qoniqtiriladi yoki rad qilinadi.
Sudda raislik qiluvchi taklif qilinuvchi ekspertga uning burchi va huquqi
hamda xulosa berishdan bosh tortganligi yoki soxta xulosa berganligi uchun
javobgarligi haqida ogohlantiradi. Ekspertning huquqi va burchlari sud va
dastlabki tergov jarayonlaridagi kabi bir xil bo’ladi, ammo ekspert tekshiruvlari
hajmi va xarakteri sud jarayonida o’ziga xos xususiyatlarga egadir.
Jinoiy ishni sud jarayonida ko’rib chiqishning o’ziga xos muxim vazifasiga
sudlanuvchining jinoiy ishga aloqador ayblovchi barcha
dalillarni sinchiklab
tekshirish, ekspert xulosasi va dastlabki tergov jarayoni materiallarini o’rganishlar
kiradi.
Shuning uchun ham ekspertning suddagi asosiy vazifasi xulosada keltirilgan
barcha holatlarning to’g’riligini isbotlashdir. Bu ish materiallarida keltirilgan
barcha faktlarni solishtirish va taxlil qilish orqali,
shuningdek, ayblanuvchi,
jabrlanuvchi va guvohlarning ko’rsatmalarini eshitish hamda sud jarayonida
topilgan boshqa ma’lumotlarga asoslaniladi. Bunda
tekshiruv natijalaridagi
faktlarga tayanib ekspert o’zining avvalgi xulosalarini to’lig’icha tasdiqlaydi yoki
kerakli o’zgartirishlar kiritadi. Sudning talabiga ko’ra ekspert o’z xulosasini
asoslaydi. Bundan tashqari, u sud va sud jarayoni qatnashchilari faoliyatida paydo
bo’ladigan yangi savollarga o’zining xulosasini beradi.
Sud majlisi jarayonida ekspert ekspertizaga aloqador barcha ish holatini
o’rganishda qatnashadi. Sudda raislik qiluvchining
ruxsati bilan ekspert
sudlanuvchi, jabrlanuvchi, fuqarolik javobgarligi, ularning
qonuniy vakillari va
guvohlarga ishning holatiga bog’liq, xulosa berish uchun zarur savollar qo’yishi
mumkin. Shuningdek ekspert voqea sodir bo’lgan joyni kuzatish va ashyoviy
dalillarni aniqlashda ko’maklashadi. Ayrim hollarda sud jarayonida ayblanuvchi va
jabrlanuvchini qayta ko’rib chiqish, murdani yoki asheviy dalillarni qayta
tekshirishga to’g’ri keladi.
Sud majlisi jarayonida yoki sudning oxirida sudda raislik qiluvchining taklifi
bilan ayblovchi, himoyachi, sudlanuvchi, jabrlanuvchi, fuqarolik javobgari yoki
ularning qonuniy vakillari ekspertga yozma savollar
berilishi mumkinligi
32
ko’rsatiladi va bularga asoslanib xulosa chiqarish talab qilinadi. Sud bunday
savollarni ko’rib chiqib, ushbu ishga aloqasi bo’lmagan yoki ekspert kasbiga
aloqasi bo’lmaganlarni chiqarib tashlaydi va yangi savollar tuzib ekspertga taqdim
qiladi. Bu savollarning ayrimlari dastlabki tergov natijalari yoki ekspert xulosasini
tasdiqlashi yoki tasdiqlamasligi mumkinligi ko’rsatilgan.
Barcha savollarga
javoblar xulosa sifatida shakllantirilishi zarur. Xulosa tuzish uchun ekspertga
kerakli vaqt ajratiladi.
Xulosa ekspert tomonidan yozma ravishda beriladi va sud yig’ilishida o’qib
eshittiriladi. Shundan keyin tavsiya qilingan xulosaga qo’shimchalar va aniqliklar
kiritishi mumkinligi to’g’risida axborot beriladi. Aniqlik kiritish va qo’shimchalar
yozma ravishda rasmiylashtiriladi. Bular xulosa bilan birgalikda sud yig’ilishi
bayoniga tirkaladi. Ayrim hollarda sudda ekspertiza jarayonida bir necha ekspertlar
qatnashishi mumkin. Bunda ularning bir-birlari bilan maslahatlashishlari uchun
imkoniyat yaratilishi kerak. Agar ekspertlar bir xil fikrga kelgan
taqdirda bitta
umumiy xulosa tuziladi va barchasi shu xulosaga imzo chekadilar. Ekspertlarning
fikrlari bir-biriga to’g’ri kelmasa alohida xulosa tuzilib sud yig’ilishida har biri
o’qib eshittiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: