uning izlari, rels tarmoqlari;
murdaning vaziyati; kiyimlarida transport izlari
(g’ildirak protektori tamg’asi izlari va boshqalar), bo’yoqlar, shisha bo’lakchalari,
yog’lovchi moddalar, yo’ldagi ifloslanish qavati zarrachalari borligiga alohida
ahamiyat beriladi. Ayniqsa, kiyimidagi g’ildirak protektori tamg’asini to’lig’icha
yozish
va suratga olish, undagi ifloslanish-changlanish qavatlarini ko’rsatish
muhim ahamiyatga egadir, chunki ular murdani tashish paytida yo’qolib ketishi
mumkin. Bundan tashqari, murda dog’larining o’zgarish darajasi, tashqi
jarohatlanishlarning xarakteri va joylashgan joyi o’rganiladi. Temir yo’l transporti
hodisalarida bo’laklarga bo’lingan odam tanasi qismlarini temir yo’l polotnosining
ancha uzoq masofasida (ba’zan bir necha o’nlab kilometr masofada)
topish
mumkin.
Transportni (avtomashinalar, poezd, mototsikl) ko’zdan kechirish, albatta,
sud tibbiyoti eksperti ishtirokida amalga oshirilishi zarur. Bunda avtomashinada
uning odam tanasiga urilish izlari: tirnalishlar, kuzovning deformatsiyasi va
jarohatlanishi, bo’yoqlarining ko’chib ketishi, ifloslanish yoki chang qavatining
ko’chishi,
fara va fara tagi, kabinalar shishalarining sinishi ko’zga tashlanadi.
Bunday izlarni jabrlanuvchi tanasidagi izlar bilan solishtirish keyinchalik
transportning qaysi qismi bilan urilganligi to’g’risidagi savolni echishda yordam
beradi. Ayniqsa, ekspertning o’rni kam ko’zga tashlanuvchi ashyoviy dalillar:
qonning izi, soch, bosh miya bo’lakchalari, teri tagi kletchatkasi, kiyimlarni
uzilgan bo’lakchalarini topishda kattadir. Bular avtomashina va poezdning har xil
joylarida topilishi mumkin. Qishda bu zarrachalar
transportning metalldan
yasalgan qismlariga yopishib muzlab qoladilar va uzoq muddatda saqlanadilar.
Yo’lda (temir yo’l polotnosi) transport vositasining izlari, uning harakat
yo’nalishi, tormozlanish va to’xtash izlari, shuningdek,
har xil qismlari va
detallari: (urilish paytida ajralgan) shisha bo’lakchalari, bo’yoq zarrachalari,
gaykalari, ag’darilgan yuk va boshqalar ko’zga tashlanadi. Bundan tashqari, yo’lda
jabrlanuvchi tanasidagi kiyim bo’laklari va oyoq kiyimlari, qon izlari, organ va
to’qima bo’lakchalari, sudralish izlari kuzatilib, bular transportni odam tanasi bilan
to’qnashgan joyi va transportning harakat yunalishini aniklashda yordamlashadi.
133
Voqea sodir bo’lgan paytda topilgan yuqorida keltirilgan ma’lumotlar murdada
topilgan jarohatlanishlarning sodir bo’lish mexanizmi to’g’risidagi savolni
echishda ko’maklashadi. Voqea sodir bo’lgan joyni ko’zdan
kechirish jarayoni
suratga olinadi va uning reja-sxemasi tuziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: