Tibbiyot instituti talabalari uchun


Mastlik holati diagnostikasida alkogolni miqdoriy aniqlashning ahamiyati



Download 6,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet242/385
Sana21.03.2022
Hajmi6,49 Mb.
#504905
1   ...   238   239   240   241   242   243   244   245   ...   385
Bog'liq
sud-tibbiyoti iskandarov-a.i.-kuldashev-d.r. lot-1

Mastlik holati diagnostikasida alkogolni miqdoriy aniqlashning ahamiyati
410


Ko’pchilik hollarda alkogoldan mastlik holati va darajasini aniqlashda 
alkogolga sifatiy taxminiy sinama o’tkazish va tekshiriluvchini ambulatoriyada 
ko’zdan kechirish etarli bo’ladi. Biroq ayrim hollarda vrach jiddiy kiyinchilikka 
uchrashi mumkin.
Mastlik holatiga doir ayrim belgilar, jumladan ko’zg’alish, chayqalib yurish, 
nutqining bir-biri bilan bog’lanmasligi, yuzini qizarishi, hushini yo’qotish kabi 
holatlar ayrim infektsion kasalliklari va zaharlanishlarda, masalan benzin, 
etilenglikol va boshqalarda ham kuzatilishi mumkin. Uremik yoki diabetik koma, 
insult va kalla-miya jarohatlanishlarida kasallar mastlik holatini eslatadi.
Alkogoldan mastlik holati jarohatlanishlar yoki kasalliklar bilan birgalikda 
ko’pincha kuzatilishi mumkin. Bunday hollarda kasalxonalarga keltirilayotgan 
og’ir kasallar yoki jarohatlanganlarni mast deb o’ylab vrachlar ularni to’lig’icha 
tekshirmasligi, kerakli yordam ko’rsatmasligi tufayli jiddiy diagnostik xatoliklarga 
yo’l qo’yishi mumkin. Bundan tashqari, og’ir mastlik holatida bo’lgan kishilarga 
ham tibbiy yordam ko’rsatilishi zarurligini esdan chiqarmaslik zarur.
Psixopatik konstitutsiyali ayrim kasallarda patologik mastlik holati ko’zga 
tashlanadi. U hushini xiralashuvi, gallyutsinatsiya, maqsadsiz yoki aggressiv 
harakatlar kabi qator chuqur patologik buzilishlar shaklida namoyon bo’ladi. 
Bunga shubha tug’ilganda ekspertiza faqat psixiatrlar tomonidan o’tkazilishi 
lozim.
Klinik belgilari va taxminiy sinamalar natijalari noaniq bo’lganda alkogolni 
sifatiy va miqdoriy tekshirish uchun qon va siydik olinishi zarur.
Alkogolni miqdoriy aniqlash uchun barmog’idan qon olinadi. Buning uchun 
barmog’ining terisini simob ikki xloridning 1:1000 foizli eritmasi bilan artiladi. 
Bunda spirt, yodning spirtli eritmasi yoki benzindan foydalanish mumkin emas, 
chunki bu aniqlashning natijasiga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin. Shuningdek, 
instrumentlar va idishlarni spirt bilan artish ham taqiqlanadi. 1,5-2 ml hajmdagi 
qonni uncha katta bo’lmagan probirkaga solinib u polietilen tiqin bilan uning 
ichida minimal miqdorda havo qolishi uchun zich yopiladi. Siydik uchun sinama 
411


toza penitsillin flakoniga olinadi va olingan material zudlik bilan laboratoriyaga 
jo’natiladi.
Hozirgi davrda alkogolni miqdoriy aniqlash asosan sud tibbiyoti 
laboratoriyasida amalga oshiriladi. Ko’pgina sud tibbiyoti ekspertlari alkogol bilan 
mastlik darajasi diagnostikasini engillatish maqsadida bunday tekshiruv usullarini 
poliklinika va kasalxona laboratoriyasida ishlovchi vrachlar tomonidan o’tkazsa 
ham bo’ladi degan odilona takliflarni qo’ymoqda. Buning uchun qon va siydikda 
alkogolning miqdorini aniqlashda qator usullar taklif qilingan. Sud tibbiyoti 
ekspertizasi amaliyotida Shoymosh tomonidan o’zgartirilgan Vidmark 
mikrometodi, V.M. Kolosova va I.S.Karandaevning fotometrik usuli, gaz 
suyuqlikli xromatografiya usuli keng qo’llaniladi.
Vidmark va fotometrik usuli ancha sezuvchan hamda aniq bo’lsada, biroq 
o’ziga xos emas. Boshqa spirtlar va qator uchuvchi organik birikmalar bo’lganda 
bu usullar bilan etil spirtini aniqlab bo’lmaydi. Gazoxromatografiya usuli ancha 
o’ziga xos bo’lib, alkogol miqdorini etarli darajada to’liq aniqlash imkoniyatini 
beradi. Bu usul etil spirtini boshqa spirtlar va uchuvchi birikmalar bo’lganda ham 
ishonchli aniqlashga sababchi bo’ladi.
Qonda alkogolning har xil miqdorini aniqlashda quyidagicha funktsional 
baholash taklif qilinadi.

Download 6,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   238   239   240   241   242   243   244   245   ...   385




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish