostida qoldirish (117-modda);
4) epidemiyaga qarshi kurash qoidalariga rioya qilmaslik (257-modda);
5) narkotik va kuchli ta’sir qiluvchi psixotrop zaharli moddalarni ishlab 
chiqish, saqlash va boshqa joyga qonunsiz holda tashish, sotish (273-
modda);
6) ayollarni va erkaklarni tibbiy ko’rsatmasiz sterillash (104-modda);
7) o’z xizmat vazifasini suis’temol qilish (301- modda);
8) o’z mansabiga sovuqqonlik bilang qarash (207-modda);
9) mansab soxtakorligi (209-modda).
1. Qonunsiz yoki jinoiy abort bu O’zbekiston Respublikasi jinoyat 
kodeksining 114 moddasida ko’rsatilgan bo’lib, agar abort vrachlar tomonidan 
tibbiyot muassasasidan tashqarida yoki vrachlik diplomi bo’lmagan tibbiy xodim 
tomonidan o’tkazilgan bo’lsa, bunga qonunsiz yoki jinoiy abort deyiladi. Agar bu 
jabrlanuvchining o’limi bilan tugasa yoki og’ir oqibatlarga olib kelsa va 
shuningdek bunday abortlar bir necha martalab takrorlangan bo’lsa bu 
jinoyatchining ishini og’irlashtiruvchi modda bilan jazolanadi.
2. Bemorga yordam ko’rsatmaslik (116-modda). Bemorga maxsus qoida 
bo’yicha yoki qonun bo’yicha hech bir sababsiz yordam ko’rsatilmagan bo’lsa, 
bunday yordam faqatgina vrachlar tomonidangina emas, balki feldsher, hamshira 
va akusherkalar tomonidan ham berilishi shart.
Sog’liqni saqlash qonuniyatlariga asosan tibbiyot xodimlari birlamchi tez 
tibbiy yordamni odamlarga yo’llarda, ko’chalar va uylarda ko’rsatishlari shart.
3. Epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish (Bu O’zR JK ning 257 
moddasida ko’rsatilgan).
Agar bu qoidalar buzilishi tufayli epidemik kasalliklar tarqalsa yoki bu 
kasalliklarning tarqalishiga xavf tug’ilsa javobgar shaxs jinoiy javobgarlikka 
tortiladi. Masalan, agar u o’tkir yuqumli kasalliklar borligini yashirsa yoki ularga 
634


qarshi profilaktik emlashni o’tkazishdan bosh tortsa, karantin holati buzilsa va 
boshqalar).
4. Kuchli ta’sir qiluvchi zaharli narkotik va psixotrop moddalarni tayyorlash, 
saqlash va qonunsiz holda bir joydan ikkinchi joyga tarqatishga harakat qilsa, 
O’zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining 273 moddasi bilan jinoiy 
javobgarlikka tortiladi. Bu modda tibbiyot xodimlari uchun emas, balki farmatsevt 
tibbiyot bazasi va skladi xodimlariga birinchi navbatda alloqadordir.
5. Erkaklar va ayollarni tibbiyot ko’rsatmasisiz sterillash, bu ularga og’ir tan 
jarohati etkazilishi bilan baravorlannaladi (104-modda).
6. Xizmat mavqeini suiste’mol qilishda mansabdor shaxs maxsus hujjatlarga 
soxta ma’lumotlar kiritish shu hujjatga o’zgartishlar kiritish bilan baravar bo’lib, 
bu o’zgartishlar yuqoridagi hujjatlarni haqiqiy mazmunini soxtalashtiradi. Agar bu 
harakatlar qabih niyatlar uchun qilingan yoki bundan u manfaatdor bo’lgan 
taqdirda amalga oshiriladi. Tibbiyot xodimlari faoliyatidagi bu hujjatlarga kasallik 
tarixi, tibbiyot kitobchasi, ambulatoriya kartasi, ambulatoriya jurnali, tibbiy 
spravkalar va boshqalar kiradi.
Xizmat mavqeini suiste’mol qilish (301 modda) bu boshqa jinoyatlar bilan 
qo’shilib kelishi, shaxsan, pora olishga aloqador bo’ladi. Shaxsan o’zi yoki 
vositachi yordamida pul, material, xizmat qilish va boshqalardan istagan shaklda 
pora olish jinoyat tarkibiga kiradi.
7. O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 302 moddasida xizmatga 
sovuqqonlik bilan qarash keltirilgan.
Xizmatga sovuqqonlik bilan qarash deb, mansabdor shaxsning xizmat 
mavqeini bajarmasligi yoki etarlicha bajarmasligi kirib, bu uni xizmatiga 
sitqidildan emas, balki e’tiborsizlik bilan yondashuvi bo’lib, agar tashkilot yoki 
odamlar qonuniy manfaatlari huquqining buzilishi davlat va jamiyat manfaatlariga 
zid bo’lganligi tushiniladi. Mansabdor shaxs xizmatga sovuqqonlik bilan qarashda 
agar unda harakat qilish uchun aniq imkoniyatlar bo’lsa-yu, ammo unga e’tibor 
berilmasa javobgar hisoblanadi. Fuqarolarni sog’lig’iga zarar etkazilishi tibbiyot 
faoliyat bilan bevosita yoki bilvosita bog’langan bo’lib, bunday zararning etarlicha 
635


yuzaga kelishi xizmatga sovuqqonlik bilan qarash sifatida baholanadi.
8. Mansab soxtakorligi (O’zR JK ning 209-moddasi). Bunda mansabdor 
shaxs qabih niyatlar bilan, masalan, pora olish uchun, maxsus hujjatlarga soxta 
ma’lumotlar, o’zgartishlar kiritib, hujjatdagi ba’zi ma’lumotlarni o’chiradi yoki 
boshqa kun bilan belgilab qo’yadi.
Agar u ambulatoriya daftarchasiga, bemorlarning travmatik kartochkasi, 
kasallik tarixi, vaqtinchalik ish qobiliyatini yo’qotish qog’ozi, operatsiya jurnali, 
nogironlik to’g’risidagi hujjatga, kasallik haqidagi guvohnomalarga o’zgartishlar, 
har xil yozuvlar kiritilsa vrachlarga aloqadorligi haqida so’z ketadi.

Download 6,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   370   371   372   373   374   375   376   377   ...   385




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish