lavozimiga tayinlangan. Bu davrda Samarqandda sud
tibbiy ekspertiza xizmati tashkillashtirilgan, murdalar
va tirik shaxslar sud-tibbiy
ekspertizasi uchun baza
yaratilagan. Prokuratura, sud va ichki ishlar idoralari
bilan uzviy aloqa o’rnatilgan
.
Uning tashabbusi bilan Samarqandda birinchi sud-tibbiyoti laboratoriyasi
tashkil qilingan. V.S. Pyaternev ga 1935 yili tibbiyot fanlari nomzodi ilmiy
darajasi, keyinchalik dotsentlik lavozimi berilgan.
Professor M.G.Bereza 1935-1938
yillar Rostov
tibbiyot institutining sud tibbiyoti kafedrasida
aspiranturani o’tib, 1941 yilga qadar Arxangelsk tibbiyot
institutining sud tibbiyoti kafedrasida mudirlik
lavozimida ishlagan. 1946
yili nomzodlik, 1955 yili
doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilgan va 1957 yili
sud tibbiyoti sohasi professori ilmiy unvoni berilgan.
Qator yillar davomida Qozon tibbiyot institutida, 1963-1970 yillarda
SamDavTI sud tibbiyoti kafedralarida mudirlik lavozimlarida faoliyat ko’rsatgan.
Professor V.I.Akopov 1955 yili Samarqad Davlat
Tibbiyot institutini tugatib, shu institutning sud tibbiyoti
kafedrasida aspirant, assistent va Samarqand viloyat STE
byurosida sud tibbiy ekspert lavozimlarida ishlagan.
1966-1979 yillar Chita tibbiyot
instituti sud tibbiyoti
kafedrasida mudir, ilmiy-tadqitot ishlari bo’yicha
prorektor va rektor lavozimlarida faoliyat ko’rsatgan.
Hozirgi davrda Rostov-na-Donu tibbiyot Universitetining
sud tibbiyoti kafedrasida mudir
19
Dotsent V.S.Pyaternev
Professor M.G. Bereza
Professor V.I. Akopov
bo’lib ishlab kelmoqda. V.I. Akopov ko’plab o’quv-uslubiy qo’llanmalar, o’quv
darsligi hamda monografiyalar muallifidir.
Dotsent X.M.Murtazaev 1955 yili SamDavTI ni
tamomlagach, sud tibbiyoti
kafedrasida aspiranturani
o’tagan va 1958 yili nomzodlik dissertatsiyasini himoya
qilgan. Keyinchalik SamDavTI sud tibbiyoti kafedrasida
assistent, dotsent va 1970-1985 yillari kafedra mudiri
lavozimlarida ishlagan. Sud tibbiyotining dolzarb
masalalari bo’yicha 70
dan ortiq ilmiy ishlarning
muallifidir. Mexanik shikastlanishlar sud tibbiyoti
ekspertizasi mavzusida ilmiy faoliyat
olib borgan, suyaklarning bevosita mikroskopiyasi va oyoqlar qon tomirlari yopiq
shikastlanishlari diagnostikasi uslubini amaliyotga tadbiq etgan.
Professor D.R.Qo’ldoshev 1964
yili Samarqand
Davlat tibbiyot instituti davolash fakultetini imtiyozli
diplom bilan tugallagach patologik anatomiya kafedrasi
assistenti lavozimiga tavsiya qilingan. 1966 yili shu
kafedra
qoshidagi aspiranturaga kirib, 1969 yili
«Gashishdan va gashish hamda alkagoldan o’tkir
zaharlanishda jigardagi patomorfologik va ayrim
gistokimyoviy o’zgarishlar» mavzusida nomzodlik
dissertatsiyasini himoya qiladi.
Professor D.R. Qo’ldoshev 1971 yili O’zbekiston Respublikasi SSV ning
travmatologiya va ortopediya ITI patomorfologiya
laboratoriyasi mudirligi
lavozimiga tanlovdan o’tadi. 1978 yili Moskvada «Formalinning kuchsiz
eritmasida konservatsiyalangan tog’ay va pay to’qimalarining xarakteristikasi va
ularning transplantatsiyasi» mavzusida patologik anatomiya mutaxassisligi
bo’yicha doktorlik dissertatsiyasini himoya qiladi
va unga professorlik unvoni
beriladi.
1986 yil fevralida SamDavTI sud tibbiyoti kafedrasi mudirligi lavozimiga
20
Do'stlaringiz bilan baham: