Tibbiyot instituti talabalari uchun


X-BOB. O’Q OTAR QUROLLARI BILAN JAROHATLANISh



Download 6,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/385
Sana21.03.2022
Hajmi6,49 Mb.
#504905
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   385
Bog'liq
sud-tibbiyoti iskandarov-a.i.-kuldashev-d.r. lot-1

X-BOB. O’Q OTAR QUROLLARI BILAN JAROHATLANISh
O’q otar qurollari bilan jarohatlanish deb, o’q otar qurollari, snaryad yoki 
portlovchi modda yordamidagi jarohatlanishga aytiladi. Bunday jarohatlanishlar 
o’zining xarakteriga qarab juda xilma xil bo’ladi. Ularning ko’pchiligi mexanik 
jarohatlanishlar hisoblanadi. Boshqalari esa otilish yoki portlash tufayli mexanik, 
termik va kimyoviy faktorlarning ta’siridan sodir bo’ladigan kombinatsiyalashgan 
jarohatlanishlardir. Shu faktorlar ichida asosiysi mexanik faktorlar bo’lib, shuning 
uchun ham barcha o’q otar qurollari bilan jarohatlanish quyidagi asosiy turlarga 
bo’linadi:
I. Ochiq jarohatlanishlar:
1) tana qismlarining emirilishi va uzilishi;
2) o’q otar qurollari yordamida hosil bo’lgan yaralar (teshib o’tuvchi, so’qir, 
urinma va boshqalar).
II. Yopiq jarohatlanishlar (ichki organlar va yumshoq to’qimalarning lat 
eyishi, ichki organlarning yorilishi, suyaklarning sinishlari).
III. Teri qoplamalarining yuzaki buzilishi (shilinishlar, qurum, o’q dori 
donachalari, metall zarrachalarining kirishi).
Bu bobda har xil turdagi qo’l o’q otar qurollari bilan otilish natijalari 
tufayli sodir bo’ladigan jarohatlanishlar to’g’risidagi ma’lumotlar keltiriladi. Sud 
tibbiyotida aynan shunday jaroxatlarga o’q otar qurollari bilan jarohatlanishlar 
deyilib, portlash vaqtidagi jarohatlanishlarda «portlash jarohatlanishi» degan 
termin qo’llaniladi.
O’q otar qurollari bilan jarohatlanish xarakteri ko’pgina sabablarga va 
birinchi navbatda qurolning va o’q dorilarning xususiyatlariga bog’liq.
10.1. O’q otar qurollari va unga ishlatiladigan o’q dorilar
O’q otar qurollari bilan otish uchun o’q dori (miltiq dori), alanga oldiruvchi 
piston, snaryad (o’q, sochma va boshqalar) hamda qurol kerak. Alanga oldiruvchi 
166


piston, o’q dori va o’q odatda gilza yordamida birlashtirilgan. Atipik otilishda esa 
bu elementlardan birortasi bo’lmaydi. Atipik qurollarga o’qsiz patron bilan, ba’zan 
faqat pij; o’q dorisiz patron, ammo pistoni va o’qi bor; qurolsiz birgina patron 
bilan otilishlar kiradi. Istagan bunday otilishlarda ma’lum bir sharoitda 
jarohatlanish etkazilishi mumkin.
O’q otar qurollari artillerik va otuvchi qurollarga bo’linadi. Otuvchi 
qurollarga ham guruhli va individual (qo’l bilan otuvchi) qurollar kiradi. Sud 
tibbiyoti amaliyotida juda ko’p qo’l qurollari bilan otilishdan jarohatlanish 
kuzatiladi.
O’z vazifasiga ko’ra, barcha qo’l o’q otar qurollari 4 guruhga: jangovor, 
sportiv, ovchi, yasama qurollarga bo’linadi. Har bir guruh ham bir necha turdan, 
har bir tur esa har xil nusxalar (marka, modeli) dan iborat. Bundan tashqari, 
avtomatik va avtomatik bo’lmagan qurollar farqlanadi. O’q dori yordamida 
qaytadan o’klanuvchi qurollarga avtomatik kurollar deyiladi. Ko’pgina turdagi 
qurollarda o’qlarning aylanma harakatini ta’minlash uchun ularning stvoli kanalida 
burama kesiklar bo’ladi. Hozirgi zamon qurollari nusxasida 4 yoki 6 ta burama 
kesiklar bo’lib, shu kesiklar orasidagi masofaga kalibr deyiladi. Qurollar kalibriga 
ko’ra 3 turga bo’linadi:
1) mayda kalibrli (4-6 mm);
2) o’rta kalibrli (7-9 mm);
3) katta kalibrli (10-20 mm).
Stvolining uzunligi 5-6 sm dan to 70 sm va undan yuqori bo’lishi mumkin.
Jangovor qurollarning quyidagicha turlari mavjud: qo’l pulemyotlari, 
miltiqlar, avtomatlar, karabinlar, pistolet-pulemyotlar, pistoletlar, revolverlar.
Sportiv qurollarga asosan patronga mo’ljallangan kalibri 5,6 mm mayda 
kalibrli miltiqlar va pistoletlar kiradi.
O’q otar qurollarining quyidagi turlari mavjud: sochmali silliq stvolli 
(sochma bilan otish uchun mo’ljallangan, maxsus o’qli) o’qli (kesikli) qurollar 
(ichki rezbali miltiq, ovchi miltiqlar va karabinlar); silliq va aylanma kesikli 
kombinatsiyalashgan qurollar (ham sochma, ham o’q bilan otiluvchi) ga bo’linadi. 
167


Ovchi qurollarida bittadan to to’rttagacha stvoli bo’ladi. Ularning kalibri 10 mm 
dan to 32 mm gacha bo’lib, juda ko’p tarqalgani 12-16 mm kalibrdagi qurollar 
hisoblanadi. Agar har bir o’qning diametri stvol kanalining diametriga teng bo’lsa, 
bir qadoq qo’rg’oshindan quyilgan sharsimon o’qlarning soniga, ovchi 
qurollarning kalibri deyiladi. Shuning uchun ham qurolda ko’rsatilgan kalibrning 
soni qancha katta bo’lsa, uning stvoli diametri shuncha kichik bo’ladi.
Yasama qurollarni qirqma va pilta miltiqlar tashkil qiladi. Ba’zan bunday 
qurollar jangovor qurollarga juda o’xshash bo’lib, ulardan otish uchun standart 
patronlardan foydalaniladi.
Barcha qo’l qurollari quyidagi rasmlarda (43, 44, 45, 46 rasmlar) keltirilgan.

Download 6,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   385




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish